14 Amaliy mashg’ulot: Metallmas materiallar va ulardan tayyorlanadigan detalni oʻrgnish. Konstruksion Yogʻoch materialni oʻrganish. Ishdan maqsad




Download 2.78 Mb.
bet1/10
Sana15.04.2024
Hajmi2.78 Mb.
#196391
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
15 Amaliy mashg\'ulot
Виждон эркинлиги қонуни

14 Amaliy mashg’ulot:


Metallmas materiallar va ulardan tayyorlanadigan detalni oʻrgnish.Konstruksion Yogʻoch materialni oʻrganish.
Ishdan maqsad:. Metallarni bosim bilan ishlash turlarini o’rganish Umumiy ma‟lumotlar. Hozirgi vaqtda metallarni bosim bilan ishlash mashinasozlik sanoatida muhim o’rin tutadi. Mamlakatimizda suyuqlantirib olinadigan po’latning qariyb 90 protsenti, rangli metallar va ular qotishmalarining esa 55% ga yaqini bosim bilan ishlanadi.
Bosim bilan ishlashdan ko’zda tutiladigan asosiy maqsad oddiy shakldagi zagotovkalardan murakkab shaklli buyumlar hosil qilish, metallning strukturasini yaxshilash va mexanikaviy xossalarini oshirishdan iborat. Bosim bilan ishlash uchun zagolovkalar sifatida
po’latdan, rangli metallar va ular qotishmalaridan olingan quymalar hamda list va sort prokatlar ishlatiladi. Metallarni bosim bilan ishlash eng tejamli texnologik jarayon hisoblanadi, chunki bosim bilan ishlashda metallning juda ham oz qismi chiqindiga chiqadi. Masalan, krivoshipli press-avtomatda diametri 16 mm, uzunligi

      1. rasm. Boltning zakatovkasi:

а - bosim bilan ishlangan; б -kesib ishlangan
139 mm va og’irligi (massasi) 220 g bo’lgan chiviqdan M16X 100 o’lchamli bolt zagotovkasi (pokovkasi)
154

tayyorlashda chiqindi miqdori atigi 10 g, ya’ni 4,5% ni tashkil etadi. Bundan tashqari, bosim bilan ishlangan buyumning, masalan, boltning mexanikaviy xossalari kesib ishlangan boltnikiga qaraganda ancha yuqori bo’ladi, chunki bosim bilan ishlashda metallning tolalari egilsa, kesib ishlashda qirqilib ketadi (15.1-rasm).
Metallarni bosim bilan ishlash prosesslari tobora takomillashtirilmoqda, bu esa ish unumini yanada oshirishga, mahsulot tannarxini pasaytirish va metallni yanada ko’proq tejashga imkon beradi.

