|
Ijtimoiy fanlar
|
bet | 6/7 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 150,77 Kb. | | #127317 |
Bog'liq strategiya mustqail ish
Ekologik muammolar orasida chiqindilar g‘oyat muhim va jiddiy muammolar qatoriga kiradi. Barcha resurslarni qazib olish va so‘ngra ularni ekspluatatsiya qilish, turli resurslardan foydalanish oqibatida ular erta yoki kech albatta chiqindilarga aylanadi, yana tabiiy va antropogen mexanizmlari orqali to‘liq, yoki qisman resurs bo‘lib qayta tiklanadi. Bunday yopiq modda aylanishida turli materiallardan foydalanish tizimi «resurs-chiqindi-resurs» tsiklidagi tipda namoyon bo‘ladi. Ushbu resurs tsiklining xarakatda bo‘lishi va ishlab turishi resurslarni qazib olish va ularni qayta tiklash uchun sarflanadigan xarajatlarga bog‘liq. Ularni antropogen regeneratsiya xarajatlari deb atash mumkin. Regeneratsiya xarajatlari hisobiga resurs tsikllarini sun’iy intesifikatsiyalashga erishiladi.
Ekologik nuqtai – nazardan, O‘zbekistonda iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarida har yili 100 mln. tonnadan ortiq sanoat chiqindilar va yalpi tashlanmalar hosil bo‘ladi, ulardan 14 % atrofidagisi toksik (zaharli) toifaga mansub hisoblanadi. Ifloslantiruvchi moddalar yalpi tashlamalarining asosiy ulushi umumiy xajmida sanoatning energetika, kimyo, neft – gaz va metallurgiya tarmoqlariga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkichlarning kattagina ulushi mamlakatimizning Farg‘ona, Toshkent, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari kabi sanoat eng ko‘p rivojlangan shaharlarga to‘g‘ri keladi.
2019-2028 yillarga mo‘ljallangan qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish strategiyasi mavjudlarini optimallashtirishni (ularga joylashtirilgan chiqindilar hajmini kamaytirish orqali aholi punktlaridan uzoqligini hisobga olgan holda ularning sonini kamaytirish), shuningdek yangi 59 ta zamonaviy chiqindixona qurishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, chiqindilarni uzatish stantsiyalari qurilishi mo‘ljallangan
Atrof -muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi hozirgi inqirozli vaziyatни hal etish uchun quyidagi strategik hujjatlar qabul qilingan: xususan, 2019 yilda O‘zbekistonda 2030 yilgacha bo‘lgan davrda Atrof- muhitni muhofaza qilish hamda Ekologik ta’limni rivojlantirish kontseptsiyalari qabul qilindi. Shuningdek, 2019 yili 2019–2028 yillar davrida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish va 2019–2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o‘tish strategiyalari ham tasdiqlandi.
O‘zbekistonda 2030 yilgacha bo‘lgan davrda Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda Ekologik ta’limni rivojlantirish kontseptsiyasi O‘zbekistonda qabul qilingan dasturiy hujjatlardan biridir. U o‘rta muddatli istiqbolda mamlakatning ekologik siyosatining rivojlanishini belgilaydi.
|
| |