|
3-4-amaliy mashg’ulot mavzu: Ishlab chiqarishdagi tabiiy va su’niy yorug’likni hisoblash usullari. Ishning maqsadi
|
bet | 1/3 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 19,38 Kb. | | #101744 |
Bog'liq 3-amaliy. Ishlab chiqarishdagi tabiiy va su’niy yorug’likni hisoblash usullari.
3-4-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Ishlab chiqarishdagi tabiiy va su’niy yorug’likni hisoblash usullari.
ISHNING MAQSADI: Tabiiy va sun’iy yoritilganlikni aniqlash va hisoblash.
KERAKLI JIHOZLAR:
1. Lyuksimetr YU-16, YU-116
2. Maxsus yasalgan qog‘oz filtrlar
3. Stol yoritgichi
ISHNING BORISHI: Ma’lumki, quyosh nurlari ta’sirida o‘simliklarga gazlar almashinuvi hamda azot va mineral tuzlar almashinuvi normal o‘tadi. Infraqizil nurlar isitish xususiyatiga, ultrabinafsha nurlar esa fotokimyoviy xususiyatiga ega. Ko‘z ilg‘aydigan quyosh nurlari ta’siri jihatidan infraqizil ta’siriga yaqindir.
Quyosh radiatsiyasi elektromagnit va korpuskulyar nurlanish hisoblanadi. Elektromagnit radiatsiya – eletromagnit to‘lqin asosida tarqaladi. 300 km/sek tezligi bilan va yer yuzasi to‘g‘ri va tarqaluvchi radiatsiya shaklida tushadi.
Quyosh radiatsiyasini quriladigan spektoriga 350-760 nm uzunlikdagi nurlar kiradi. Infraqizil nurlar 760 nm ortig‘i, ultrabinafsha nurlariga 380 nm dan kam bo‘lgan nurlar kiradi. Fotosintez 380-710 nm uzunlikdagi nurlardan usimliklar foydalaniladi. SHuning uchun yorug‘likni inson va barcha tirik organizmlar uchun ahamiyati katta.
Lyuksmetr Yu-116 cho’g’lanma lampalar va tabiiy yorug’liq orqali hosil bo’lgan yoritilganlikni o’lchash uchun mo’ljallangandir.
Lyuksmetr – o’lchash asbobi va qoplamali alohida fotoelementdan tashkil topgan. Asbobning ikkita shkalasi bor, biri 0 dan 30 lk gacha, ikkinchisi 0 dan 100 lk gacha o’lchashga mo’ljallangan.
Har bir shkalada nuqtalar bilan o’lchov diapazonining boshlanishi ko’rsalgan; 0-100 shkalasida bu nuqta 20 belgisining, 0-30 shkalasida esa 5 belgisining ustida joylashgan asbob strelkaning nol holatiga keltirish imkonini beruvchi korrektorga ega. Selenli fotoelementining asbobga ulash joyi korpusning yondevorida joylashgan. Fotoelement plasmassadan yasalgan korpus ichida bo’lib, o’lchovchi asbobga rozetkali shnur yordamida birikadi,bu o’z navbatida birikish polyarligi to’g’ri bo’lishini ta‘minlaydi /mabodo teskari ulansa asbob ko’rsatmaydi/.
Asbobning xatosinika kamaytirish maqsadida, fotoelement, yorug’lik tarqatuvchi oq , plastmassadan ishlangan yarim sfera shaklidagi qoplama va shaffof bo’lmagan plstmassa xalqa bilan ta‘minlangan “K” harfi bilan belgilangan qoplama alohida qo’llanmay, “M”, “R”, “T” harflari bilan belgilangan qoplamalardan biri bilan birgalikda qo’llanadi. Bu uch qoplamadan har biri “K” qoplamasi bilan birga uchta yorug’lik yutuvchi hosil qiladi. Bundan maqsad, asbobning o’lchash diapozonini mos ravishda 10, 100, 1000 marta oshirishdir. Asbobni ishga tayyorlash maqsadida uni gorizontal holatga strelkani esa nol holatiga keltiring. Bu ish fotoelement asbobdan uzib qo’yilgan holatda bajariladi.
