Shaklni chetga chiqishi yondosh yuza va kesimlardan boshlab hisoblanadi. Yondosh yuza (yondosh kesim) deb detalning tashqi chegaralari bilan haqiqiy yuzasi (kesimi)ning geometrik tо‘g‘ri shaklidagi yuzasiga aytiladi. Bu yuza shunday joylashganki, haqiqiy yuzaning eng uzoqlashgan masofasidagi nuqtasidan yondosh yuzagacha bо‘lgan masofa eng kichik bо‘ladi (1-rasm).
1-rasm. Shakldan chetga chiqishlar.
a) Yondosh yuza, b) yondosh kesimlar, v) yondosh tо‘g‘ri chiziq.
Shaklni chetga chiqishini (2-rasm) elementar va majmuaviy turlarga bо‘lib qaraladi. Elementar chetga chiqish shaklni ayrim chetga chiqishlarini tavsiflab, ovallik, qirralanish, egilganlik, konussimonlik, bochkasimonlik, qavariqlilik, botiqlilik va sh.о‘. bilan baholanadi. Majmuaviy chetga chiqish shaklni harqanday chetga chiqishlarini birglikda tavsiflaydi, masalan dumaloqmaslik, silindrik emaslik, tekismaslik va sh.k.
2-rasm. Yuzalar shaklining chetga chiqish turlari
Joylashishni chetga chiqishi deb kо‘rilayotgan yuzani joylashishini, uning о‘qi yoki simmetrik yuzasi bazasiga nisbatan yoki kо‘rilayotgan yuzalarni о‘zaro joylashishishini nominaldan chetga chiqishiga aytiladi. Bu chetga chiqishlarni aniqlashda yuza shaklining chetga chiqishini hisobga olinmaydi. Joylashishni chetga chiqishini aniqlashda haqiqiy yuza yondosh yuzaga almashtiriladi. Yuzalarni joylashishini chetga chiqishi quyidagilarni baholashi mumkin: yuzalarni, о‘qlarni yoki yuzalarni va о‘qlarni paralel emasligini, yuzalarni yoki о‘qlarni va о‘qlarni va yuzalarni perpendikulyar emasligini, о‘qdosh emasligini, radial va yon tepishini, har xil devorliligini, о‘qlarni kesishmasligini, о‘qlarni nominal joylashishdan siljishini va sh.о‘.
Yuzalarning ayrim turlarini joylashishini chetga chiqishi 3-rasmda kо‘rsatilgan.
3-rasm. Yuzalar bо‘yicha chetga chiqishlarni joylashish turlari
Shaklni о‘lchamlarini va detal yuzalarini joylashishini chetga chiqishini о‘lchash uchun usullar va texnik vositalar ishlab chiqilgan bо‘lib, ular faqatgina baholanayotgan chetga chiqishlarni hisobga olmasdan, geometrik shaklni, о‘lchamlarni, ishlov berilayotgan detalning aniqligini va ishlab chiqarishni seriyaligini ham hisobga oladi.
Har handay о‘lchash hatoliklar bilan kechadi. Shuning uchun hо‘pol hatoliklarga yо‘l qо‘ymaslikni oldini olish va о‘lchash natijalarini aniqligini oshirish maqsadida “n” marta takrorlanishda о‘lchashlarni о‘tkaziladi. Ayrim qayta о‘lchashlarni о‘tkazish uchun о‘lchashni unisini va bunisini ham bir joyda, bir xil sharoitni saqlagan holda о‘tkazish kerak. Bunda detalning shaklini о‘lchash aniqligiga ta’siri hisobga olinmaydi va shu tufayli ayrim о‘lchashlarni bir xil aniqlikda bо‘lishiga erishish mumkin. Agar ayrim о‘lchash miqdorlarini x1, x2, x3...xn lar bilan belgilasak, u holda haqiqiy miqdor “a”ni bahosi bо‘lib, alohida о‘lchangan ayrim о‘lchamlarning о‘rtacha arifmetik miqdori bо‘ladi. Tanlab olingan о‘rtacha arifmetik miqdor ni о‘lchash natijasi deyiladi. О‘lchash natijalariga ishlov berishdan oldin har bir о‘lchashdagi sistematik hatolar chiqarib yuboriladi, ya’ni , bu yerda bi - i marta о‘lchashdagi sistematik hatolik miqdori.
О‘lchash natijalaridan sistematik hatolarni chiqarib tashlangandan sо‘ng, о‘rtacha arifmetik miqdor hisoblanadi, ya’ni
, (1)
bu yerda - ayrim о‘lchashlardan sistematik hatolarni chiqarib yuborilgandan keyingi
natijalari;
n – о‘lchashlar soni.
