Ado. Net texnologiyasi ado. Net nima o’zi? Nimaga u ado. Net deb nomlandi




Download 16.97 Kb.
Sana04.11.2023
Hajmi16.97 Kb.
#94020
Bog'liq
Ado. Net texnologiyasi ado. Net nima o’zi
KOPMLEKS SONLAR, MUSTAQIL ISH, ameliy 33, 7 sinf gacha test, Detallarni chegaraviy yeyilishi va xizmat muddati, 3-4 sinf test, A harfini yaratish, 31 - savol, Asosiy polimerlar yuqori molekulyar materiallar bo\'lib, ulardan , Plastmassalarning asosiy xossalari Reja-www.hozir.org, Document 3, Diskli va rotorli o‘g‘it sochish aparatlari 11, Axtamova Mohlarbonu11, Chiziqsiz regressiya

Reja
1 ADO.NET texnologiyasi ADO.NET nima o’zi?
2 Nimaga u ADO.NET deb nomlandi
3 ADO.NET loyihalashning maqsadi

ADO.NET texnologiyasi ADO.NET nima o’zi?


ADO.NET bu shunday sinflar to’plamiki, u C# va .NET Frameworkda relyatsion jadvallar va ma’lumotlar bilan ishlashda qulaylik yaratadi. Relyatsion ma’lumotlar bazalari bo’lmish Microsoft SQL Server va Microsoft Access bilan bir qatorda boshqa relyatsion ma’lumotlar bazalari va hattoki relyatsion bolmagan ma’lumotlar manbalarni ham o’z ichiga oladi. ADO.NET texnologiyasi barcha .NET dan foydalanuvchi dasturlash tillarida .NET Framework va loyihalashni yaxlid holda birlashtirishda foydalaniladi, u C#ning o’ziga xos xususiyati hisoblanadi. ADO.NET System.Data sinfi va uning sinf ostilari bo’lmish System.Data.SqlClient va System.Data.Linq bilan bir qarorda System.Xml sinfi va sinf ostilarining bir qismini oz ichiga olgan sinflardan tashkil topgan.
Nimaga u ADO.NET deb nomlandi?. Balki siz o’ylayotgandirsiz nima uchun ADO.NET bo’limini .NET Framework o’z ichiga oldi? Nima uchun uni shunchaki System.Data va boshqa nom bilan nomlanmadi? ADO.NET ActiveX Data Objects (ADO) ning kengaytirilgan sinflar to'plami bo’lib, u ma’lumotlardan Microsoftning oldingi avlod texnologiyasiga nisbatan tezroq foydalanish imkonini beradi. ADO.NET- ADO ga nisbatan ma’lumotlardan tez foydalanuvchi sinflar va .NET dasturlash muhitlarini yangilash va kengaytirishda xizmat qildi. Agarda sizni bu texnologiyaning yaratilish tarixi, boshqa interfeysdan turib Microsoft ma’lumotlar bazasi bilan ishlash qanday amalga oshirilishi, shunga o’xshash ODBC yoki OLE DB ishlashi qiziqtirsa, pastda keltirilgan qisqacha tarixga ko’z tashlang. Ma’lumotlar bilan ishlash haqida qisqacha tarix. Qachonlardir malumotlarni boshqarish tizimi birinchi bo’lib yaratildi, bular Oracle va DB2 IBM uchun, istalgan dasturchiga qaysidir darajada ma’lumotlardan foydalanishi zarur, ular har bir malumotlni boshqarish tizimlari uchun funksiya yaratishga ehtiyoj sezdilar. Har qaysi tizimlar uchun o’zining funksiyalar kutubxonasi mavjud bo’lib, bular Oracle uchun Oracle Call Interface (OCI), Sybase SQL Server (keyinchalik uni Microsoft sotib olgan) uchun DBLib. Dasturlarning ma’lumotlardan juda tez foydalanish va ular ma’lumotlar bazalari bilan to’g’ridan to’g’ri bog’lanish imkonini beradi. Ammo dasturchi har bir ma’lumotlar bazalari uchun ularning kutubxonalarini bilishi, ularda ishlab biror natija ola bilishi zarur edi. Shu sababli ma’lumotlarni boshqarish tizimlaridan foydalanib dastur yozish haddan tashqari murakkab masala edi. Bu shundan dalolat beradiki, agar shirkat(daturiy mahsulotlardan foydalanuvchi) oldingi ma’lumotlar bazasi o’rniga bosqasidan foydalanmoqchi bo’lsa u barcha ilova dasturlarini(приложения) qaytadan yozishiga to’g’ri kelar edi. Bu muammo ODBC (Open Database Connectivity ) yaratilishi bilan o’z yechimini topdi.ODBC ustida Microsoft