• Nazariy qism Tog’li hududlardagi yo’l trassasini landshaftni hisobga olib loyihalash.
  • 2-amaliy mashg’ulot tog’li hududlardagi yo’l trassasini landshaftni hisobga olib loyihalash. Cho’lli hududlardagi yo’l trassasini landshaftni hisobga olib loyihalash. Past-tekisliklar va sug’oriladigan hududlardagi yo’l trassasini landshaftni hisobga olib




    Download 10.06 Mb.
    bet1/4
    Sana24.03.2024
    Hajmi10.06 Mb.
    #175844
      1   2   3   4
    Bog'liq
    2-amaliyot
    KIBERXAVSIZLIK4AMALIY, Malumot 4-dedlayn

    2-AMALIY MASHG’ULOT
    Tog’li hududlardagi yo’l trassasini landshaftni hisobga olib loyihalash. Cho’lli hududlardagi yo’l trassasini landshaftni hisobga olib loyihalash.
    Past-tekisliklar va sug’oriladigan hududlardagi yo’l trassasini landshaftni hisobga olib loyihalash.
    Ishdan maqsad: Kompyuter dasturlari yordamida tog’li, cho’lli, past-tekisliklar va sug’oriladigan hududlardagi yo’l trassasini landshaftni hisobga olib loyihalashni o`rganish
    Nazariy qism
    Tog’li hududlardagi yo’l trassasini landshaftni hisobga olib loyihalash.
    Tog‘li vodiylarda yo‘llar, tog‘ zanjirlarini, suv oqimlarini kesib o‘tuvchi, odatda tog‘ oldi yo‘llari aholi yashash joylarini yo‘l to‘ri bilan o‘zaro bog‘laydi yoki avtomagistralni boshlang‘ich uchastkasi hisoblanadi. Ularni loyihalashda tog‘li vodiyli landshaftni o‘ziga xos holatlarini – vodiyni kengligi va ko‘ndalang kesimini, yon bag‘irlarini geologik tuzilishini hisobga olish kerak. Tog‘ oldi hududidan daryolarni chiqish joyida past qismida vodiylar kengayib boradi.Ularni katta qismida allyuvial yotqiziqlari bo‘lib, unda suv oqimlari o‘zini o‘zanini doimiy o‘zgartirib turadi – “adashgan” o‘zan holatida bo‘ladi. Bunday o‘zanlar murakkab va doimo muvaffaqiyatli ishlovchi qirg‘oqlarni mustahkamlovchi inshootlarni qurishni talab qiladi. Bunda faqat bitta usuldan ya’ni yo‘lni quyi qirg‘oq trassasidan o‘tkazishni talab qiladi. Bunday trassalarni rejada bog‘langan deb ataladi, chunki yo‘lni bo‘ylama qiyaligi daryo vodiysini bo‘ylama qiyaligi bilan belgilanadi, bu qiyalik avtomobil yo‘llarini talab qiladigan qiyaligidan ancha kam bo‘ladi.


