• Math.Floor()
  • Math.Log10()
  • Math.Cosh() – burchakning giperbolik kosinusini hisoblaydi. Faqat double tipida ishlaydi. Math.E




    Download 0,61 Mb.
    bet2/4
    Sana18.11.2023
    Hajmi0,61 Mb.
    #100917
    1   2   3   4
    Bog'liq
    1-amaliy OOP 4-kurs

    Math.Cosh() – burchakning giperbolik kosinusini hisoblaydi. Faqat double tipida ishlaydi.
    Math.E – Math sinfining maydon (field)laridan biri. Fieldlar amal bajarish uchun emas, avvaldan belgilab qo'yilgan biror qiymatni qaytarish uchun ishlatiladi. Masalan, Math.E e sonining qiymatini double tipida qaytaradi. e=2,718281828459045.
    Math.Exp() - o'zgarmas e sonini kiritilgan darajaga ko'taradi va hosil bo'lgan qiymatni qaytaradi. Kiruvchi va chiquvchi qiymatlar double tipida bo'ladi. Masalan, Math.Exp(1)=2,718281828459045; Math.Exp(2)=4,4816890703380645.
    Math.Floor() - sonning butun qismi, kiritilgan sondan kichik yoki unga teng bo'lgan eng yaqin butun sonni qaytaradi. double yoki decimal tipida ma'lumot qabul qiladi va qaytaradi. Math.Floor(1.5)=1; Math.Floor(-1.5)=-2; Math.Floor(1.0)=1.
    Math.IEEERemainder() - bir sonni boshqasiga bo'lgandagi qoldiqni hisoblaydi, faqat bu metodning ishlash algoritmi oddiy qoldiqnikidan boshqacharoq. a sonni b ga IEEERemainder orqali bo'lsak qoldiq IEEERemainder(a,b) = a - (b * Math.Round(a / b)) umumiy formula bilan hisoblanadi. Ya'ni agar a/b ning kasr qismi 0.5 dan kichik bo'lsa IEEERemainder() ning qaytargan javobi oddiy qoldiq(a%b) bilan bir xil, aks holda a%b-b ga teng bo'ladi. Masalan, IEEERemainder(10,3)=-1; IEEERemainder(9,4)=1. Qiymat qabul qilish va qaytarish double tipida bo'ladi.
    Math.Log() - sonning logarifmini hisoblaydi. double tipida ma'lumot qabul qiladi va qaytaradi. Ikki xil usulda ishlatish mumkin:
    1. Agar bitta son kiritilsa shu sonning natural logarifmini hisoblaydi. Masalan, Math.Log(2,718281828459045) ifoda 1 ni qaytaradi.
    2. Ikkita son Math.Log(a,b) ko'rinishida b asosga ko'ra a sonining logarifmini hisoblaydi. Math.Log(32,2) deb yozsak 2 asosga ko’ra 32 ning logarifmini hisoblab, bizga 5 ni qaytaradi.
    Math.Log10() - sonning o’nli logarifmini hisoblaydi. Math.Log10(100) bizga 2 degan javobni qaytaradi. Qiymat qabul qilish va qaytarish double tipida bo'ladi.

    Download 0,61 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Math.Cosh() – burchakning giperbolik kosinusini hisoblaydi. Faqat double tipida ishlaydi. Math.E

    Download 0,61 Mb.