|
6-Mavzu. Generatorlar. Reja
|
Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 126,69 Kb. | | #129743 |
Bog'liq 6-mavzu
6-Mavzu. Generatorlar.
Reja:
Generatorning vazifasi.
Interbaseda generatorlar bilan ishlash.
Yaratilgan generatorlarga murojat.
Generator - bu ketma —ket oshib boruvchi son bo’lib, GEN_ID() funkstiyasi yordamida jadvaldagi maydonga kiritiladi. Generatorlar ko’pincha birlamchi kalitga ega bo’lgan maydonlarga ularning takrorlanmaydigan son qiymatini xosil qilishda ishlatiladi.
InterBase ma’1umot1ar bazasida ixtiyoriy sondagi generatorlar bo’1ishi mumkin. Generatorlar o’z qiymatini tranzakstiya vaqtida o’zgartiradi. staff.gdb ma’lumot1ar bazasi uchun uchta generator yaratamiz. Bu generatorlar STAFF, DEPS va POSS jadvallarining birlamchi kalitli maydonlari uchun qiymat hosil qiladi.
Buning uchun quyidagi buyruqni bajarish kerak: CREATE GENERATOR STAFF_ID_GEN; CREATE GENERATOR DEPS_ID_GEN; CREATE GENERATOR POSS_ID_GEN;
Natijada ma’lumotlar bazasida uchta generator yaratiladi.
Bunga ishonch hosil qilish uchun IBConsole dasturining daraxtsimon strukturasidan kuyidagi bandni tanlash kerak:
Servers > Local Server > Databases >STAFF.GDB > Generators
InterBasening eski versiyalarida generatorni to’g’ridan- t o’g’ri o’chirib bo’lmaydi, shuning uchun generatorni o’chirishda oshqa xil usuldan foydalanamiz. Gap shundaki, foydalanuvchi omonidan yaratilgan jadvallardan tashqari sistema tomonidan aratilgan xizmatchi jadvallar xam mavjud bo’lib, generatorlar u jadvalga bog’1angan bo’1adi. Bu jadvallarni ko’rish uchun Console dasturida quyidagi buyruqni bajarish kerak:
View > System Data
Yaratilgan generatorga murojaatlar RDB$GENERATORS matchi jadvaliga kiritiladi. Shu sababli qandaydir generatorni, masalan, POSS_ID_GEN generatorini o’chirish uchun quyidaga buyruqni bajarish yetarli:
DELETE FROM RDB$GENERATOR WHERE RDB$GENERATOR NAME = 'POSS_ID_GEN’
Jadvalga yangi qator qo’shilganda generatorning qiymatini kandaydir yo’l bilan oshirish kerak bo’ladi. Bunday vazifani trigger yordamida amalga oshirish mumkin.
|
| |