|
12-Amaliy mashg‘ulot: Beton va temir – beton buyumlar va konstruksiyalarni montaj qilish uchun qorishmalar. Reja: Beton va temir – beton buyumlar va konstruksiyalarni montaj qilish uchun qorishmalar
|
bet | 3/3 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #138793 |
Bog'liq 12-AMALIY§10.3. Qorishmalarning xillari
Qorishmalar ishlatilishiga ko’ra g’isht-tosh devorlarni terish va konst-ruktsiyalarni montaj qilish, choklarni to’ldirish uchun ishlatiladigan terish, suvoq ishlari uchun ishlatiladigan pardozlash va alohida xususiyatlarga ega bo’lgan maxsus xillarga bo’linadi (§10.1 ga qarang).
§10.3.1. Terish qorishmalari
Terish qorishmalari g’isht, tosh terish va montaj ishlari uchun ishla-tiladigan qorishmalarning turi, markasi va tarkibi, hamda mustahkamligiga qo’yiladigan talablar, konstruktsiyalarning xususiyati va foydalanish sharoi-tini hisobga olgan holda belgilanadi. Bino tashqi devorlarini g’ishtdan te-rish uchun asosan tsementli, ohak va tsement-loyli qorishmalarining (devori-ning turi va konstruktsiyalarning talab etiladigan chidamliliga qarab) 25, 50, 75 markalari ishlatiladi.
Panelli devorlarni montaj qilishda va yotiq choklarni to’ldirishda,
markalari 75, 100, 150 bo’lgan portlandtsementli va shlakoportlandtsementli
qorishmalar ishlatiladi (10.2 - rasm).
a b
10.2 - rasm. Terish korishmalari. a- g’ishtli devorlarni terish
uchun; b-devor bloklarni terish uchun.
Har xil maqsadlar uchun mo’ljallab tayyorlanadigan qorishmalarga sarf-lanadigan tsementning miqdori o’rtacha 75...125 kg/m3 atrofida bo’ladi. Bino-ning yer ostki va suv sathidan past qismini qurish uchun markalari 50, 75, 100 bo’lgan suvga chidamli tsementli qorishmalar ishlatilib, tsement sarfi 125 kg/m3 dan ko’p bo’lmaydi.
Devorlar uchun mo’ljallangan qorishmalarning harakatchanligi ularning vazifasi va yoyish usuliga qarab quyidagicha belgilanadi: devorlarni faqat g’ishtdan, toshdan va yengil tog’ jinslaridan iborat toshlardan qurish uchun 9…13 sm; g’ovak va sopol g’ishtlardan terish uchun 7…8 sm; beton bloklar va panellarni montaj qilishda, ularning choklarini to’ldirish uchun 5…7 sm; xarsang toshlardan terish uchun 4…6 sm; undagi bo’shliqlarni to’ldirish uchun 13…15 sm bo’lgan qorishmalar ishlatiladi. Terish qorishmalarining tarkib-lari, odatda tayyor jadvallardan tanlanadi. Tayyorlangan qorishmaning sifa-ti laboratoriyada sinash orqali aniqlanadi.
TSementli qorishmalarning harakatchanligini oshirish uchun ularning tarkibiga odatda tsement massasiga nisbatan 0,03…0,2 % miqdorda organik suyultiruvchilar qo’shiladi. Haroratning pasayishi qorishmalar mustahkam-ligining o’sish tezligini pasaytiradi. SHuning uchun past haroratda qotgan qorishmaning 28 kunlik mustahkamligi standart mustahkamlikning 55...72 % ni tashkil etadi.
Devorlarni panellar va yirik bloklardan montaj qilishda, qish sha-roitida qorishmaning mustahkamlik bo’yicha markasi loyihadagi tavsiyalarga muvofiq, shuningdek, tashqi havo haroratini hisobga olib belgilanadi. Ha-voning kunlik o’rtacha harorati 30
S gacha bo’lganda qorishmaning yoz vaqtidagi markasining o’zi qoldiriladi, -4 dan -20 0S gacha haroratda uning markasi bir darajaga, -20 0S dan past haroratda ikki darajaga oshiriladi. Qorishmaning muzlash haroratini pasaytirish maqsadida uning tarkibiga qorish suvi mas-sasi bo’yicha 5...10 % miqdorgacha natriy nitrat yoki potash kiritiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
12-Amaliy mashg‘ulot: Beton va temir – beton buyumlar va konstruksiyalarni montaj qilish uchun qorishmalar. Reja: Beton va temir – beton buyumlar va konstruksiyalarni montaj qilish uchun qorishmalar
|