12-Amaliy mashg‘ulot: Beton va temir – beton buyumlar va konstruksiyalarni montaj qilish uchun qorishmalar. Reja: Beton va temir – beton buyumlar va konstruksiyalarni montaj qilish uchun qorishmalar




Download 0,58 Mb.
bet1/3
Sana16.01.2024
Hajmi0,58 Mb.
#138793
  1   2   3
Bog'liq
12-AMALIY


12-Amaliy mashg‘ulot: Beton va temir – beton buyumlar va konstruksiyalarni montaj qilish uchun qorishmalar.
Reja:
Beton va temir – beton buyumlar va konstruksiyalarni montaj qilish uchun qorishmalar.
Qurilish qorishmasi deb, bog’lovchi moddalar, suv, mayda to’ldiruvchilar
va qorishma sifatini boshqaruvchi qo’shilmalarni tanlab olingan miqdo-rining qorilishi natijasida hosil qilingan bo’tqasimon quyuq aralashmaga aytiladi.
Qorishmalar yupqa qatlam hosil qilishda ishlatiladi, shuning uchun to’l-diruvchilarning yirikligi 5 mm dan oshmasligi kerak. Tarkibiga ko’ra qo-rishmalar mayda donali beton hisoblanadi va u betonga xos bo’lgan qonuniyat-lar bo’yicha qotish xususiyatiga egadir.
Qorishmalarni tayyorlash uchun anorganik bog’lovchi moddalar (tsement,
havo ohagi va gipsli bog’lovchilar) va tuproq ishlatiladi. Yo’l qurilishi va maxsus ishlarda esa bitumli va polimerli bog’lovchilar asosidagi qorish-malar ishlatiladi.
O’zRST 677-96 ga ko’ra qurilish qorishmalari bog’lovchilarning turlari, zichligi va ishlatilishiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
bog’lovchi moddalarning xiliga ko’ra tsementli, ohakli, gipsli, tuproqli va aralash bog’ovchili, (tsement-ohakli, tsement-tuproqli, ohak-gipsli) qorish-malar;
hajmiy massasi bo’yicha og’ir, zichligi 1500 kg/m3 va undan yuqori (kvarts
qumi va boshqa qumlar ishlatilgan) va yengil, zichligi 1500 kg/m3 dan kichik (pemza, tuf, shlaklar va boshqa g’ovak materiallar qumi ishlatilgan) qorish-malar.ishlatilishiga ko’ra qorishmalar g’ishtli va toshli devorlarni terish, poydevorlar va boshqa yirik o’lchamli konstruktsiyalarni montaj qilish uchun ishlatiladigan “terish”; devorlarni tekislash va manzarali qatlam hosil qiluvchi “pardozlash” va alohida xususiyatlarga ega bo’lgan, ya’ni manzarali, gidroizolyatsion, tamponaj, akustik va h. k. ishlatiladigan “maxsus” qorish-malarga bo’linadi.
Bitta bog’lovchi asosida tayyorlangan qorishmalar “oddiy”, bir nechta bog’-lovchilardan tayyorlangan qorishmalar aralash yoki “murakkab” qorishma deb ataladi. Oddiy qorishmalar uchun portlandtsement, shlakli portlandtsement va maxsus tsementlar, shuningdek, ohak va gipsli bog’lovchilar ishlatiladi. Gid-ravlik bog’lovchilarni tejash va qorishmalarning texnologik xossalarini yax-shilash maqsadida aralash bog’lovchilar keng qo’llaniladi. Bunda asosan faol mineral qo’shilmalar (trepel, diatomit, pemza va h. k.) ishlatiladi.
Ohakli qorishmalarini tayyorlashda ohak hamiri yoki suti ishlatiladi.
Gips asosan suvoq qorishmalarida ohak yoki tsementga qo’shilma sifatida ish-latiladi.
Qorishmalar uchun ishlatiladigan suv tarkibida har xil zararli ara-lashmalar bo’lmasligi kerak. Bunda vodorod ko’rsatkichi rH>4 va sulfat ionlar miqdori SO4<2700 mg/l bo’lgan tabiiy suv ishlatiladi.

Download 0,58 Mb.
  1   2   3




Download 0,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12-Amaliy mashg‘ulot: Beton va temir – beton buyumlar va konstruksiyalarni montaj qilish uchun qorishmalar. Reja: Beton va temir – beton buyumlar va konstruksiyalarni montaj qilish uchun qorishmalar

Download 0,58 Mb.