Bosim bilan ishlashning fizikaviy asoslari


Bosim bilan ishlashda zagotovkaning shakli asliga qaytmaydigan qilib o’zgartiriladi, buning uchun esa zagotovka metalida plastiklik xossasi bo’lishi kerak. Metallning ma’lum sharoitda tashqi kuchlar ta’sirida emirilmay o’z shaklini asliga qaytmaydigan
tarzda o’zgartira olish xususiyati uning plastikligi deyiladi. Metallar shaklining plastik tarzda o’zgarishi plastik deformatsiya deb ataladi. Binobarin, metallarni bosim bilan ishlash ularni plastik deformatsiyalashdan iborat.
Plastik deformatsiyaning mohiyatini tushunish uchun deformatsiya degan tushunchaning o’zi nima ekanligini aniqlab olaylik.
Metallga biror kuch ta’sir ettirilganda shu metall geometrik shaklining o’zgarishi deformatsiya deyiladi. Normal temperaturada metallning deformatsiyasi asosan ikki bosqichdan - elastik va plastik deformatsiyalardan iborat bo’ladi. Metallga ta’sir ettirilgan kuch olingandan keyin metall asli shakliga qaytsa, bunday
deformatsiya elastik deformatsiya deb ataladi. Masalan, po’lat prujina ma’lum kuch bilan siqilsa, uning shakli o’zgaradi, siqilgan prujina qo’yib yuborilsa, u dastlabki shaklini oladi. Prujina siqilganda po’latning kristall panjaralari o’z shaklini o’zgartiradi, prujina qo’yib yuborilganda esa kristall panjaralar asli shakliga qaytadi. Plastik deformatsiya vaqtida esa metall kristall panjaralarining shakli o’zgaribgina qolmasdan, balki kristallning bir qismi boshqa qismiga
nisbatan siljiydi ham, ta’sir ettirilgan kuch olinganda kristallning siljigan qismi avvalgi joyiga qaytmaydi, ya’ni deformatsiya saqlanib qoladi. Bundan tashqari, plastik deformatsiya vaqtida metall donalari maydalanadi va muayyan tartibda joylashib qoladi, natijada metall tola tuzilishga ega bo’ladi (15.2-rasm, b). Donalarning muayyan tirtibda joylashib qolish hodisasi teksturalanish deyiladi. Teksturalanish darajasi deformatsiyalanish darajasiga bog’liq - deformatsiyalanish darajasi qanchalik katta bo’lsa, metall shunchalik kuchlya teksturalanadi.
Metall odatdagi sharoitda plastik deformatsiyalanganda uning puxtaligi va qattiqligi ortib, plastikligi kamayadi. Bu hodisa naklyop yoki nagartovka deb ataladi. Metallda plastik deformatsiyalanish natijasida hosil bo’lgan naklyopni yo’qotish zarur bo’lsa, metall ma’lum temperaturagacha qizdiriladi. Masalan, naklyoplangan po’lat buyum 200—300oС gacha qizdirilsa, uning qattiqligi va puxtaligi 20—30% pasayadi, plastikligi esa ortadi. Bu hodisa qaytish yoki hordiq deyiladi. Qaytish protsessida metallning kristall panjaralari tiklanadi, ichki tuzilishi esa uncha o’zgarmaydi va, shuning uchun, metallning mexanikaviy xossalari faqat ma’lum darajadagina tiklanadi. Metallning deformatsiyalanishdan oldingi xossalarini batamom tiklash uchun uni yuqoriroq temperaturagacha qizdirish zarur. Naklyoplangan metall yuqoriroq temperaturagacha qizdyrilganda shu metall xossalarining tiklanishi rekristallanish deb ataladi. Rekristallanish vaqtida metall-ning deformatsiyalanishdan oldingi donalari tiklanmay, balki yangn donalar hosil bo’ladi, ya’ni metall yangidan kristallanadi. Rekristallanish allotropik shakl o’zgarishlar vaqtida sodir bo’ladigan ikkilamchi (qayta) kristallanishdan shu bilan farq qiladiki, rekristallanishda metall kristall panjarasining turi o’zgarmaydi.
Rekristallanish temperaturasi (rekristallanishning eng kichik temperaturasi) har xil metallar uchun turlicha bo’ladi. Masalan, misning rekristallanish temperaturasi ~270°С ga, temirniki ~450°С ga, nikelniki ~600oС ga, latunniki ~250°С ga, alyuminiyniki ~100°С ga, magniyniki ~100°С ga, molibdenniki ~900°С ga, vol’framniki ~ 1200°С ga teng, qalay, qo’rg’oshin va oson suyuqlanuvchan boshqa metallarning rekristallanish temperaturasi esa normal temperaturadan past bo’ladi.
Metallarning rekristallanish temperaturasi bilan suyuqlanish temperaturasi orasida quyidagi taqribiy bog’lanish mavjud:
Tr = aTs,
bu yerda Tr - rekristallanish absolyut temperaturasi; Ts - suyuqlanish absolyut temperaturasi; a - metallning tozaligiga bog’liq koeffitsient. Texnikaviy toza metallar uchun a = 0,3 ÷ 0,4, qotishmalar uchun esa a≈0,8.