boshqa shirkatlar bilan birgalikda 90- yildan boshlab ishlay boshladi. ODBC dasturlovchilarga barcha funksiyalari 43 yordamida xoxlagan ma’lumotlar bazasi tizimidan foydalanish imkonini beradi. Bu funksiyalar ma’lumotlar bazasidan foydalanayotganda aynan shu ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining drayverlarida translatsiya qilinadi. Bu orqali koplab muammolar yechildi, patentlangan ma’lumotlar baza kutubxonalari bilan islovchi dasturchilar endi bir turdagi funksiyalar to’plamidan foydalanishadi(ODBC funksiyalaridan); agarda shirkat o’zining ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini o’zgartirsa ular faqat kodning ma’lumotlar bazasini bog’lovchi qisminigina o’zqartirishadi xolos. Keyinchalik yana bir muammo paydo bo’ldi. Bir qancha ofeslar shirkat ishini bir joydan turib katta hajmdagi ma’lumotlarni qog’ozlarsiz elektron ko’rinishda saqlash haqida orzu qila boshladilar yani elektron kutubxona, web sahifalar, Project 2000 fayllari va boshqalar. ODBC an’anaviy ma’lumotlar bazalari bilan juda yaxshiishlaydi, lekin ma’lumotlar tipini birinchisidan boshqasiga o’tkazishm satr bo’yicha tartiblash va ustun bo’yicha jolashtirishda bazida umuman asosiy tuzilish bilan mutanosiblikni yo’qotardi. OLE DB paydo bo’lganidan so’ng bu muammo o’z yechimini topdi. OLE DB texnologiyasining ishlash usuli ODBCga o’xshash, ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlar abstrak qatlam orqali ilova dasturga beriladi, faqat ruxsat berilgan ma’lumotlargina. Foydalanuvchi ilova dasturi ma’lumotlar manbasiga(источник) an’anaviy ma’lumotlar bazasi yoki xohlagan joyda saqlanayotgan ma’lumotlar OLE DB uzatuvchisi orqali yetkaziladi. Ma’lumotlar ilova dasturga jadval shaklida uzatiladi — bunda ular xuddi ma’lumotlar bazasi bilan ishlayotganday bo’ladi. OLE DB ma’lumotlarni uzatishda ODBC drayverlaridan foydalar, balki ma’lumotlar ba’zasidan foydalanishda ODBCni qo’llar. Keyingi bo’limlarda ADO.NET OLE DB va ODBCning ustida qurilgan va ularga juda o’xshash ekanligiga ishonch hosil qilasiz. Ma’lumotlar bilan ishlashning keyingi avlod texnikasi .NET davri paydo bo’lishi bilan ActiveX Data Objects (ADO) yaratildi. ADO OLE DBdan yuqori tabaqa bo’lib OLE DBning ustiga qurilgan. Yuqori bosqichli dasturlash tillarida 44 dastur yozishda Visual Basic da OLE DBdan foydalanib ma’lumotlarga ishlov beriladi. ADO.NET texnologiyasi .NET Framework 1.0 bilan bir vaqtda yaratildi va .NET har xil versiyalari uchun ADO.NETning ma’lumotni yetkazuvchilari qo’shilib rivojlantirildi, sekin asta mukammallashtirildi. NET Framework paydo bo’lishi bilan LINQ to SQL o’zining birinchi ma’lumotlar bilan ishlash uchun muhim ―siljish paradigmlari‖ni namoyish qildi. ADO.NET endigi rivojlanishni LINQ bilan birgasi takominlashtirdi. Kutilmaganda yangi ADO.NET for Entities mahsulot yaratildi u Visual Studio 2008 dan boshlab ishlatila boshlandi.
ADO.NET loyihalashning maqsadi. Quyda ADO.NET loyihalashning asosiy maqsadlarini qisqacha keltiramiz.
 Relyatsiyon va relyatsiyon bo’lmagan malumotlar bilan oddiy bog’lanish.
 Oldingi texnologiyalarga nisbatan koproq ma’lumotlarni qamrab olishi va keng qamrovli qo’llanilishi.
 Internet uchun yuqori darajadagi ilova dasturlarda qo’llash.
 XML ma’lumotlar va relyatsion ma’lumotlardan bir xil foydalanish.
Download 16.97 Kb.




Download 16.97 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ado. Net texnologiyasi ado. Net nima o’zi? Nimaga u ado. Net deb nomlandi

Download 16.97 Kb.