• QISQACHA NAZARIY MA’LUMOTLAR
  • Узбекистон почта ва телекоммуникация агентлиги




    Download 281 Kb.
    bet1/4
    Sana16.02.2024
    Hajmi281 Kb.
    #157704
      1   2   3   4
    Bog'liq
    LabEMPR3uz


    2-laboratoriya ishi
    TO‘LQIN O‘TKAZGICHLI YO‘NALTIRILGAN TARMOQLAGICHNI TADQIQ ETISH



    1. ISHNING MAQSADI

    To‘lqin o‘tkazgichli yo‘naltirilgan tarmoqlagichning xususiyatlarini o‘rganish va uning parametrlarini aniqlash. Yuklanishda yutilayotgan O‘YuCh maydonning quvvatini o‘lchashda yo‘naltirilgan tarmoqlagichni qo‘llash.





    1. QISQACHA NAZARIY MA’LUMOTLAR

    Yo‘naltirilgan tarmoqlagich (YT) deb to‘lqin o‘tkazgichli uzatish liniyasida tarqalayotgan to‘lqin energiyasini o‘lchash, nazorat qilish va uning ma’lum qismini ajratib olish uchun qo‘llaniladigan sakkiz qutbli qurilmaga aytiladi.
    Tor polosali yo‘naltirilgan tarmoqlagich (YT) eng oddiy YT deb hisoblanadi. U quyidagicha bajariladi: ikkita, asosiy va tarmoqlovchi to‘lqin o‘tkazgichlar ikkita aloqa tuynuklari orqali bog‘langan umumiy devorga ega (2.1-rasm).

    Aloqa tuynuklari to‘lqino‘tkazgichdagi to‘lqin uzunligi  qiymatidan kichik va /4 masofada joylashgan. Yo‘naltirilgan tarmoqlagichning ishlashini 2.2-rasm sxemasi asosida tahlil qilamiz.
    Markazlari «c» va «b» nuqtalarda joylashgan ikki tuynukli yo‘naltirilgan tarmoqlagichning asosiy yelkasida chapdan o‘ngga qarab N turdagi to‘lqin R1 quvvat bilan tarqalmoqda. Tarmoqlanuvchi yelkaning chap tomonida ZN2qZ0 qarshilikli moslashgan yuklama o‘rnatilgan. Bu yerda: Z0 — to‘lqino‘tkazgichning to‘lqin qarshiligi.
    R1 to‘g‘ri to‘lqin aloqa tuynuklari orqali tarmoqlovchi to‘lqino‘tkazgichda to‘lqin uyg‘otadi. O‘ng tomonda «acd» va «abd» yo‘llari bo‘ylab tarqalgan to‘lqinlar natijasida shakllangan to‘lqin yo‘naladi. Bu to‘lqinlar bosib o‘tadigan yo‘llari bir xil bo‘lganligi sababli, ular bir xil fazada qo‘shiladi.
    Chapda «ace» va «abe» yo‘llari bo‘ylab tarqalgan to‘lqinlar shakllanadi. Bu to‘lqin fazalari yarim to‘lqin uzunligi /2q(/4q/4) farqiga ega bo‘lganligi uchun qarama-qarshi fazada joylashadi va bu yo‘nalishida energiya tarmoqlanmaydi.
    Asosiy to‘lqino‘tkazgichda ixtiyoriy ZN1 yuklanish o‘rnatilganda R1- quvvatli teskari to‘lqin hosil bo‘ladi. Asosiy to‘lqino‘tkazgichdan «fbe» va «fce» yo‘llar bo‘ylab kelgan qaytgan to‘lqinlar bir xil fazalarda qo‘shiladi va tarmoqlovchi to‘lqino‘tkazgichning ZN2 moslashgan yuklanishida yutiladi.
    Shunday qilib, R2q quvvatli to‘g‘ri to‘lqin va R2- quvvatli teskari to‘lqinlar tarmoqlovchi to‘lqin o‘tkazgichda bo‘lingan.
    ZN2qZ0 bo‘lganda R2q quvvat R1q quvvatga proporsionaldir.

    2.2-rasm. Yo‘naltirilgan tarmoqlagichning ishlash


    tamoyilini tushuntirish
    Agar tarmoqlovchi to‘lqino‘tkazgichni 2.2.b-rasmda ko‘rsatilgandek aylantirsak, u holda qaytgan R2- to‘lqin quvvatini ajratishimiz mumkin.
    Shunday qilib, qarama-qarshi yo‘nalishdagi ikkita tarmoqlagichni qo‘llab, R2q va R2- hamda qaytish koeffitsientining moduli G ni aniqlash mumkin. Bunday qurilma reflektometr deb ataladi.
    G2q P2/P2q. (2.1)
    Agar bitta yo‘naltirilgan tarmoqlagich mavjud bo‘lsa, R2q va R2- quvvatlarni, tarmoqlagichni avval to‘g‘ri keyin teskari yo‘nalishda ulash orqali o‘lchash mumkin.
    Tarmoqlagichning chiqishidagi yuklamaga keluvchi quvvatni quyidagi ifoda orqali hisoblashimiz mumkin:
    Ryu q Rtush – Rqay q Rtush(1 – Rqay/Rtush) q Rtush(1-G2) q P1q(1-G2). (2.2)


    Ikki tuynukli YT ning tor polosaliligi aloqa tuynuklari orasidagi chorak to‘lqin uzunligiga teng bo‘lgan o‘zgarmas masofadan kelib chiqadi. To‘lqin uzunligi o‘zgarganda tarmoqlovchi to‘lqino‘tkazgichning ZH2 yuklanishiga keluvchi to‘lqinlar to‘liq kompensatsiyalanmaydi (fazalar farqi 1800 dan o‘zgacha). Bu holat YT ni noaniq tayyorlashda ham kuzatiladi.
    Tuynuklar sonining ko‘paytirilishi YT ning diapazonlilik tavsifini yaxshilaydi.
    Yo‘naltirilgan tarmoqlagichning ikkita asosiy parametri mavjud. Bular uning o‘tish susayishi va yo‘nalganligidir.
    O‘tish susayishi Lo‘t desibellarda o‘lchanadi va qo‘yidagicha aniqlanishi mumkin:
    Lo‘tq10lg(P1q/P2q), (2.3)
    bu yerda; R1q-asosiy to‘lqino‘tkazgich bo‘ylab to‘g‘ri yo‘nalishda tarqalayotgan to‘lqin quvvati.
    R2q-to‘g‘ri yo‘nalishda ikkinchi to‘lqin o‘tkazgichga tarmoqlanayotgan to‘lqin quvvati.
    Yo‘nalganlik Lyo‘n ham desibellarda o‘lchanadi va quyidagi ifoda yordamida hisoblanishi mumkin:
    Lyo‘nq10lg(P2q/ P2), (2.4)
    bu yerda; R2q – to‘g‘ri yo‘nalishda tarmoqlanayotgan quvvat
    R2-–teskari yo‘nalishda tarmoqlanayotgan quvvat.
    Yaxshi tarmoqlagichlarda ham Lyo‘n parametri 40 dB dan oshmaydi. Bunga asosiy sabab, aloqa tuynuklari orasidagi masofaning noaniq joylashganligi va ularning bir xilda emasligidir.




    1. Download 281 Kb.
      1   2   3   4




    Download 281 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Узбекистон почта ва телекоммуникация агентлиги

    Download 281 Kb.