• Avtomobil yoʻllaridagi koʻkalamzorlashtirishni vazifalari
  • 1-amaliy mashgʻulot mavzu: Avtomobil yoʻllarini meʼmoriy-landshaft bezash va manzarali koʻkalamzorlashtirish. Ishdan maqsad




    Download 2,64 Mb.
    bet1/8
    Sana11.10.2024
    Hajmi2,64 Mb.
    #274503
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1 amaliy mashg\'ulot javobi 9 nomer


    1-AMALIY MASHGʻULOT
    Mavzu: Avtomobil yoʻllarini meʼmoriy-landshaft bezash va manzarali koʻkalamzorlashtirish.
    Ishdan maqsad: Avtomobil yoʻllarini meʼmoriy-landshaft bezash va manzarali koʻkalamzorlashtirishni oʻrgatish.
    Nazariy qism:
    Yoʻl obodonlashtirilishining manzaraviy meʼmoriy loyihalash avtomobil yoʻllarida harakatlanishning xavfsiz va qulay boʻlishiga — ilm va sanʼat asos boʻladi.
    Bundan tashqari tizim tarkibida yoʻl chiroyli va badiiy bezatilgan boʻlishini taʼminlaydigan texnik estetika tizimini, yoʻlning manzara bilan uygʻun boʻlishini taʼminlaydigan manzara loyihasini va yoʻlni bezashda manzara elementlaridan foydalanish imkonini beradigan manzara meʼmorchiligini ajratib koʻrsatish mumkin.
    Texnik estetika, manzara loyihasi va manzara meʼmorchiligi avtomobil yoʻllari obodonlashtirilishi manzara meʼmorchiligi loyihasi tizimini tashkil qiladi.
    Avtomobil yoʻllari meʼmorchiligi ikkita maqsadga xizmat qilishi kerak:
    -butun yoʻl boʻylab yoʻl yoqasidagi manzara bilan uygʻun boʻladigan yaxlit meʼmorchilik ansamblini yaratish;
    -harakat xavfsiz va qulay boʻlishini taʼminlash.




    1.1-rasm. Aholi punktlarida avtomobil yoʻllarini koʻkalamlashtirishga misol



    1.2-rasm. Koʻrsatish belgilari qoʻyilgan mintaqada avtomobil yoʻllarini koʻkalamlashtirishga misol.
    Avtomobil yoʻllaridagi koʻkalamzorlashtirishni vazifalari
    Yoʻl boʻyidagi ekinlarni avtomobil yoʻllari muhandislik jihozlari sirasiga kiritish gʻayri tabiiy koʻrinadi. Lekin koʻkalamzorlar dekorativ vazifani bajarishdan tashqari yoʻlning transport-foydalanish xususiyatlariga sezilarli taʼsir qiladi. Koʻkalamzorlar harakat xavfsizligining qulayligi va xavfsizligiga, qish vaqtida avtomobil transportining ishi tejamli boʻlishiga taʼsir qilishi yoʻl boʻyidagi oʻsimliklarni toʻsiqlar, yoʻl belgilari va boshqa muhandislik jihozlari bilan bir qatorga qoʻyish imkonini beradi. Nima maqsadda ekilganiga qarab yashil ekinlar turli vazifalarni bajaradi (1.3-rasm).
    Qirrasidagi oʻpirilgan, yuvilgan joylarni, joy relyefi umumiy xususiyati, yuzadagi oqimning yoʻnalishi va yigʻilishiga qarab jar yoqasidagi polosalarning kengligi 20 m dan 50 m gacha olinadi.
    Jarlar yemirilishi oldini oladigan koʻkalamlashtirish oddiy gidrotexnik qurilmalar bilan birlashtirilishi kerak: oqimni yuvilayotgan yuqori qismdan chetlashtirish uchun marzalar koʻtariladi, suv yigʻiladigan novlar, suv bogʻlanadigan vositalar quriladi va hk.
    Toʻgʻon va koʻtarmalarni himoya qilish uchun daryolarning yonidagi suv bosadigan qayirlarga mahalliy butasimon va daraxtsimon tollarni yonbagʻirlar boʻylab suvning yuqoriga koʻtarilgandagi va tushgandagi sathlari sohasidagi mintaqalar koʻrinishida oʻtqazish usuli qoʻllanadi. Daraxt va butalar bahorda suvning yuqoriga koʻtarilgan sathiga tutash joylardan boshlanib to suv sathi eng quyi darajada pasayguncha – suvdan boʻshagan joyga koʻchat ekish yoʻli bilan davom ettiriladi.
    Yoʻlni yuvilishdan va seldan saqlash uchun sel kelish xavfi bor joylarga, boshqa texnik mustahkamlash tadbirlari bilan birga, katta daraxtlar ekiladi.
    Yoʻl harakatini tashkil qilish tadbirlari kompleksida yoʻl chetidagi ekinlar ayniqsa kunning qorongʻi vaqtida, tuman tushganda, qor uyumlari toʻplanganda yoʻl yaxshi koʻrinishini taʼminlaydi; toʻgʻri va egri yoʻl uchastkalarida haydovchilarning moʻljal olishini yaxshilaydi, yoʻlning alohida elementlari, chorrahalar, tushish yoʻllari, xizmat inshootlarini ajratib koʻrsatib yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlaydi; ajratish polosasi oʻtkazilgan koʻp polosali yoʻllarda qarshidan kelayotgan avtomobillar farasi haydovchi koʻzini qamashtirishi oldini oladi.
    Dekorativ ekinlar yoʻlda estetik talablarni qanoatlantiradigan sharoit yaratishga moʻljallangan(1.4-rasm).
    Bunday ekinlar yoʻl inshootlari mahalliy tabiat sharoitiga uygʻunlashgan yoʻl manzarasining muhim elementi hisoblanadi. Manzara loyihasini tuzish nazariyasi va amaliyoti rivojlangani sari avtomobil yoʻllarini koʻkalamzorlashtirishga yoʻlni atrof joy bilan bogʻlaydigan element vazifasi berilyapti. Professor V.F. Babkovning fikriga koʻra, manzara loyihasini tuzishdan maqsad yoʻl boʻyidagi ekinlarning vazifasi yoʻl boʻyi polosasini tabiat manzarasi bilan bogʻlash, manzara havzalarini chegaralash, bir xil oʻrmon koʻrinishini bartaraf qilish, manzarali joylarni ajratib koʻrsatish va hk. hisoblanadi.
    Yashil ekinlar koʻpincha atrof muhitni himoya qilish vazifasini bajaradi, yoʻl atrofidagi muhitni transport shovqini, ishlangan gazlar va changdan himoya qiladi. Avtobus bekatlarida, dam olish joylarida ular yoqimli mikroiqlim yaratilishiga koʻmaklashadi.


    Download 2,64 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 2,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-amaliy mashgʻulot mavzu: Avtomobil yoʻllarini meʼmoriy-landshaft bezash va manzarali koʻkalamzorlashtirish. Ishdan maqsad

    Download 2,64 Mb.