|
Avtomobil yoʻllarini koʻkalamlashtirish usullari
|
bet | 3/8 | Sana | 11.10.2024 | Hajmi | 2,64 Mb. | | #274503 |
Bog'liq 1 amaliy mashg\'ulot javobi 9 nomerAvtomobil yoʻllarini koʻkalamlashtirish usullari
Ekinlarni yoʻl boʻyida joylashtirish ekiladigan materialning maqsadi, ekish materiali, tabiiy oʻsimliklar borligi va ularning xususiyatiga bogʻliq boʻladi. Ayniqsa shu hududda ekish mumkin boʻlgan daraxtlar xilining borligi, ularning shakli va balandligi ahamiyatli boʻladi. Ekish materiallariga umumiy talab – daraxtlar va butalar shu yerdagi tuproq, iqlimda koʻkarishi, tez oʻsishi va nurni yaxshi koʻrishi kerak.
Shoxlari, barglari va gullarining rangli, tuzilishi daraxtning shaklini hosil qiladi. Daraxtlar barglarining qalinligi, shox-butoqlari shaklining torligi, kengligi yoki yoyilgani bilan farq qiladi. Shox-butoqlarining shakliga qarab daraxtlar shox-butoqlari aniq (ehrom, konus, shar koʻrinishida va hk.) va shox-butoqlari yoyilgan koʻrinishda boʻladi.
Oʻsgan daraxtlar balandligiga qarab birinchi (25-30 m va undan baland), ikkinchi (10-20 m) va uchinchi (10 m dan past) toifalarga boʻlinadi. Balandligi 2 m dan koʻp butalar birinchi sinfga kiradi, 2 m dan pastlari esa ikkinchi sinfga kiradi.
Bir vaqtlar yoʻllarni koʻkalamzorlashtirish uchun mevali daraxtlar ekish tavsiya qilingandi. Yoʻl polosasining ogʻir metallar va boshqa zararli moddalar bilan ifloslanishi borasidagi zamonaviy bilimlarga asoslanib, magistral yoʻl yoqasida mevasi yeyiladigan daraxtlar, butalar va boshqa oʻsimliklar ekilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Mahalliy yoʻllar chetida mevali daraxtlar ekilishi mumkin.
Yoʻl chetiga ekish uchun daraxt va butalar tanlanganda shox-butoqlarining shakli, daraxt yoki butaning balandligi, barglarining yoz va kuzdagi rangi, gullari va mevasining rangidan tashqari tuproq sharoiti, atrofdagi manzaraning xususiyati, daryolar, koʻllar va boshqa suv havzalarining borligi ham hisobga olinadi.
Daraxt va butoqlar asosan ikkita asosiy turga – doimiy yoki manzara-guruhli va erkin turlarga boʻlinadi. Doimiy turlarga alleya, jonli toʻsiq va qordan himoya qiladigan daraxtzor sifatida yoʻl trassasini qaytaradigan ekinlar kiradi; erkin-guruhga esa daraxt va butalarning turli navlaridan iborat boʻlgan ekinlar kiradi. Daraxt va butalarni aralashtirib ham ekish mumkin.
Doimiy ekinlar yoʻlning bir tomonida ham ikkala tomonida ham vazifasiga muvofiq oraliqda, lekin yoʻl qatnov qismi chetidan kamida 5 m narida ekiladi (1.5-rasm). Koʻrishni chegaralab qoʻymasligi uchun egri chiziq ichkarida boʻladigan yoʻlning egri chiziqli qismida doimiy ekinlar ekilmaydi. Daraxtning naviga qarab alleyalardagi alohida daraxtlar oʻrtasidagi oraliq 10-15 m boʻladi.
1.5-rasm. Daraxtlarning yoʻl poyi qirgʻogʻiga va qatnov qismi chetiga nisbatan joylashishi. a – nol belgilarda; b – koʻtarilgan joyda; v – oʻyiq joyda.
Bir qancha kamchiliklari borligi uchun yangi qurilayotgan yoʻllarda alleya koʻrinishidagi ekinlar ekish tavsiya qilinmaydi: transport vositasining yoʻldan chiqishiga xalaqit beradi; kunning quyoshli vaqtida yoʻlning qatnov qismi togʻsimon yorishgani uchun haydovchining koʻzi charchaydi; yoʻlning qurishi yomonlashadi; keyinchalik yoʻlni kengaytirish imkoniyatini cheklaydi; yoʻlga toʻkiladigan barglar gʻildirakning yoʻl bilan birikishini yomonlashtiradi. Asosiy yoʻldan birorta obyektga boriladigan yoʻllardagina alleya koʻrinishida daraxt ekilishi mumkin (1.6-rasm).
Koʻkalamzorlashtirishning koʻproq maqsadga muvofiq boʻladigan koʻrinishi guruhlab ekish hisoblanadi (1.7-rasm). Guruhlab ekilgan ekinlar ham yoʻlning qatnov qismidan kamida 5 metr narida boʻlishi kerak. Yoʻl chetiga daraxt, butalar ekish mumkin emas.
1.6-rasm. Asosiy yoʻldan chiqish yoʻlidagi daraxtlarning alleya koʻrinishida ekilishi
1.7-rasm. Guruhlab ekishga misollar.
a, b, v – chetiga butalar ekilgan turli navdagi daraxtlar; g – alohida turgan bir guruh daraxt; d – shunga oʻxshash birikkan guruh; ye, j – toʻrtta daraxtlik guruh (birikkan yoki alohida); z – butali guruh.
|
| |