• Ilmiy rahbar: Yahyoxonov N.B. iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b. Annotatsiya.
  • Kalit so’zlar: agrar soha, aqlli qishloq xo’jaligi , agrar tarmoq samaradorligi, qishloq xo’jalik mahsulotlari. Аннотация .
  • Ключевые слова
  • Journal of marketing, business and management(jmbm)/sjif factor: 57




    Download 227,58 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana21.05.2024
    Hajmi227,58 Kb.
    #248689
      1   2   3   4
    Bog'liq
    aqlli-qishloq-xo-jaligi-konsepsiyalari-orqali-agrar-tarmoq-samaradorligini-oshirish



    JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 
    www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 11 (March) ISSN: 2181-3000 
    Page 1/16 
    AQLLI QISHLOQ XO‘JALIGI KONSEPSIYALARI ORQALI AGRAR 
    TARMOQ SAMARADORLIGINI OSHIRISH 
    Xudoyberdiyev Bobirjon Maribjon o‘g‘li
     
    Oriental universiteti IQT-101-guruh magistri 
    Ilmiy rahbar: Yahyoxonov N.B.
    iqtisodiyot fanlari
    bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 
    dotsent v.b. 
    Annotatsiya.
    Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizning agrar 
    sektorini rivojlantirish, a
    qlli qishloq xo‘jaligi konsepsiyalari orqali agrar tarmoq 
    samaradorligini oshirish 
    yo’llari
    muallif tomonidan batafsil yoritilib, o’rganilish va 
    tadqiq etish natijasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
    Kalit so’zlar:
    agrar soha, 
    aqlli qishloq xo’jaligi
    , agrar tarmoq samaradorligi, 
    qishloq xo’jalik mahsulotlari.
    Аннотация
    .
    В
    данной
    статье
    автором
    подробно
    освещены
    пути
    развития
    аграрного
    сектора
    нашей
    страны

    повышения
    эффективности
    аграрного
    сектора
    посредством
    концепции
    умного
    сельского
    хозяйства

    в
    результате
    изучения
    и
    исследований
    разработаны
    предложения
    и
    рекомендации
    .
    Ключевые
     
    слова
    :
    аграрный
    сектор

    умное
    сельское
    хозяйство

    эффективность
    аграрной
    сети

    сельскохозяйственная
    продукция
    .
    Hozirgi kunda global miqyosda inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida 
    raqamli texnologiyalardan foydalanish tez sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda. Qishloq 
    xo'jaligi ham bundan mustasno emas. Shu bois mamlakatiizda ham so'nggi yillarda 
    tarmoqda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga alohida ahamiyat berilyapti.
    Tahlillarga qaraganda, qishloq xo'jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi mavsum 
    davomida (qisqa muddatlarda) 40 tadan ortiq turli echimlarni qabul qilishiga to'g'ri 
    keladi. Uning aksariyati raqamlashtirish ob'ekti hisoblanib, bevosita ishlab chiqarish 
    samaradorligiga ta'sir ko'rsatadi. Hisob-kitobga ko'ra, ekish, yetishtirish, saqlash va 
    tashishda hosilning 33 foizi yo'qotilmoqda. Shunday bir sharoitda mavjud er, suv, 
    moddiy-
    texnika va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni ta'minlovchi “smart” 
    yoki “aqlli qishloq xo'jaligi” texnologiyalari muhim ahamiyat kasb etadi.
    Agrar sohaning texnik va texnologik bazasi esa, asosan agrosanoat 
    majmuasining umumiy rivojlanishini belgilaydi. Bu chorvachilik va o'simliklarni 
    yetishtirishni texnologik takomillashtirish, yer unumdorligini oshirish va qo'l 
    mehnatini mexanizatsiyalashgan faoliyat bilan almashtirishda namoyon bo'ladi. 
    Texnikalarining yetishmasligi fermerlarning imkoniyatlarini cheklaydi va mahsulot 
    tannarxida mehnat sarfini oshiradi. Mavjud texnik vositalardan samarali foydalanish 
    uning qoplanish muddatini qisqartiradi va innovatsion texnologiyalarni qo'llash bilan 
    birga, takror ishlab chiqarish jarayonini tezlashtiradi. 
    Olimlarning taxminlariga ko‘ra, 2050
    -yilga borib Yer sayyorasi aholisi 9,6 
    milliardga yetib, ularni oziq-
    ovqat bilan ta’minlash uchun bugungiga nisbatan 70 foiz 
    ko‘p mahsulotlar kerak bo‘lar ekan. Ammo, ekologik vaziyatning yomonlashishi, 


    JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 
    www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 11 (March) ISSN: 2181-3000 
    Page 1/17 
    energiya vositalarining qimmatlashuvi va yer unumdorligining pasayib ketishi talab 
    darajasidagi oziq-
    ovqat ishlab chiqarishga jiddiy to‘siq bo‘lishi ham ta’kidlanmoqda. 
    Xo‘sh, unda kelajakda bashariyat ochlikka mahkum bo‘ladimi? Albatta, yo‘q. Bu 
    muammolarni dehqonchilik faoliyatini o‘zgacha usullar asosida boshqarish, xususan, 
    sohaga narsalar interneti konsepsiyasi kabi zamonaviy texnologiyalar va innovatsion 
    yechimlar kiritish, bir so‘z bilan aytganda, «aqlli» qishloq xo‘jaligi orqali hal etish 
    mumkin. 
    «Future Market Insights» tahlilchilariga ko‘ra, dunyoda «aqlli» qishloq 
    xo‘jaligiga o‘tish sekinlik bilan, ammo ishonchli tarzda amalga oshirilyapti. Bozorning 
    katta qismi (53 foizi) Shimoliy Amerikada joylashgan. Bu AQSh fermerlari tomonidan 
    aqlli innovatsiyalarga bo‘lgan kuchli qiziqish bilan bog‘liqdir. IT
    -texnologiyalar yer 
    maydonlarida asosan don ekinlari yetishtirishda faol qo‘llanilyapti va bu «aniq 
    dehqonchilik» nomi bilan atalyapti.
    Umuman olganda, «Goldman Sachs Group» tahlilchilari ko‘plab mamlakatlar 
    «analog»dan «aqlli»ga o‘tish orqali o‘z qishloq xo‘jaligini faol rivojlantirib 
    borayotganini tasdiqlashyapti. Ularning prognoziga ko‘ra, yangi texnologik 
    yechimlarni joriy etish bilan 2050-
    yilga borib dehqonchilikni dunyo bo‘yicha 70 foizga 
    oshirishga erishish mumkin. Bu deyarli 800 mlrd. dollarlik qo‘shimcha mahsulot 
    demakdir. 
    Quyida keltirilgan vositalar orqali agrar tarmoqning samaradorligni oshirish 
    imkoniyatlari yaratiladi: 

    Download 227,58 Kb.
      1   2   3   4




    Download 227,58 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Journal of marketing, business and management(jmbm)/sjif factor: 57

    Download 227,58 Kb.
    Pdf ko'rish