TOPShIRIq
3.1. Yo‘naltirilgan tarmoqlagichni tadqiq eting: qurilma va uning qo‘llanilish sohasi bilan tanishing; o‘tish susayishi va yo‘nalganlikni o‘lchang.
3.2. Yo‘naltirilgan tarmoqlagich yordamida yuklamada yutilayotgan O‘YuCh maydon quvvatini o‘lchang.
4. IShNI BAJARISh USULI VA TARTIBI
4.1. Yo‘naltirilgan tarmoqlagichning o‘tish susayishi va yo‘nalganligini o‘lchash.
qurilmani 4.1-rasmda ko‘rsatilganidek yig‘ing. Buning uchun YT ni generator (masalan, to‘lqino‘tkazgichli o‘lchash liniyasi) chiqishiga ulang.
4.1-rasm. Yo‘naltirilgan tarmoqlagichning to‘g‘ri ulanishi
quvvat o‘lchagichini avval asosiy, so‘ngra tarmoqlovchi yelkalarga ulab R1q va R2q quvvatlarni o‘lchab oling. R1q va R2- quvvatlarni o‘lchash uchun esa tarmoqlagichni teskari yo‘nalishda ulang (4.2-rasm). Bunda o‘lchovlar aniq bo‘lishi uchun, tarmoqlagichni to‘g‘ri va teskari ulangandagi asosiy yelkadagi R1q quvvatlar tengligini saqlang va uning erkin qolgan chiqishlariga moslashgan yuklamani ulang.
Tarmoqlagich teskari yo‘nalishda ulanganda tarmoqlovchi yelkadagi quvvat juda kichik bulishi mumkin. Bu xolda quvvat o‘lchagichidagi qiymatni R2– q 0,02 mVt deb qabul qiling.
Tarmoqlagichning Lo‘t va Lyo‘n parametrlarini (2.3) va (2.4) ifodalardan hisoblashingiz mumkin.
O‘lchov va hisob natijalarini 4.1-jadvalga kiritishingiz mumkin.
4.2.-rasm. Yo‘naltirilgan tarmoqlagichning teskari ulanishi
4.1-jadval
Yo‘naltirilgan tarmoqlagich tavsiflarining ...…………. MGs chastotadagi eksperimental o‘lchash natijalari
P1q, mVt
|
P2q, mVt
|
P2–, mVt
|
Lo‘t, dB
|
Lyo‘n, dB
|
|
|
|
|
|
|