• Yig‘ish va montaj qilish о‘lchamlari
  • Detallarni chegaraviy yeyilishi va xizmat muddati Reja




    Download 144,66 Kb.
    bet1/2
    Sana03.02.2024
    Hajmi144,66 Kb.
    #150983
      1   2
    Bog'liq
    Detallarni chegaraviy yeyilishi va xizmat muddati


    Detallarni chegaraviy yeyilishi va xizmat muddati
    Reja:
    1. detallarni chegaraviy yeyilishi va xizmat muddati
    2. detallarni chegaraviy yeyilishi
    1. О‘lcham, yuza, shakl va joylanish aniqligi, yuza sifati, materialning fizik-mexanik xususiyatlari va detal konstruksiyasining bikrligi
    Har qanday avtomobilni ishlatish samaradorligi kо‘pincha uning yig‘ish birliklari va detallarining ishonchliligiga bog‘liq bо‘ladi. Ishonchlilik birinchi ishga tushirilgan yangi avtomobil uchun ham, ta’mirlangan avtomobil uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Avtomobilning ishlashi jarayonida uning detallarini ishchi sirtlari shakli yuklama va atrof muhit ta’sirida asta-sekin о‘zgara boradi. Qо‘zg‘aluvchan birikmalardagi tirkishlar о‘zgaradi va qо‘zg‘almas birikmalardagi taranglik buziladi. Detallarning egiluvchanligi, magnitlanuvchanligi va boshqa xususiyatlari yо‘qoladi, ularning о‘zaro joylashishi buziladi, natijada shesternyalarning tishlashish sharoitlari yomonlashadi, qо‘shimcha yuklama va titrashlar paydo bо‘ladi, qurum va quyqa qatlamlari hosil bо‘lib, qizigan detallardan issiqlikni chiqib ketishi susayadi va hakozo. Natijada avtomobil, agregat va detal ishonchliligining asosiy kо‘rsatkichlari pasayadi va yomonlashadi. Bu avtomobil ishining texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlarini pasayishiga, ya’ni quvvatini kamayishiga, yonilg‘i va moy sarflarini ortishiga olib keladi, ayrim sinishlar va ishlamay qolishlarni paydo bо‘lishi evaziga ishlamay turib qolish vaqtlari esa kо‘payadi.
    Avtomobillarda bunday holatlarni oldini olish uchun ularga texnik xizmat kо‘rsatiladi va agregatlari hamda detallarining ishlash qobiliyati ta’mirlash yо‘li bilan tiklanadi.
    Detallarning ishlash qobiliyati ularni yangi tayyorlashda ham, ta’mirlashda ham elementar yuzalarining va materialining xususiyatiga, geometrik о‘lchamlarining aniqligiga, detalning elementar yuzalarini shakliga va ularni о‘zaro joylashishiga bog‘liqdir.
    О‘lchamlar vazifasiga qarab detalning katta-kichikligini va shaklini, koordinatsiya qilish, yig‘ish, montaj qilish va texnologik о‘lchamlarini aniqlovchilarga bо‘lish mumkin. Detalni katta-kichikligini va shaklini aniqlovchi о‘lchamlar detallarni mustahkamligini va bikirligini hamda ularni yeyilishga chidamliligini aniqlaydi. Koordinatsiya qiluvchi о‘lchamlar yuzalarning va detal о‘qlarining о‘zaro joylashuvini tavsiflaydi. Yig‘ish va montaj qilish о‘lchamlari detalni uzel va agregatdagi holatini, hamda avtomobilni komplektlovchi uzel va agregatlarni biriktiriladigan yuzalar bо‘yicha holatini aniqlaydi. Texnologik о‘lchamlar detalni tayyorlash va nazorat qilish uchun foydalaniladi. Amalda nominal, haqiqiy va chegaraviy о‘lchamlar farqlanadi. Nominal о‘lcham deb detalning funksional vazifasidan kelib chiqadigan asosiy о‘lchamga aytiladi. Bu о‘lcham chetga chiqishlarni boshlanish hisobi uchun xizmat qiladi va chizmaga chetga chiqishlar bilan birga qо‘yiladi. Detalni tayyorlash yoki ta’mirlash bosqichiga bog‘liq holda о‘lchamlar quyidagicha: tayyorlanayotgan detalni nominal о‘lchami va tamirlanayotgan detalni nominal о‘lchami deb farqlanadi.
    Haqiqiy о‘lcham deb yо‘l qо‘yilgan xatoliklar bilan о‘lchash natijasida olingan о‘lchamga aytiladi. Chegaraviy о‘lcham deb о‘lchamning ikkita miqdori orasidagi о‘lchamga aytiladi va ularning orasida haqiqiy о‘lcham yotadi. Ulardan kattasi eng katta chegaraviy о‘lcham va kichigi esa eng kichik chegaraviy о‘lcham deyiladi. О‘lchamni chetga chiqishi deb о‘lcham bilan uning nominal miqdori orasidagi algebrik farqga aytiladi. Chetga chiqishlarni yuqori, quyi va haqiqiy turlari bо‘ladi. Detalni tayyorlashda yoki ta’mirlashda uning talab qilingan о‘lchamini absalyut aniq qilib bajarib bо‘lmaydi. Bundan tashqari foydalanish davrida о‘lchamlar yeyilish va deformatsiyalanish tufayli о‘zgaradi. Bularning hammasi detalning aniq о‘lchamini nominal о‘lchamga nisbatan о‘zgartiradi. Bu о‘zgarishlar xatolik miqdorini aniqlaydi. О‘lchamning xatoligi deb haqiqiy va berilgan о‘lchamlar orasidagi farqga aytiladi. Berilgan о‘lcham sifatida biror chegaraviy yoki dopusk maydoni о‘rtasiga mos keluvchi о‘lchamni qabul qilish qulaydir.
    Agar, yо‘l qо‘yilgan chetga chiqishlar faqatgina detal о‘lchamga berilmasdan, uning yuzasi shakliga va ularni о‘zaro joylashishiga ham berilgan bо‘lsa, detalning konstruktiv shaklini tо‘liq aniqlash mumkin. Shaklni chetga chiqishi deb haqiqiy yuzani yoki ral kesimni nominal yuza shaklidan yoki geometrik kesimdan chetga chiqishiga aytiladi. Shaklni chetga chiqishini mikrogeometrik va makrogeometrik turlarga bо‘linadi. Shaklni mikrogeometrik chetga chiqishi yuzaning g‘adir-budirligi bilan baholanadi.



    Download 144,66 Kb.
      1   2




    Download 144,66 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Detallarni chegaraviy yeyilishi va xizmat muddati Reja

    Download 144,66 Kb.