• 2.2 Avtogeneratorlarning ishlash prinspi.
  • Elektron generatorlar




    Download 471,31 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana29.12.2023
    Hajmi471,31 Kb.
    #128936
      1   2
    Bog'liq
    Elektron generatorlar



    Elektron generatorlar. 
    Elektron generatorlar – bu o‘zgarmas energiya tokini har xil amplituda, chastota, 
    shakl va quvvatdan o‘zgaruvchan tok aylantirib beruvchi qurilmadir. 
    Elektron generatorlar ishlashini prinspial farq qiluvchi ikki turga bo‘linadi. 
    1. Majburiy tebranish generatori. 
    2. Avtotebranish generatori. 
    Majburiy tebranishlar generatori tashqi elektr ta’siri ostida tebranishlar yuzaga 
    keladi. Avtotebranishlar rejimida esa tebranishlar tashqi o‘zgaruvchan kuchlanish 
    bo‘lmaganda ham yuzaga keladi. Bunday qurilmalarni avtogeneratorlar yoki o‘z-
    o‘zida uyg‘onuvchi generatorlar ham deb yuritiladi. Generatsiyalanayotgan 
    signalning shakliga ko‘ra generatorlar yana ikki turga bo‘linadi. 
    1. Garmonik tebranishlar – bu generatorlar amplitudasi sinus yoki kosinuslar 
    qonuni bo‘yicha o‘zgaruvchan tebranishlarni ishlab chiqaradi. 
    2. Relaksatsion (implusli) generatorlar. Nosinusoidal shakldagi signallarni ishlab 
    chiqaradi. 
    Umumiy holda sinusoidal tebranishlar generatori chastota spektrini aylantiruvchi 
    jarayonni hosil qiluvchi qurilmadir, ya’ni o‘zgarmas tok energiya manbayini 
    yuqori chastotali tebranishlar energiyasiga aylantiradi (2.1-rasm). 
    Generatsiyalanayotgan tebranishlarning chastotasiga bog‘liq holda generatorlar 
    quyidagi turlarga bo‘linadi. 
    1. Past chastotali generatorlar. Bunday 
    generatorlar chastotasi 
     gacha bo‘lgan 
    tebranishlarni generatsiyalaydi. 
    2. Yuqori chastotali generatorlar – chastota diapazoni . 
    3. O‘ta yuqori chastotali generatorlar – chastota diapazoni va undan yuqori. 
    Elektr tebranishlarning manbayi sifatida avtogeneratorlar radio uzatuvchi, radio 
    qabul qiluvchi o‘lchov apparaturalari, elektron hisoblash mashinalari telimetrik 
    qurilmalar va hokazolarda keng qo‘llaniladi. 
    2.2 Avtogeneratorlarning ishlash prinspi. 
    Avtotebranish yuzaga kelish mexanizmini quyidagicha izohlash mumkin. 
    Avtogeneratorni tebranishlar tizimiga ulagan momentda o‘z-o‘zidan kam quvvatli 
    erkin tebranishlar yuzaga keladi. Bu jarayon ta’minlash 
    manbayini ulash

    zanjirlarni qisqa ulanishni kuchaytiruvchi qurilmada tok va kuchlanishning sakrab 
    o‘zgarishi va hokazolar sababli yuzaga keladi. Musbat teskari bog‘lanishning 


    ta’sirida kuchaytirgich chiqishida yuzaga kelayotgan tebranishlar energiyasining 
    bir qismi qaytadan kirishga beriladi. Tor sohali tebranishlar tizimining mavjudligi 
    sababli barcha qayd etilgan jarayonlar bitta chastotada yuz beradi, qolgan 
    chastotalarda esa keskin sunadi. 
    Avtogeneratorni ta’minlash manbayiga ulagandan so‘ng signalni kuchaytirish 
    jarayoni chiziqli rejimda boshlanadi va tebranish aamplitudasini oshib borishi bilan 
    kuchaytiruvchi element nochiziqli rejimda o‘tadi, shundan so‘ng avtogenerator 
    chiqishidan tebranish amplitudasi tayinli qiymatni oladi va amaliy jihatdan 
    o‘zgarmas bo‘lib qoladi kuchaytiruvchining o‘zgarmas tok manbayidan bir 
    tebranish davrida olgan energiyasi shu vaqt ichida yuklanishda isrof qilingan 
    energiyaga teng bo‘ladi, bunday holni avtogeneratorlarni statsionar ish rejimi deb 
    yuritiladi.

    Download 471,31 Kb.
      1   2




    Download 471,31 Kb.
    Pdf ko'rish