• Orol dengizi 1960-2008 yillar
  • Ijtimoiy fanlar




    Download 150,77 Kb.
    bet4/7
    Sana23.12.2023
    Hajmi150,77 Kb.
    #127317
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    strategiya mustqail ish





    Orol dengizi muammosi.


    Davlatimiz rahbari 2017-yil 19-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72- hamda 75-sessiyasida jahon hamjamiyati e’tiborini yana bir bor davrimizning o‘tkir muammolaridan biri - Orolbo‘yi hududidagi ekologik holatga qaratib, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti so‘zlagan nutqida “Bugungi kunning eng o‘tkir ekologik muammolaridan biri-Orol halokatiga yana bir bor e’tiboringizni qaratmoqchiman. Mana, mening qo‘limda - Orol fojiasi aks ettirilgan xarita. O‘ylaymanki, bunga ortiqcha izohga hojat yo‘q. Dengizning qurishi bilan bog‘liq oqibatlarni bartaraf etish xalqaro miqyosdagi sa’y-harakatlarni faol birlashtirishni taqozo etmoqda. Biz BMT tomonidan Orol fojiasidan jabr ko‘rgan aholiga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha shu yil qabul qilingan maxsus dastur to‘liq amalga oshirilishi tarafdorimiz” - deb ko‘rsatilishi ham bugungi kunda iqlim o‘zgarishlarining oqibatlarini yumshatishning zamonaviy va xalqaro yondashuvini ham ko‘rsatib berdi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017- 2021 yillarda “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish-ning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” reja ham alohida ahamiyatga ega bo‘lib, unda global iqlim o‘zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo‘jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish lozimligi e’tibor berildi.
    O‘zbekistondagi atrof-muhitning buzilishini Orol dengizi halokati eng yaxshi namoyon etmoqda. Amudaryo va Sirdaryoning paxta va boshqa maqsadlar uchun yo‘naltirilganligi sababli, bir paytlar dunyodagi to‘rtinchi yirik dengiz geografik hajmi o‘tgan qiriq yil davomida qisqarib, 1960-yilgi suv hajmining uchdan bir qismigacha va 1960-yilning yarmidan kamrog‘iga yetdi.

    Orol dengizi 1960-2008 yillar


    Ko‘lning qurishi va sho‘rlanishi qurigan dengiz tubidan kuchli tuz va chang bo‘ronlarini keltirib, mintaqaning qishloq xo‘jaligi va ekotizimi va aholining sog‘lig‘iga zarar yetkazmoqda. Cho‘llanish o‘simlik va hayvonlarning keng miqyosda nobud bo‘lishiga, ekin maydonlarining yo‘qolishiga, iqlim sharoitining o‘zgarishiga, ishlov beriladigan yerlarda hosilning kamayishiga hamda tarixiy va madaniy joylarning yo‘q qilinishiga olib keldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili ko‘plab tonna qurigan Orol dengizi tuzlari 800 kilometrgacha shamol bilan tashiladi.
    Mintaqaviy mutaxassislarning ta’kidlashicha, Orol dengizidagi tuz va chang bo‘ronlari Yer atmosferasidagi zarrachalar miqdorini 5 foizdan ko‘proq oshirgan va bu global iqlim o‘zgarishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Biroq, Orol dengizi falokati atrof- muhitni yo‘q qilishning eng ko‘zga ko‘ringan ko‘rsatkichidir.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risida” 2017 yil 18 yanvardagi PQ-2731- sonli qarori bilan tasdiqlangan Orolbo‘yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni, aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga va sifatini oshirishga yo‘naltirilgan loyihalar, tadbirlar va dasturlarni shakllantirish va barqaror moliyalashtirish o‘ta muhim ahamiyatga egadir. SHuningdek, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 martdagi 159-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi Qarori ham juda katta ahamiyatlidir.
    Qayd etish joizki, Markaziy Osiyo mamlakatlari halqaro hamkorlar ko‘magida Orol dengizi muammosini hal etish yo‘lida ko‘p sa’y-harakatlar qildi. Buning natijasida dengizning Qozog‘iston tarafidagi bir qismi tiklandi, O‘zbekiston Orolbo‘yi suv havzalari ekotizimini saqlab qoldi.
    Bundan tashqari, yaqin vaqtdan beri O‘zbekistonda dengizning qurib qolgan tubini faol o‘rmonlashtirish boshlandi. Bugungi kunga kelib, o‘sha qurib qolgan dengizning 750 ming gektarga yaqin tubiga turli daraxt va butalar ekildi. Hukumat ekologik falokat hududini innovatsiya va investitsiyalar zonasiga aylantirish haqida qaror qabul qildi.

    Download 150,77 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 150,77 Kb.