• 1. Fanning qonuniyatlari yaratilishi haqidagi tarixiy ma’lumotlar
  • 1-Mavzu. «Nazariy elektrotexnika» faniga kirish Reja




    Download 56.9 Kb.
    bet1/4
    Sana09.04.2024
    Hajmi56.9 Kb.
    #192427
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1-MA\'RUZA NAZARIY ELEKTROTEXNIKA
    9-Ma\'ruza Elektronika, 6-Ma\'ruza Elektronika, 11-Ma\'ruza Elektronika, Biogaz tezis, Юсуфбеков (2) compressed compressed, Organik yoqilg\'i va uning tasnifi-fayllar.org (1), 2-amaliy mashg\'ulot, топширилган талабномалар юзасидан ёзишмалар юбориш, Qozonning issiqlik balansi, Pyezometrik grafik, 17a-22-Elektrotexnika va elektronika, SLL 7au-20 amaliy TAYYOR 111 , SLL 7au-20 amaliy TAYYOR 222 , Himoyalangan joy sabzavotchiligi, ROSULOV R.ТARMOQ MASH. TA\'MIRLASH.

    1-Mavzu. « Nazariy elektrotexnika» faniga kirish
    Reja:

    1. Fanning qonuniyatlari yaratilishi haqidagi tarixiy ma’lumotlar.

    2. «NE» fanining elektroenergetika yo‘nalishi fanlari bilan bog‘liqligi.

    3. Fanning elektrotexnika umumiy ta’lim tarmog‘ida tutgan o‘rni. O’zgarmas tok elementlari.

    4. Tugun va konturlar. Tok va kuchlanish manbalari.

    5. O‘zgarmas tokning energiyasi va quvvati.


    1. Fanning qonuniyatlari yaratilishi haqidagi tarixiy ma’lumotlar

    Sobiq Turkiston, ya’ni hozirgi O’zbekiston hududida joylashgan barcha elektr stansiyalarining quvvati 1913 yilda 3 ming kilovatt, elektr energiyasi ishlab chiqarish esa 3,3 million kilovatt-soatni tashkil etgan. Bugungi kunda mamlakatimiz energotizimi 37 issiqlik gidravlik elektrostansiyalaridan iborat bo’lib, ularning umumiy quvvati 11 million kilovattga teng va yiliga 55 milliard kilovatt-soatgacha energiya ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Energetikaning, ayniqsa bugungi kunda bunyodkor omil, texnika-texnologiya va insoniyat taraqqiyotining qudratli harakatlantiruvchi kuchi ekanligi barchaga ayon. Gugurt qutisidan tortib kosmik kemalargacha hamma-hammasi energiya tufayli bunyodga keladi. Ammo biz energiyaning jamiyat taraqqiyotidagi muhim ahamiyati va o’rnidan har qancha hayratlanmaylik, uning manbalari bitmas-tuganmasmi, degan savol ustida bosh qotirishimizga to’g’ri keladi. Chunki energetika insoniyatga juda katta istiqbollar ochib berishi bilan birga uning oldiga nihoyatda muhim vazifalarni ham qo’ymoqda. Ana shunday murakkab muammolardan biri so’nggi yillarda ilmiy va ommabop adabiyotlarda qayta-qayta ta’kidlanayotgan energiya manbalarining tobora tanqislashib borayotgani haqidagi fikrlardir.


