|
Suvning ifloslanishi muammosi
|
bet | 5/7 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 150,77 Kb. | | #127317 |
Bog'liq strategiya mustqail ish Suvning ifloslanishi muammosi.
"Ko‘pchilik foydalanishga yaroqli suvimiz tugashini bilmaydi, 2030 yilga kelib suvga bo‘lgan talab va mavjud bo‘lgan suv ta’minoti o‘rtasida 40 % tafovut bo‘ladi. Suv muammosini hal qilish uchun bizda bor-yo‘g‘i 15 yil bor xolos”, deydi Jahon iqtisodiy forumining yosh global yetakchisi Mina Guli. Ta’kidlash joizki, 750 mutaxassisdan tarkib topgan jamoa tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda toza ichimlik suvining tugab borishi butun dunyo aholisi uchun chinakamiga global xavf deb baholandi. Aslida, ichimlik suvi muammosi dunyo aholisini qiynab kelayotgan muammolarning eng oldi qatoridan o‘rin olib ulgurgan.
Suv resurslari O‘zbekistonning qurg‘oqchil keskin kontinental iqlimli, hududlarida cho‘llar xukumron mavqega ega bo‘lgan sharoitda xayotiy muhim ahamiyatga ega. Mamlakatda har yili 60 kub km xajmda suv sarflanadi. O‘zbekistonda foydalaniladigan daryo suv oqimlarining asosiy qismi (85%) Qirg‘iziston va Tojikiston tog‘laridan boshlanadi.
Havo ifloslanishi muammosi.
Buning natijasida, dunyo aholisining 95% xavfli havodan nafas oladi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2012 yilda 7 milliondan ortiq odam havoning ifloslanishi oqibatida vafot etgan. JSST hisob-kitoblariga ko‘ra, 2016 yilda havoning ifloslanishi 4 milliondan ortiq yerta o‘limga sabab bo‘ldi. Nafas olgan moddalar va ifloslangan havo zarralari nafas olish, yurak-qon tomir va immun tizimlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bugungi kunda Respublikamizda avtotransport vositalari asosida atmosfera havosi ifloslanishini kamaytirishga yo‘naltirilgan tadbirlar avtotransport texnikalarini muqobil yoqilg‘i turlari hisoblangan siqilgan tabiiy gaz va suyultirilgan neft gaziga o‘tkazish, foydalanilayotgan dizelь avtomobillari ulushini ko‘paytirish, harakat tarkibini yangilashdan iboratdir.
Demak, transport vositalarini o‘zining texnik xususiyatlarini takomillashtirish shahar atmosferasining zaharlanishini kamaytirishga jiddiy ulush qo‘sha olmaydi. Bu muammoni shahar ichida avtomobil oqimlarini boshqarishni takomillashtirish va tashishlarni oqilona tashkil etish kabi tadbirlar asosida hal etishni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Shaharlarda tashishlarni boshqarishning yagona avtomatlashtirilgan tizimini yaratish shahar ichi va chegarasida avtomobillar qatnovini keskin pasaytiradi va uning atmosferasi ifloslanishini muvofiq tarzda kamaytiradi.
|
| |