JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 11 (March) ISSN: 2181-3000
Page 1/19
O‘zining barcha afzalliklariga qaramay, aqlli qishloq xo‘jaligi hali
rivojlanishning boshlang‘ich bosqichida. «AQShning Trimble» kompaniyasi
hisobotiga ko‘ra, dunyodagi har to‘rtta fermadan faqat bittasi ma’lumotlar yig‘ish
bazasidan foydalanadi. Bunga moliyaviy omillar (bunday infratuzilmani tashkil etish
fermerlar tomonidan salmoqli dastlabki sarmoya talab qiladi) asosli to‘siq bo‘lib
turibdi. Bundan tashqari, ma’lumotlar xavfsizligi, dehqonchilikdagi o‘ziga xos siyosat
va ob-havo ham aksariyat fermerlarni ikkilantiradi.
Yaponiyada bugungi kunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning
barcha bosqichlariga (dalalarni rejalashtirish,
yerga ishlov berish, ekin ekish, sug‘orish,
parva
rishlash, hosilni terib olish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash,
saqlash, tashish, sotuvga chiqarish va hokazo) turli darajada zamonaviy axborot
texnologiyalari joriy etilgan.
Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi texnikalarini boshqarish, yuklarni tash
ish va boshqa
jismoniy mehnatni yengillashtiruvchi texnikalar va raqamli texnologiyalarning
ahamiyati ortib bormoqda.
Robot traktorlar, yuk ko‘tarishni yengillashtiruvchi
ekzoskeletlar, dalalarni monitoring qilishda dronlar va shu kabilar cheklangan va
qim
matli resurslardan suv, urug‘lik, o‘g‘itlar, yoqilg‘i
-moylash materiallaridan
optimal foydalanishga erishilmoqda.
Aqlli texnologiyalar nafaqat dehqonchilik, bog‘dorchilik yoki chorvachilikda,
balki baliqchilik sohasida ham o‘z samarasini bermoqda. Baliqlar
migratsiyasini
kuzatib borish va baliq ovlash uchun
eng yaxshi joyni tanlash, ozuqa namunalarini
tahlil qilish, ehtimoliy kasalliklarni aniqlash kabilarni endi zamonaviy texnik
qurilmalar, monitorlar yoki GPS datchiklari yordamida amalga oshirsa bo‘ladi.
Shuningdek, suvning sifati haqida ham ma’lumot olish mumkin.
Uzoq yo‘lni bosib o‘tgan texnologiyalar hamon rivojlanishda. Bugunga kelib,
veb-
interfeysli qurilmalar va xizmatlar ancha ko‘p ommalashdi, shuning uchun ham
narsalar internetiga bo‘lgan qiziqish rekord darajada yuqori o‘rinni band etib turibdi.
Fermerlikning an’anaviy usullari o‘sib borayotgan oziq
-ovqat talabiga tenglasha
olmaydi, shu bois fermerlar aqlli qishloq xo‘jaligiga tobora ko‘proq murojaat
qilishmoqda. Va bu kelajagi porloq
yagona soha b
o‘lishiga shubha yo‘q.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, mamlakatimizda faoliyat olib
borayotgan turli mulkchilik shaklidagi korxonalar, tovar ishlab chiqaruvchi va xizmat
ko‘rsatuvchi korxonalar, yaratilayotgan kichik sanoat zonalari, kichik
biznes
subyektlarining eksport salohiyatini oshirishda, agrar tarmoq mahsulotlari va
xizmatlarini ko’
rsatishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish orqali talab
etuvchilar nuqtai nazaridan iste’molchilarga
yo‘naltirilganlik tamoyilidan samarali
foydalanish, ular uchun optimal xarajat
qilgan holda, iste’molchilar uchun qulayliklar
yaratib, samarali kommunikatsiya tizimlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb
etadi.
Yurtimiz zamini serhosil, bahorda tayoq suqsak kuzda meva beradi. Lekin,
aholimizning yildan
yilga ko‘payib
borayotganini, suv, elektr energiyasi va boshqa
tabiiy zaxiralarimizning cheklanganini inobatga olsak, «aqlli» qishloq xo‘jaligining
JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 11 (March) ISSN: 2181-3000
Page 1/20
naqadar ahamiyati kattaligini anglab yetamiz. Shunday ekan, agrar sohaga zamonaviy
tizimni tatbiq etishlarida mirishkorlarimizga muvaffaqiyatlar tilaymiz.