О‘lchash qatorlari natijalarining empirik guruh markazlariga nisbatan yoyilishi tanlov о‘rtacha kvadratik chetga chiqishlari S bilan tavsiflanadi va ushbu ifoda bilan aniqlanadi:
(2)
О‘lchash natijasida boshqa hamma qatorlardan farq qiluvchi natija olinganda qо‘pol hato qilinganlik tо‘g‘risida gumon paydo bо‘ladi. Shuning uchun xmax ni eng katta miqdorini va xmin ni eng kichik miqdorini tanlab, о‘lchashda hatoliklarga yо‘l qо‘yilmaganligini, о‘lchash sharoiti о‘zgarmaganligini tekshirish kerak bо‘ladi. Qо‘pol hatoliklarga yо‘l qо‘yilgan о‘lchash natijalari о‘lchash qatorlaridan chiqarib yuboriladi. Buning qо‘pol hatolarni chiqarib yuborish usuli, normal taqsimlanish qonunidan foydalaniladi. xmax ni eng katta miqdorini va xmin ni eng kichik miqdorini chiqarib yuborib, qolgan о‘lchash natijalari uchun о‘rtacha arifmetik miqdor va о‘rtacha kvadratik chetga chiqish S (1 va 2) formulalar bilan hisoblanadi. Sо‘ngra quyidagi munosabat hisoblanadi:
(3)
Hisoblangan tmax va tmin miqdorlari tajriba natijalariga ishlov berish ma’lumotnomalari jadvaliga asosan ehtimollik R darajasi bо‘yicha kritik tp miqdorlar bilan solishtiriladi. Berilgan hol uchun qо‘pol hatolari bо‘lmagan qabul qilinadigan natijalar soni n1=n-2 tashkil qiladi. Agar n1 soni uchun qabul qilingan natijalar va jadvalda tanlangan ehtimollik miqdori R da tp£tmax yoki tp£tmin bо‘lsa, u holda bu о‘lchashlarda qо‘pol hatolarga yо‘l qо‘yilgan deb topiladi va shuning uchun о‘lchash natijalari qatoridan ularni chiqarib tashlash kerak bо‘ladi.
О‘lchash hatoliklarining tasodifiy tashkil qiluvchilarini aproksimatsiyalovchi funksiyani taqsimlanishi va о‘rtacha kvadratik chetga chiqish bilan baholanadi. Normal taqsimlanish qonuni va katta n soni uchun о‘lchash hatoligining tasodifiy chegarasi miqdori ushbu ifoda bilan aniqlanadi:
(4)
bu yerda S- о‘lchangan qatorning tanlangan о‘rtacha arifmetik chetga chiqishi (2-formula
bilan hisoblanadi.
О‘lchash natijalarini о‘rtacha arifmetik chetga chiqishi taqsimlanish funksiyasining о‘lchami hisoblanadi va ushbu ifoda bilan aniqlanadi.
(5)
Unchalik katta bо‘lmagan о‘lchashlar soni uchun Styudent-Fisher jadvalidan foydalanish maqsadga muvofiqdir, unda to kvantili keltirilgan. to miqdorini f = n - 1 erkinlik darajasi soniga va berilgan ehtimollikka bog‘liq holda qabul qilinadi. Ishlab chiqarish о‘lchovlari uchun ehtimollikni R = 0,95, tadqiqot maqsadlari uchun R = 0,98 …0,99 tavsiya qilinadi.
Qabul qilingan о‘lchashlar miqdori n va ehtimollik R uchun Styudent-Fisher jadvali bо‘yicha to kvantil topiladi va о‘lchash hatoligining tasodifiy tashkil qiluvchilari hisoblanadi:
(6)
Demak, о‘lchash natijalarining haqiqiy miqdori R ehtimolikda ishonchli chegara ichida bо‘ladi
yoki . (7)
Bunda sistematik hatoliklar о‘lchash natijalaridan chiqarilgan deb qaraladi. О‘lchash hatoligining yо‘l qо‘yilgan berilgan miqdori bо‘yicha qayta о‘lchash soni “n” ni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin
(8)
О‘lchashning chegaraviy tasodifiy hatoliklari har xil tasodifiy omillar (priborning yо‘l qо‘yilgan hatosi, atrof muhit haroratining ta’siri, priborning о‘lchamga aniq sozlanishi va sh.k) ning ta’sirida paydo bо‘ladi. Shuning uchun о‘lchashning chegaraviy tasodifiy hatosi i-ta tasodifiy hatolarning yig‘indisidan tashkil topadi. Sistematik hatolarni hisobga olganda chegaraviy о‘lchash hatoliklar yig‘indisi quyidagiga teng bо‘ladi:
bu yerda -sistematik xatolarning algebraik yig‘indisi;
q-sistematik hatolar soni.
О‘lchash natijasining haqiqiy miqdori quyidagiga teng bо‘ladi
Ushbu ifoda shunda tо‘g‘riki, agarda hamma tasodifiy hatoliklarning taqsimlanish qonuni bir xil bо‘sa yoki yaqin bо‘lsa.
|