• Bazalar haqida tushunchalar.
  • Bazalash
  • 4-mavzu: Avtomobilsozlikda tayanch(baza)




    Download 310.43 Kb.
    bet1/6
    Sana21.04.2024
    Hajmi310.43 Kb.
    #203896
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    4-maruza (1)
    chiziq, 01.02.2022 majburiy blok, Living conditions 2023, boy ota kambagal ota, 1 курс оралик, Nazariy mexanika Mustaqil ish, Shokirova, amaliy mashg\'ulot compressed (1), amaliy mashg\'ulot - Shahodat, ЭКСТРАКТОРЛАРНИНГ ТУЗИЛИШИ, 11111

    4-mavzu: Avtomobilsozlikda tayanch(baza).

    Reja:


    1. Bazalar haqida tushunchalar.

    2. Konstruktorlik bazalari.

    3. Texnologik bazalar.

    4. О‘lchash va yig‘ish bazalari.

    5. Bazalar tanlab olish




    1. Bazalar haqida tushunchalar.

    Detalning barcha yuzalaridan asosiylari, ya’ni detalning mashinadagi ishini ta’minlovchi yuzalari ajratib olinadi. Bu yuzalar mashinaning ish jarayonida bevosita ishtirok etadi (masalan tirsakli valda о‘zak va shatun bо‘yinlarining yuzalari, taqsimlash vali mushtchalarining yuzalari: kiritish yoki chiqarish klapanlarining о‘tqazish yuzalari va boshqalar) yoki boshqa detallarning asosiy yuzalari bilan kinematik juftlik hosil qiladi (silindr va porshen, tishli ilashmaning ikkita profilli) yoki uchma-uch birikmalar (masalan, tirsakli val flanetsi bilan maxovikning birikishi).


    Kо‘pgina hollarda asosiy yuzalar katta aniqlik va yuza tozaligi bilan ishlov beriladi. Ishlov berish aniqligi va yuza tozaligiga kо‘ra mashinaning ish sifati ortadi.
    Detaldagi qolgan erkin yuzalar yordamchi yuzalar deb yuritiladi va gabarit о‘rchamlari, mustahkamligi va og‘irligi bilan belgilanadi. Odatda bu yuzalar asosiy yuzalarga qaraganda kamroq aniqlik bilan ishlov yoki butunlay ishlov berilmaydi (masalan tirsakli valning jag‘lariga butunlay ishlov berilmaydi). Shunday qilib baza deb zagotovkaga ishlov berishda uni dastgohga о‘rnatishda mо‘ljal olinadigan yuzaga aytiladi.
    Boshqacha qilib aytganda zagotovkani dastgohda bazalash uchun olinadigan yuza, chiziq yoki nuqtaga aytiladi.
    Bazalash deb zagotovkani tanlab olingan koordinata tizimida holatini belgilashga aytiladi.
    Masalan, zagotovkaga mexanik ishlov berishda bazalash deb zagotovkaga dastgoh elementlariga nisbatan surilish trayektoriyasining harakatini belgilovchi holatlarni berishga aytiladi.
    Bazalash nazariyasi umumiy bо‘lib, u barcha qattiq jismlar uchun taalluqlidir, jumladan, yig‘ilgan holdagi mashinasozlik buyumlariga, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlariga ham taalluqlidir (mexanik ishlov berishda, transportirovkada, о‘lchamda va hokazo).
    Ma’lumki, har qanday qattiq jism fazoda tanlab olingan koordinataga nisbatan oltita erkinlik darajasiga ega bо‘lib koordinata о‘qlari bо‘yicha ilgarilanma va bu о‘qlar atrofida aylanma harakat qilish kerak.
    Zagotovkaning tanlab olingan koordinata tizimida harakatlanmasligini ta’minlash uchun unga oltita ishonchli aloqadan iborat bо‘lgan bazalar komplektini qо‘yish kerak. Agar zagotovka ma’lum erkinlik darajasiga ega bо‘lishi kerak bо‘lsa, u holda mos ravishdagi aloqalar soni olib tashlanadi. Masalan, valni dastgohda yо‘nishda uni qotirish kerak. Ayni paytda uning aylanishini ta’minlash zarur. Demak, valni dastgohda bazalaganimizda о‘zining beshta erkinlik darajasidan mahrum qilinadi, oltinchisi, ya’ni о‘z о‘qi atrofida aylanishi esa qoladi.
    Bazalash nazariyasida bazalanuvchi detalning yoki zagotovkaning boshqa qattiq jism bilan tutashish nuqtasi ideal aloqa deyiladi (ishqalanishsiz aloqa).
    Bu aloqa bazalanuvchi detal yoki zagotovkani bitta erkinlik darajasidan maxrum qiladi, ya’ni normal N yо‘nalishidagi birikish yuzasidagi A nuqtada (10-rasm.)
    Kо‘pgina hollarda baza sifatida tekis va silindrik yuzalar, ayrim hollarda esa-konussimon va sferik yuzalar olinadi.


    Базанинг таянч билан туташгандаги таъсири:


    1-базаланувчи заготовка; 2- таянч.
    Bir tо‘g‘ri chiziqda yotmagan uchta erkinlik darajasidan mahrum qiladigan bо‘lsa, nuqtalar о‘rnatish bazasini tashkil qiladi. Odatda bu nuqtalar tekislikka tegishli bо‘ladi, kamroq holda esa - sferaga.
    Bir tо‘g‘ri chiziqda yotadigan va zagotovkaning ikkita erkinlik darajasidan mahrum qiladigan nuqtalar yо‘naltiruvchi bazani tashkil qiladi. Yо‘naltirish bazalarining nuqtalari odatda tekislikka tegishli bо‘lib, ular о‘rnatish bazalari bilan kesishadi.
    Chizmada tayyorlashda va detallarga о‘lchab ishlov berishda baza sifatida yuzalardan tashqari chiziq va nuqtalar ham qabul qilinadi. Umuman bazalarning quyidagi turlari bor: kostruktorlik, texnologik, yig‘ish, о‘lchash.
    Konstruktor chizmada detal yuzasi yoki uning о‘qiga mos keladigan holatini berish uchun tanlab olgan detaldagi yuza, chiziq yoki nuqtaga konstruktorlik bazasi deyiladi.
    Detal yoki zagotovkaga mexanik ishlov berish jarayonida foydalanadigan bazalarga texnologik bazalar deyiladi.
    Detalni nazorat qilish jarayonida foydalanadigan bazalarga nazorat bazalari deyiladi.
    Uzel yoki agregatni yig‘ish jarayonida foydalanadigan bazalarga yig‘ish bazalari deyiladi.




    1. Download 310.43 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 310.43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-mavzu: Avtomobilsozlikda tayanch(baza)

    Download 310.43 Kb.