Ijtimoiy fanlar




Download 150,77 Kb.
bet2/7
Sana23.12.2023
Hajmi150,77 Kb.
#127317
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
strategiya mustqail ish

Global va regional miqyosdagi ekologik muammolar
Bugungi kunda jahonda e’tibor talab etilayotgan muammolardan biri bu- ekologik tahdidlar o‘zining globalligi bilan alohida ajralib turibdi. Tabiiy voqeliklarni anglagan xolda, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlab, salbiy holatlarni tuzatishga ijobiy tarzda yondashib, tabiat qonunlarini hisobga olib, ekologik muammolarni fan-texnika yutuqlari asosida xal qilish muhim omillardan hisoblanadi. Hech kimga sir emaski jahonda asosiy tahdid solayotgan xavflardan biri sifatida ekologik muammolarni bartaraf etish masalalaridir.
Bugun sayyoramiz ekologiyasi keskin inqiroz holatiga kelib qolgan bo‘lib, uning sababi, ilm-fan va texnikaning jadal taraqqiyoti, bir tomondan, insoniyat jamiyatining barcha ehtiyojlarini qondirishga imkon yaratayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan, uning mavjudligi va yashashi uchun sharoitlarni yomonlashtirmoqda.
Sivilizatsiyaning atrof-muhitga doimiy o‘sib borayotgan ta’siri o‘rmonlarni yo‘q qilishga, tuproqlarga juda katta zarar yetkazishga, katta daryolarning suv miqdori va yer usti suvlarining ichki suv havzalariga tushishi kamayishiga, havoning keskin ifloslanishi kuchayishiga olib kelmoqda, global ekologik falokatni tez sur’atlarda yaqinlashtirmoqda.
BMT xabarlariga ko‘ra, har kuni dunyo miqyosida 6 million tonna chiqindi chiqar ekan. Yer yuzi bo‘yicha dexqonchilik qilinayotgan yerlarning 2 mlrd. gektari yaroqsiz xolga kelgan bo‘lib, buning natijasida 1 mlrd. axolining moddiy axvoli yomonlashgan. Atrof muhitni ifloslanishi oqibatida, qizil kitobga kiritilgan o‘simlik va xayvonot turlarining butunlay yo‘q bo‘lib ketish xollari yildan – yilga ortib bormoqda.
Har yili inson faoliyati oqibatida 11 mln. gektar tropik o‘rmonlar kesilib, nobud bo‘ladi. Bu o‘rmonlarni tiklash borasidagi ishlardan 10 barobar ko‘pdir.
Har kuni atmosferaga 60 million tonnaga yaqin karbonat angidrid chiqarilib, bu havoning isishiga, o‘z navbatida esa dunyo okeanidagi suv sathining ko‘tarilishiga olib kelmoqda.
Karbonat angidridning havo tarkibida oshishi, chiqindi gazlarning me’yoridan ortiq havoga chiqarib tashlanishi oqibatida issiqxona effekti hosil bo‘lib, bugungi kunda jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgan jiddiy ekologik muammo –global iqlim o‘zgarishi yuzaga keldi.
Hukumatlararo ekspertlar guruhi Yer ilgari hisob-kitob qilinganidan ko‘ra tezroq isib borayotganini ma’lum qilishmoqda. Dunyo bo‘yicha o‘rtacha harorat 1,1 darajaga ko‘tarilgan. Bu esa 2040-yilga borib o‘rtacha harorat 1,5 darajaga oshishini bildiradi.
Mutaxassislar iqlim o‘zgarishining asosiy omili issiqxona effekti ekanligini ta’kidlashadi. Quyoshdan kelgan issiqlikning Yer sathida jamlanib, dimlanib qolishi issiqxona effekti deyiladi. Ya’ni quyoshdan kelgan nurni Yer ham o‘z navbatida atmosfera orqali koinotga qaytaradi. Ushbu nurlarning bir qismi koinotga chiqib ketish o‘rniga odamlardan chiqarilgan turli gazlarga yutiladi. Uning koinotga qaytib chiqib ketmasligi oqibatida Yer yuzi me’yoridan ortiq qiziydi va iqlimga ta’sir ko‘rsatadigan issiqxona qatlami hosil bo‘ladi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2100- yilga borib issiqxona effekti oqibatida global yalpi ichki mahsulot 20 foizdan ortiqqa pasayishi mumkin.
Iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonda ham qator salbiy oqibatlarga olib kelyapti:

  • harorat ko‘tarilishi natijasida suvning bug‘lanish koeffitsienti oshishi hududlarda suv resurslari kamayishiga, tanqisligiga ta’sir etmoqda;

  • ekologik tanglik oqibatida yil davomida umuman yog‘ingarchilik bo‘lmagan kunlar soni ko‘paymoqda;

  • tuproqning namligi kamayishi hisobiga takroriy qurg‘oqchilik xavfi ortmoqda va hosildorlik ko‘rsatkichlari tushib ketmoqda;

  • Orol dengiziga quyiladigan suv hajmining kamayishi daryo deltasining cho‘lga aylanishi va qurigan dengiz tubida yangi cho‘l maydonlari paydo bo‘lishini tezlashtiryapti;

  • atmosfera havosida katta maydonlarda changlanish ortmoqda, havoning ifloslanishi yuzaga kelmoqda.

Bugungi kunda sayyoramizda qariyb 1,1 mlrd kishi toza ichimlik suvidan bebaxra bo‘lmoqda, ya’ni dunyo bo‘yicha xar 6 kishidan bittasi toza ichimlik suvidan bebaxradir. 2,4 mlrd kishi esa suvni tegishli ravishda tozalamasdan iste’mol qilmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda fikrimizcha, bugungi kunda hozirgi globallashuv sharoitida iqtisodiyot va jamiyatni barqaror o‘sishi va rivojlanishiga, sog‘lom hayot kechirishiga xavf soladigan zamonaviy, dunyo miqyosidagi dolzarb ekologik muammolar qatoriga quyidagilar kiradi:

  • atmosferaning ifloslanishi;

  • suvning ifloslanishi;

  • iqlim isishi;

  • ozon qatlamining teshilishi;

  • chiqindilar;

  • dunyo okeanining ifloslanishi;

Butun dunyoga xavf solayotgan ekologik xavf, ekologik muammolar masalasiga davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoev tomonidan “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” asarida hamda 2020-yil 24-yanvar kungi O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida davlat rahbari o‘z nutqida mamlakatda atrof- muhitni muhofaza qilish va ekologik vaziyatni yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov o‘zining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobida ekologik xavf, ekologik muammolar to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tilgan.



Download 150,77 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 150,77 Kb.