|
Math.Log2() - sonning 2 asosga ko'ra logarifmini hisoblaydi. double tipida qiymat qabul qiladi va qaytaradi.
Math.Max()
|
bet | 3/4 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 0,61 Mb. | | #100917 |
Bog'liq 1-amaliy OOP 4-kursMath.Log2() - sonning 2 asosga ko'ra logarifmini hisoblaydi. double tipida qiymat qabul qiladi va qaytaradi.
Math.Max() - ikki sondan kattasini aniqlab beradi. Kiruvchi parametr sifatida ixtiyoriy sonli tipdagi ikkita son kiritiladi, bizga ulardan kattasining qiymatini qaytaradi.
Math.Min() - ikki sondan kichigini topadi. Kiruvchi parametr sifatida ixtiyoriy sonli tipdagi ikkita son kiritiladi, bizga ulardan kichigining qiymatini qaytaradi.
Math.PI - bu Math sinfining yana bir maydon(field)i hisoblanadi. Pi sonining qiymati 3,14159265358979 ni double tipida qaytaradi.
Math.Pow(a,b) - a sonini b-darajaga ko’taradi. Kiruvchi parametrda ikkita son asos va daraja double tipida kiritiladi, bizga hisoblangan qiymatni qaytaradi. Masalan, Math.Pow(3,2) 9 ni qaytaradi.
Math.Round() - sonni yaxlitlaydi.
1. Agar kiruvchi parametrda bitta son Math.Round(a) ko’rinishida kiritilsa, a ni butun songacha yaxlitlangan qiymatini qaytaradi.
2. Agar ikkita son Math.Round(a,b) ko’rinishida kiritilsa, a sonni verguldan keyin b ta xonagacha yaxlitlangan qiymatini qaytaradi. Faqat haqiqiy (double,decimal) tipda qiymat qabul qiladi va qaytaradi.
Math.ScaleB(x,n) - x*2^n ifodaning qiymatini effektiv ravishda, yuqori tezlikda hisoblaydi. x soni double tipida, n soni int tipida bo'lishi kerak. Masalan, Math.ScaleB(3,4)=48.
Math.Sign() - sonning ishorasini aniqlab beradi. Agar son musbat bo’lsa 1 ni, manfiy bo’lsa -1 ni, nolga teng bo’lsa 0 ni qaytaradi. Kiruvchi parametr ixtiyoriy sonli tipda bo'lishi mumkin, lekin faqat int tipida qiymat qaytaradi.
Math.Sin() – burchakning sinusini hisoblaydi. Burchak qiymati radianda kiritiladi. Kiruvchi va qaytariluvchi parametrlar faqat double tipida bo'ladi. Math.Sin(3.141592653589793)=0;
Math.Sqrt() - sonning kvadrat ildizini hisoblaydi. Kiritiladigan va qaytaradigan son double tipida bo'ladi.
Math.Tan() - burchakning tangensini hisoblaydi. Burchak radianda kiritiladi. Kiruvchi va chiquvchi parametrlar faqat double tipida bo’ladi. Masalan, Math.Tan(3.141592653589793) ifoda 0 ni qaytaradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Math.Log2() - sonning 2 asosga ko'ra logarifmini hisoblaydi. double tipida qiymat qabul qiladi va qaytaradi.
Math.Max()
|