• Reja
  • Норавшан ва стохастик ахборот муҳитларида маълумотларни излаш ва қайта ишлаш усуллари, моделлари




    Download 0,61 Mb.
    bet1/4
    Sana18.11.2023
    Hajmi0,61 Mb.
    #100917
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1-amaliy OOP 4-kurs

      Bu sahifa navigatsiya:
    • Reja

    Ma’ruzachi: Nabi Tohir o‘g‘li Boboyev


    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti
    Fan nomi: Ob’yektga yo‘naltirilgan dasturlash
    Arifmetik amallar. Consoleda kiritish va chiqarish.
    Toshkent 2023
    1-amaliy ish:

    Reja:

    • Console rejimida kiritish va chiqarish.
    • Arifmetik amallar(qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish, qoldiqli bo‘lish).
    • Bitli ammalar bilan ishlash.

    Dasturlashni o'rganar ekansiz, matematikaga ishingiz tushishi tabiiy hol. Aytaylik, dasturingizda biror formula yoki ifodaning qiymatini hisoblashga to'g'ri kelib qolishi mumkin. Xo'sh, bu holatlarda matematik ifodalarni dastur kodiga qanday kiritamiz? Ifoda ichida qo'shish (+), ayirish (-), ko'paytirish (*), bo'lish (/), qoldiqli bo'lish(%) dan tashqari boshqa amallar qatnashgan bo'lsa, qo'shimcha metodlardan foydalanishga to'g'ri keladi. Buning uchun bizga Math sinfi metodlari yordam beradi. Bu metodlarni chaqirish uchun Math so'zidan keyin nuqta qo'yib, metod nomini yozamiz. Metod turiga qarab bir yoki bir nechta qiymatni kiritganimizda bizga hisoblangan qiymatni qaytaradi.
    Math.Abs() – sonning absolyut qiymati (moduli) ni hisoblaydi. Kiruvchi parametr sifatida kiritilgan bitta son ixtiyoriy sonli tipda bo'lishi mumkin, faqat 2^64 dan katta bo'lib ketmasligi kerak. Qaysi tipda (double, decimal, long, int, ..) qiymat kiritilgan bo'lsa qaytarilgan qiymat ham shu tipda bo'ladi.
    Math.Acos() – sonning arkkosinusini hisoblaydi. Kiruvchi va chiquvchi parametrlar faqat double tipida bo'ladi. Qaytarilgan burchak qiymati radianda ifodalangan bo'ladi. Math.Acos(0)=1,5707963267948966.
    Math.Asin() – sonning arksinusini hisoblaydi. Kiruvchi va chiquvchi parametrlar double tipida bo'ladi. Qaytarilgan burchak qiymati radianlarda ifodalanadi. Math.Asin(1)=1,5707963267948966.
    Math.Atan() – sonning arktangensini hisoblaydi. double tipida ma'lumot qabul qiladi va qaytaradi. Qaytarilgan burchak qiymati radianlarda ifodalangan bo'ladi. Math.Atan(1)=0,7853981633974483.
    Math.BigMul() – ikki butun sonning ko’paytmasini hisoblaydi. int yoki long tipida ma'lumot qabul qiladi. long tipida qiymat qaytaradi. Masalan, Math.Bigmul(3,4)=12;
    Math.Cbrt() - kiritilgan sonning kub ildizini hisoblaydi. double tipida qiymat qabul qiladi va qaytaradi. Masalan, Math.Cbrt(27) ifoda bizga 3 ni qaytaradi.
    Math.Ceiling() – sonni ortig'i bilan yaxlitlaydi. Kiritilgan sondan katta yoki unga teng bo'lgan eng yaqin butun sonni qaytaradi. double yoki decimal tipida ma'lumot qabul qiladi va qaytaradi. Math.Ceiling(3.14)=4, Math.Ceiling(6.0)=6; Math.Ceiling(-4.3)=-4;
    Math.Cos() – burchakning kosinusini hisoblaydi. Burchak qiymati radianda kiritiladi. Kiruvchi va qaytariluvchi parametrlar faqat double tipida bo'ladi. Math.Cos(3.141592653589793)=-1;

    Download 0,61 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0,61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Норавшан ва стохастик ахборот муҳитларида маълумотларни излаш ва қайта ишлаш усуллари, моделлари

    Download 0,61 Mb.