|
Ijtimoiy fanlar
|
bet | 1/7 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 150,77 Kb. | | #127317 |
Bog'liq strategiya mustqail ish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
“IJTIMOIY FANLAR” KAFEDRASI
MUSTAQIL ISH
MAVZU: IQLIM O’ZGARISHLARI, EKOLOGIK BO’RONLAR, OROL VA TABIATNI ASRASH ZARURIYATI
Kurs : 1-kurs magistratura
Bajardi : Ramazonov S.Sh.
Tekshirdi : Prof. Norqulov D.T.
Toshkent-2023
REJA :
1. Kirish
2. Global va regional miqyosdagi ekologik muammolar
3. Ekologik muammolarni baftarash etishda o’zbekiston miqyosida olib borilayotgan chora tadbirlar
4. O‘zbekistonda ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilishni tashkil etilishi va uning huquqiy asoslari tahlili
KIRISH
Fan-texnika taraqqiyoti jadal sur’atlar bilan rivojlanib, dunyoning jug‘rofiy- siyosiy tuzilishi o‘zgarib borayotgan hozirgi sharoitda inson tomonidan biosferaga ko‘rsatilayotgan ta’sirni tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o‘zaro ta’sirini uyg‘unlashtirish, inson va tabiatning o‘zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bo’lib qolmoqda.
Prezidentimiz o‘z asarlarida davlatning ekologik yo‘nalishini ya’ni, “tabiiy resurslardan ayovsiz foydalanishga, atrof-muhitga ziyon yetkazilishiga va respublikadagi ekologik vaziyat yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Boshqa davlatlarning ishtirokida Orolni qutqarish, Orol bo‘yidagi ekologik sharoitni sog‘lomlashtirish borasida samarali chora-tabirlarni amalga oshirish, mazkur mintaqaning iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi falokatli oqibatlarni bartaraf etish” – ekanligini ta’kidlagan va mamlakatimizda ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning muhim omili ekanligini belgilab bergan.
Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi ekologik va iqtisodiy masalalarni muvozanatli hal etishga bevosita bog‘liqdir. Axir ekologiya va iqtisodiyot bir – biri bilan uzviy chambarchas bog‘langan bo‘lib, ekologiya iqtisodiyotdan tashqarida bo‘lishi, shuningdek, noekologik iqtisodiyot ham mavjud bo‘lishi mumkin emas.
Ekologik nuqtai – nazardan, O‘zbekistonda iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarida har yili 100 mln. tonnadan ortiq sanoat chiqindilar va yalpi tashlanmalar hosil bo‘ladi, ulardan 14 % atrofidagisi toksik (zaharli) toifaga mansub hisoblanadi.
Ekologik vaziyatni kompleks baholash natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, Farg‘ona viloyati aholisining asosiy qismi, ya’ni 68 % kritik ekologik vaziyatli xududda, 19 % favqulodda ekologik vaziyatli xududda va atigi 13 % eng qulay ekologik vaziyatli xududda yashaydi.
Shu bilan birga bugungi kunda har daqiqada O‘zbekistonning 9 kvadrat metr hududi cho‘llanib boryapti. Ekologik va geoekologik muammolar kun sayin o‘sib bormoqda.
|
| |