    O’zbekiston mustaqilikka erishganidan so’ng o’tgan vaqt davomida butun halq xujaligini keng elektrlashtirish bo’yicha ko’pgina muhim ishlar amalga oshirildi.
    Muxandis-magistr va bakalavrlar mamlakatimiz oldida turgan yirik vazifalarni ilmiy asoslarda muvaffaqiyatli xal qilishlari uchun keng nazariy bilimlarga ega bo’lishlari va ularni amaliyotda tadbiq eta olishlari zarur va shartdir. «Nazariy elektrotexnika» kursida nazariy masalalarni ko’rib chiqish amaliyotdagi masalalar bilan o’zviy bog’liqligi sababli ushbu kurs muxandis, muxandis-pedagog va bakalavr-elektriklarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
    Rossiyada elektr to’g’risidagi dastlabki izlanishlar rus olimi, akademik M.V.Lomonosov tomonidan amalga oshirilgan. Uning taklifiga ko’ra 1755 yilda Rossiya Fanlar akademiyasi «Elektr kuchlarining haqiqiy sabablarini aniqlash va uning to’g’ri nazariyasini yaratish» mavzusida tanlov e’lon qilgan. M.V.Lomonosovning zamondoshi rus akademigi F.Eplinusga termoelektr hodisalari va elektrostatik induksiyani kashf etilishi tegishlidir. Ayniqsa uning Rossiya Fanlar akademiyasida 1758 iyilda «Elektr kuchlari va magnitizmni bir xilligi» mavzusidagi ma’ruzasi diqqatiga sazovordir.
    Elektr zaryadlangan jismlar va magnit qutblarining mexanik ta’sirini miqdoriy nisbatlarini birinchi bo’lib fransuz olimi Kulon 1875 yilda aniqladi. Shu vaqtning o’zida Kulon elektr zaryadlari va magnit massalari o’rtasidagi katta tafovutlar borligiga e’tiborni qaratdi.
    Magnit hodisalarining haqiqiy tabiatini ochilishi o’tgan XIX asrning boshlariga to’g’ri keldi.
    1820 yilda Ersted elektr tokining magnit strelkasiga mexanik ta’sirini ko’rsatuvchi tajribalarni o’tkazdi. Shu yilning o’zida Amper tokli solenoid o’zining ta’siriga ko’ra magnitga o’xshashini isbotladi va doimiy magnitlarni hosil bo’lishining haqiqiy sababi magnit jism ichidagi qandaydir kichik elementar konturlardan oqayotgan elektr tokidir, degan farazni o’rtaga tashladi.
    Shunday qilib, amalda magnit massalari mavjud emas ekanligi to’g’risidagi tassavurga kelindi.
    1831 yilda Faradey elektromagnit induksiyasi hodisasini kashf etdi.
    1833 yilda rus akademigi E.X.Lens birinchi bo’lib o’ta muhim holatni, ya’ni Ersted va Faradey tomonidan kashf etilgan hodisalarning umumiyligi va biri-biriga aylanishi mumkinligini kashf etdi. E.X.Lens elektrodinamikaning fundamental tamoyili-induksiyalangan tokning yo’nalishini aniqlovchi elektromagnit inersiyasi tamoyilini yaratdi.
    Elektromagnit maydoni nazariyasi Maksvell tomonidan 1873 yilda «Elektr va magnetizm to’g’risida traktat» asarida yaratildi.
    Ushbu nazariyaning yanada rivojlantirilishi va amaldagi tajribalar bilan tasdiqlanishi 1886-89 yillarda nemis olimi G.Gers tomonidan amalga oshirildi.
    Elektromagnit hodisalariga asoslangan nazariyalarning taraqqiyoti davrida elektr va magnit zanjirlari nazariyasi ham yaratildi va o’z rivojini topdi. Elektr zanjirlari nazariyasiga 1827 yilda Om, 1841 yilda Joul, 1842 yilda Lens va 1847 yilda Kirxgoflar tomonidan kashf etilgan qonunlari asos solgan. Ushbu nazariyaning keyingi taraqqiyotiga ko’pgina davlatlar olimlari katta xissa qo’shdilar.
    Hozirgi zamonaviy elektroenergetika tizimi, radiotexnika va elektr o’lchov apparatlari, avtomatli nazorat qilish va boshqarish tizimlari, tez harakat qiluvchi EXM lari va boshqa qurilmalarning o’ta murakkablashib ketishi sharoitida tahlil qilishning shunday umumlashtiruvchi usullarini yaratish zaruriyati hosil bo’lmoqdaki, ular yordamida ushbu murakkab tizimlar va elektr zanjirlarining tarkibiy qismlari bo’lgan to’liq, alohida komplekslar o’zlarining umumlashtirilgan parametrlari yordamida tahlil qilinadi. Zanjir elementlarining shunday komplekslari bo’lib, masalan, elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi generatsiya qurilmalari, elektromagnit energiyasini uzatuvchi yoki o’zgartiruvchi qurilmalar (Elektroenergetika tizimida), radio va teleeshittirishlar tizimi, simli aloqa tizimlari va boshqa nazorat hamda boshqarishga mo’ljallangan zamonaviy tizimlarda elektromagnit signallarni ishlab chiqaruvchi generatorlar, kuchaytirgich va o’zgartirgichlar, EHM laridagi differensiyalash, integratsiyalash, mantiqiy jarayonlarni bajaruvchi bloklar va hokazolar qabul qilinishi mumkin.
    Ushbu alohida komplekslar o’z tarkibiga zanjirning alohida chiziqli elementlarini oladi. Masalan, parametrlari tokka bog’liq bo’lmagan rezistorlar, induktiv chulg’amlar, kondensatorlar va chiziqli bo’lmagan, parametrlari tok yoki kuchlanishga bog’liq bo’lgan elektron lampalar, tranzistorlar, ferromagnit o’zakli induktiv g’altaklar va hokazo. Ushbu elementlar komplekslar ichida har xil usullarda bir-biri bilan bog’lanib ancha murakkab elektr zanjirlarini hosil qiladi. Komplekslarning o’zlari ham o’z navbatida har xil usullarda bir-biriga bog’lanib murakkab tizimlarni xosil qiladi.
    Murakkab tizimlarni tahlil qilishning umumlashtirilgan usullari ham elektr zanjirlarining asosiy fizikaviy qonunlari Om va Kirxgof qonunlariga asoslangan.
    Bayon etilganlar yuqori darajali ilmiy elektrotexnik ta’lim olishni tashkil etishga nisbatan alohida talablarni qo’yadi. Mana shu talablarga javob beruvchi fan sifatida «Nazariy elektrotexnika» fani yaratilgan va rivojlanib kelmoqda.
    Ushbu fanning birinchi, eng qisqa qismi «Elektromagnit maydon nazariyasi hamda elektr va magnit zanjirlar nazariyasining asosiy tushunchalari va qonunlari» deb nomlanib, o’z ichiga fizika kursidan ma’lum bo’lgan tushuncha va bilimlardan foydalangan holda elektromagnit hodisalarini yoritib beruvchi tushuncha va qonunlarni umumlashtiradi, elektr, magnit zanjirlari nazariyasiga tegishli tushuncha va qonuniyatlarini rivojlantirib beruvchi ta’riflar va aniqliklarni o’z ichiga oladi. Birinchi qism «Fizika» va «Nazariy elektrotexnika» fanlari o’rtasida bog’lovchi kurs vazifasini o’taydi hamda elektr va magnit zanjirlarida, elektromagnit maydonlarida sodir bo’ladigan jarayonlar to’g’risida fizikaviy tushunchalar va tasavvurlarni beradi.



    Download 56.9 Kb.
      1   2   3   4




    Download 56.9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Mavzu. «Nazariy elektrotexnika» faniga kirish Reja

    Download 56.9 Kb.