Ayni bir metallning rekristallanish temperaturasi deformatsiyalanganlik darajasiga ham bog’liq: deformatsiyalanganlik darajasi qanchalik katta bo’lsa, rekristallanish temperaturasi shuncha past bo’ladi. Metall rekristallanish tsmperaturasidan yuqori temperaturalarda deformatsiyalanganda naklyop hosil bo’lsada, ammo shu temperaturada o’tadigan rekristallanish protsessi naklyopni yo’qotadi.
Metallarni rekristallanish temperaturasidan yuqori temperaturada deformatsiyalash qizdirib bosim bilan ishilash deb, rekristallanish temperaturasidan past temperaturada deformatsiyalash esa sovuqlayin bosim bilan ishlash deb ataladi.
Demak, metallarni qizdirib bosim bilan ishlashda ularda naklyop hosil bo’lmaydi, sovuqlayin bosim bilan ishlashda esa naklyop hosil bo’ladi va, aksincha, deformatsiyalashda metall naklyoplansa, bu metall sovuqlayin bosim bilan ishlangan, naklyoplanmasa, qizdirib bosim bilan ishlangan bo’ladi. Masalan, qalay normal temperaturada deformatsiyalansa, u naklyoplanmaydi, temir 300°C gacha qizdirib deformatsiyalanganda esa u naklyoplanadi. Binobaryn, qalayning deformatsiyalanishi qizdirib bosim bilan ishlashga, temirning deformatsiyalanishi esa sovuqlayin bosim bilan ishlashga kiradi.
Metallar mumkin bo’lgan hollarning hammasida sovuqlayin bosim bilan ishlanadi, chunki sovuqlayin bosim bilan ishlash orqali hosil qilangan buyumlarning sirti toza, o’lchamlari esa aniq chiqadi. Sovuqlayin deformatsiyalash natijasida hosil bo’lgan naklyop, zarur hollarda, rekristallizatsion yumshatish yo’li bilan yo’qotiladi.
Yuqorida bayon etilganlardan metallarni bosim bilan ishlashda ularning plastiklik xossalariga asoslaniladi, degan xulosa kelib chiqadi. Demak, plastik bo’lmagan (mo’rt) metallarni bosim bilan ishlab bo’lmaydi. Masalan, cho’yan sovuq holatda ham, qizdirilgan holatda ham mo’rt bo’ladi; binobarin, uni bosim bilan ishlab bo’lmaydi.
Metallarning plastikligi ularning ximiyaviy tarkibiga bog’liq: toza metallarning plastikligi qo’shimchali metallarnikidan (qotishmalarnikidan) ancha yuqori bo’ladi. Har xil elementlar metallarning plastikligiga turlicha ta’sir etadi. Masalan fosfor po’latni sovuqlayin, oltingugurt esa qizdirib bosim bilan ishlashda sinuvcham (mo’rt) qilib qo’yadi; vismut va sur’ma rangdor metallarniig elastikligiga salbiy ta’sir etadi va hokazo.
Temperatura ko’tarilishi bilan ko’pgina metallarning plastikligi ortib boradi, ba’zi metallarniki esa dastlab bir oz pasayib, so’ngra ortadi.
Masalan, ba’zi po’latlar taxminan 400°C gacha qizdirilganda ularning plastikligi bir oz pasayib, temperatura 400°C dan ko’tarilganda osha boradi. Metallar qizdirilganda plastikligi ortganligi uchun ularning deformatsiyalanishga qarshiligi pasayadn. Chunonchi, 1000°C gacha qizdirilgan po’latning
deformatsiyalanishga qarshiligi sovuq holatdagiga qaraganda 15 - 20 baravar past bo’ladi.
Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, metallar solidus chizig’iga yaqin temperaturagacha qizdirilsa, ularning plastikligi keskin ravishda pasayadi, negaki bu temperaturada metall donalari chegarasidagi oson suyuqlanuvchan qo’shimchalar suyuqlanib, donalar
orasidagi bog’lanishni zaiflashtiradi, natijada metall mo’rtlashadi. Bosim bilan ishlash vaqtida metall temperaturasining ma’lum chegaradan pasayib ketishiga ham yo’l qo’yib bo’lmaydi, aks holda metall naklyoplanib, deformatsiyaga ko’rsatadigan qarshiligi ortib ketadi. Binobarin, qizdirib bosim bilan ishlashda metallni qanday temperaturagacha qizdirish va bosim bilan ishlashni qanday temperaturada to’xtatish kerakligini bilish nihoyatda muhimdir.
Uglerodli po’latni bosim bilan ishlash uchun qizdirish temperaturasi po’lat tarkibidagi uglerod miqdoriga bog’liq. Uglerodli po’latlarni qizdirib bosim bilan ishlash temperaturalari oralig’i (qizdirib bosim bilan ishlash zonasi) 15.3-rasmda tasvirlangash.
Metallar qizdirib bosim bilan ishlanganda ularning ximiyaviy tarkibi tekislanadi, donalari maydalanadi, g’ovaklari berkilib ketadi, boshqa ba’zi nuqsonlari yo’qoladi va, demak, mexanikaviy xossalari yaxshilanadi.

Download 2.78 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 2.78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



14 Amaliy mashg’ulot: Metallmas materiallar va ulardan tayyorlanadigan detalni oʻrgnish. Konstruksion Yogʻoch materialni oʻrganish. Ishdan maqsad

Download 2.78 Mb.