Yorug‘likni kuchini o‘lchaydigan asbob lyuksimetr hisoblanadi. U sun’iy va tabiiy yorug‘likni o‘lchaydi va birligi lyuks deb ataladi.
Tabiiy yorug’likda, tsexlardagi yoritilganlik juda keng chegaralarda o’zgaradi. Bu o’zgarishlar kunning vaqti, yilning fasli, joyning geografik kengligi, meteorologik omillari, yer yuzasining nur qaytarish xususiyati va boshqalar bilan belgilanadi. Shuning uchun,tabiiy yorug’likni ish joylarida yoritilganliknininig absolyut kattaligi sifatida ifodalash mumkun.Tabiiy yoritilganlikni me‘yorlovchi kattalik sifatida, nisbiy kattalik bo’lishi tabiiy yoritilganlik koeffitsienti qabul qilingan. Bu ishlab chiqarish xonasi ichidagi yoritilganlikni /Yei/, shu vaqtining o’zida tashqarida gorizantal yuzada o’lchangan yoritilganlikka /Yet/ nisbati bilan foizlarda o’lchanadigan kattalikdir.
.100 % (1)
Tabiiy yoritilganlik koeffitsieti_/e/ 1-jadvaldan quyidagi omillar asosida aniqlanadi:
ko’zda bajariladigan ishning tabiati / ko’rilayotgan predmetning ko’z ilg’ay olish kattaligi masalan soatsozda soatning mayda qismlari, o’quvchida harf o’lchamlari va boshqalar/;
yorug’lik sistemasi;
yorug’lik iqlimi koeffitsienti /bu kattalik binoning joylashgan mintaqasiga bog’liq.
Kungaylik koeffitsienti /bu kattalik binoning qisqa tomonga qarab tushganligiga bog’liq . Bino sharq tomonga qarab tushgan bo’lsa – kungay tomon deyiladi. Tabiiy yoritilganlik koeffitsieti eksperimental o’lchovlar asosida hisoblanadi.Buning uchun lyuksmetr asbobi yordamida xonaning ichki /Yei/ va tashqi /Yet/ yoritilganligi gorizantal tekislikda o’lchanadi Tashqaridagi yoritilganlik o’lchanganda lyuksmetr fotoelementiga atrofdagi bino va inshootlarning soyasi tushmasligiga ahamiyat berish kerak.
O’lchanayotgan yoritilganlik qiymatini hisoblash qo’yidagi tartibda bajariladi: yuqorida aytilgan qoplamalar yordamida tanlangan o’lchov diapozonlarining eng katta qiymati bosilgan tugmaning qarama-qarshi tomonidan olinadi. Masalan, o’ng tomondagi tugma bosilsa / uning qarshisida 10 karrali o’lchash diapozonlarining eng katta qiymati ko’rsatilgan / 0 dan 100gacha bo’lgan shkaladan foydalanish kerak. Agar chap tomondagi tugma bosilsa / uning qarshisida 30 karrali o’lchash diapozonlarining eng katta qiymatlari ko’rsatilgan / 0dan 30gacha bo’lgan shkaladan foydalaniladi. Asbobning tegishli shkalasidan o’qilgan qiymatlarni “M” , “R” va “T” qoplamalarida ko’rsatilgan kamaytirish koeffitsientlariga ko’paytirish kerak.
Masalan, fotoelementda “K R” qoplamasi o’rnatilgan va chap tugma bosilgan, strelka 0-30 shkalasining 15 raqami ustida, o’lchangan yoritilganlik 15x100=1500lk bo’ladi.
Lyuksmetrni uzoq vaqt to’g’ri ishlashini ta‘minlash uchun selenli fotoelementini ortiqcha yoritganlikdan asrash, qoplamalarining to’g’ri tanlanishiga ahamiyat berish talab etiladi. Shu maqsadda, o’lchanayotgan yoritganlik qiymati noaniq bo’lsa, o’lchashni eng katta diapozonli “KT” qoplamasidan boshlash kerak.
|
| |