12-Amaliy mashg‘ulot: Beton va temir – beton buyumlar va konstruksiyalarni montaj qilish uchun qorishmalar. Reja: Beton va temir – beton buyumlar va konstruksiyalarni montaj qilish uchun qorishmalar




Download 0,58 Mb.
bet2/3
Sana16.01.2024
Hajmi0,58 Mb.
#138793
1   2   3
Bog'liq
12-AMALIY

Qorishmalarning xossalari
Endigina tayyorlangan qorishma aralashmasining asosiy xossasi uning
“qulay yoyiluvchanligi” va qotgan qorishmaning xossalariga esa uning “mus-tahkamligi” va “sovuqbardoshligi” kiradi.
Qorishmaning qulay yoyiluvchanligi. Qulay yoyiluvchanlik deganda qo-rishmani yuzaga yoyganda bir jinsli yupqa qatlam hosil bo’lib, yoyilish xusu-siyati tushuniladi. Qorishma qulay yoyiluvchan bo’lsa uni ishlatish oson bo’la -di. Qorishmaning qulay yoyiluvchanligi uning harakatchanlik darajasiga va suvni saqlab turish xususiyatiga bog’liq bo’ladi.
Qorishma aralashmasining harakatchanlik darajasi tayyorlangan qorish-maga standart konusning qancha chuqurlikkacha botishiga qarab aniqlanadi (O’zRST 691-96). Standart konusning uchidagi burchagi 300 bo’lib, balandligi 15 sm va og’irligi 300 g (10.1-rasm).
Konusning uchi qorishma sirtiga tekkizilgan holda erkin cho’ktiriladi va
undagi strelka uning qancha santimetrga botganini ko’rsatadi. Konusning bo -tish chuqurligi qancha katta bo’lsa, qorishmaning harakatchanligi shuncha yuqori bo’ladi. Qorishmaning ishlatilishiga qarab konusning botish chuqurligi quyi-dagicha qabul qilinadi: beton bloklar, g’isht va tosh terishda 9…13 sm; panel-larni montaj qilishda va ularning choklarini to’ldirish uchun 4…6 sm; tosh-larni titratish usuli bilan qorish-maga botirilganda 1…3 sm.
Qorishmaning harakatchanlik dara-jasi qorish suvi miqdoriga, dastlabki
materiallarning tarkibi va xossalari-ga bog’liq bo’ladi. Qorishma joylashgan asos g’ovak yoki quruq holatda bo’lsa, u suvning bir qismini shimib oladi, na-tijada qorishmadagi tsementning to’la gidratlanishi uchun suv yetmay qoladi.
Natijada qorishmaning qotishi sekin-lashadi va qotganda ham mustahkamligi past bo’ladi.
Qorishmaning harakatchanligini oshirish uchun uning tarkibiga suyulti-ruvchi mineral qo’shilmalar, shuning-dek, yuza-faol moddalar (ohak, kul, so-vun suvi va h. k.) kiritiladi. Bunday qo’shilmalar suv va tsement kam sarf-langan holda qorishmaning talab etil-gan harakatchanligiga erishishga, ya’ni yuqori mustahkam qorishmalar olishga hamda tsementni tejashga imkon beradi.
Qorishmaning mustahkamligi –qotgan qorishmaning mustahkamligi
beton singari bog’lovchining faolligiga suv-tsement nisbatiga, zichligiga, qotish muddati va sharoitiga bog’liqdir.
Qorishma mustahkamligi uning markasi bilan tavsiflanadi. Qorishma marka-si O’zRST 691-96 ga asosan tomonlarining o’lchami 70,7x70,7x70,7 mm kub yoki 40x40x160 mm o’lchamli balkachalar ko’rinishidagi namunalarni ushbu qorish-maning texnik shartlarida belgilangan muddatdan keyin va agarda texnik shartlarda sinash muddati ko’rsatilmagan bo’lsa 28 kundan keyin siqilishiga va egilishiga sinab ko’rish orqali aniqlanadi.
Suv shimmaydigan asosga yoyilgan (joylangan) qorishmaning 28 kundagi mustahkamligi asosan tsement faolligi Rts va tsement-suv nisbatiga bog’liq bo’lib, N. A. Popovning quyidagi taxminiy formulasi orqali aniqlanishi mumkin:) 3 , 0 / ( 4 , 028    Ñ Ö R RÖ(10.1)
Agar qorishma suv shimib oladigan asosga yoyilsa, u holda uning mustah-kamligiga suv-tsement nisbatining o’zgarishi ta’sir etmaydi. CHunki qorishmadagi ancha suvni asos shimib oladi va suv-tsement nisbati o’zgaradi.
Bunday holda qorishma mustahkamligining o’zgarishiga ta’sir qiluvchi asosiy omil qorishmadagi tsement miqdori bo’lib qoladi. Qorishmaning mustah-kamligi esa quyidagi formula orqali aniqlanadi:
4 ) 05 , 0 / (28    Ö R k RÖ
(10.2)
bu yerda Rts-tsementning faolligi, MPa, TS-tsement sarfi, kg/m3; k-qumning sifatiga bog’liq koeffitsient (yirik qumlar uchun k=2,2; o’rtacha yiriklikda-gi qumlar uchun k=1,8; mayda qumlar uchun k=1,4 qabul qilinadi).
O’zRST 677-90 asosan qurilish qorishmalari quyidagi markalarga bo’li-nadi: 25, 50, 75, 100, 150 va 200.
Qorishmaning sovuqbardoshligi – qorishmaning sovuqbardoshligi un-dan O’zRST 691-96 bo’yicha tayyorlangan va o’lchamlari 70,7x70,7x70,7 mm li standart namuna kublarni suvga to’la shimdirish va muzlatish orqali sinab aniqlanadi. Qorishmaning sovuqbardoshligi bog’lovchilarning xiliga, suv-tsement nisbatiga, qo’shilmalar miqdoriga va qotish sharoitiga bog’liq bo’ladi.
G’isht-tosh terish va tashqi suvoq ishlari uchun ishlatiladigan qorishmalar-ning sovuqbardoshligi bo’yicha quyidagi markalari ishlatiladi. F10, F15, F25, F35, F50. Muttasil namlik va salbiy muhit ta’sirida bo’ladigan joy-larda sovuqbardoshlik bo’yicha mustahkamligi ancha yuqori bo’lgan F100, F150, F200 va F300 qorishmalar ishlatiladi. Mo’’tadil suv ta’sirida bo’ladigan konstruktsiyalarni qurishda qorishmaga gidrofob (o’ziga nam yuqtirmaslik xu-susiyatini beruvchi) suyultiruvchilar qo’shiladi.

Download 0,58 Mb.
1   2   3




Download 0,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12-Amaliy mashg‘ulot: Beton va temir – beton buyumlar va konstruksiyalarni montaj qilish uchun qorishmalar. Reja: Beton va temir – beton buyumlar va konstruksiyalarni montaj qilish uchun qorishmalar

Download 0,58 Mb.