    2.1-rasm. Murakkab estakadalar va tirgovich devorli yo‘l
    Yuqoriga yaqinlashgan sari tog‘ vodiysi kengayib boradi, ularni qiyaligi ortib boradi. Tog‘ yon bag‘irilari tikkalashadi, ularda qoyalar yuzaga chiqadilar. Natijada qimmat baho muhandislik inshootlarini qurish talab qilinadi. Shuning uchun hozirgi zamonda ko‘pchilik tog‘ yo‘llari uchun landshaft bilan uyg‘unlashish relefni qiyin uchastkalaridagi reja bo‘ylama kesimga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqib, tog‘ relefi elemenlarini minimal qiymatgacha egishga olib keladi. Bu holatda amaliyotlar rejada egri chiziqli klotoidli trassa o‘zini oqlashini ko‘rsatadi.
    Yo‘llarni qoyalarni o‘yib olingan tokchada joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Yo‘l poyi keng bo‘lganida har xil yo‘nalishdagi harakatlar uchun qatnov qismini alohida qilib loyixalash maqsadga muvofiqdir, ba’zi hollarda ularni balandlik bo‘yicha surish mumkin. Ayrim hollarda murakkab estakadalar va tirgovich devorlar qurish mumkin bo‘ladi (2.1-rasm).
    Tog‘ vodiysini yon bag‘iridan o‘tuvchi yo‘l unga quyiluvchi ko‘plab suv oqimlarini kesib o‘tadi. Jala suvlarini sarfi kam bo‘lganida quvurlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Katta suv oqimlarini kesib o‘tishda ko‘priklarni uzunligini va balandligini kamaytirish maqsadida vodiyni pastki qismida yon tomonidan kengaytirib o‘tishni talab qilinadi. Bu tadbir vodiyning quyi qismidan o‘tuvchi vodiyning qiyaligidan katta bo‘lgan maksimal ruhsat berilgan qiyalikka (imax>ivodiy) ega bo‘lgan yo‘lni majburiy ravishda uzaytiradi. Bu usul trassalashning asosiy usuli bo‘lib, ivodiy>imax bo‘lganda, vodiyning yuqori qismidan ham o‘tish imkonini beradi.
    Yuqori tog’li hududlar Dovoniga yaqinlashganda, vodiyning chuqurligi pasayadi. Baland tog'li hududlarda vodiylar pog'onali bo'ylama va chuqurlik shaklidagi ko'ndalang ko’rinishga ega. Katta yonbag'irlar yo'llarni yotqizishda marshrutlarni sun'iy rivojlantirishga murojaat qilishni talab qiladi.
    Tuproq sharoitiga qarab yon vodiyga kiruvchi ilmoqlar va serpantin qurilishi bilan bog’liq yo’lni ishlab chiqish, murakkab sharoitlarda yonbag’irlarni qazish yoki tunnel qurish qo’llaniladi.
    Qoya tog‘ oldi yo‘l o‘tishda qoyali toshlarni chuqur o‘ymalar yoki tonelllar bilan kesib o‘tiladi. Bu holatda tonnelni ichki qismini bezamasa ham bo‘ladi, ammo tashqi tomonini kerakli darajada bezash kerak (2.2-rasm).
    Tog‘ yon bag‘irida o‘ymalar o‘tishida qoya toshlarni tashqi, qishda yo‘lni saqlashga halaqit beruvchi tomonini kesib tashlashni talab qiladi. Bu holatda ko‘pincha yo‘ldan ko‘rinuvchi chiroyli manzara hosil bo‘ladi (2.3-rasm). Ammo egrilarda yo‘l-transport xodisalarini havfi oshib ketadi, shuning uchun tezda kerakli miqdorda to‘siqlar va yo‘naltiruvchi belgilar o‘rnatish talab qilinadi.







    2.2-rasm. Qoya toshlarni kesib o‘tgan kichik tonnelni portali



    2.3-rasm. O‘ymalardagi chiqib qolgan qoya toshlarni kesib tashlash. a – qoya toshli o‘yma; b - qoya tosh olib tashlangandan keyingi usha joy

    Magistral turdagi yo‘llar, qurilish davrida kerakli darajada yuqori texnik normalarni talab qiluvchi, tog‘li hududlarda yangi landshaftlarni yuzaga kelishida juda katta ahamiyatga ega. Massivli qoya toshlar orasida yengil elementlardan iborat zamonaviy ko‘priklar yanada o‘zining jozibasini namoyon qiladi.

    2.4-rasm. Tog‘li hududdagi avtomobil yo‘llari
    a – viaduk bilan chuqur vodiyni o‘tish; b – umumiy viaduk bilan ikkita vodiyni o‘tish; v – o‘rmon bilan qoplangan tog‘ yon bag‘iri bo‘ylab o‘tgan yo‘l
    Ko‘priklar yanada jozibali, vodiylar va o‘rmonlar bilan qoplangan tog‘lar yanada go‘zal va ulug‘vor bo‘lib ko‘rinadi (2.4-rasm). O‘rmon bilan qoplangan tog‘ qoyalarida estakadalar qurish – joylarda yon qiyaliklarni ochilib qolishidan saqlaydi.
    Tog'larda yo'llarni qurishda katta hajmdagi tuproq ishlarini bajarish, ko'p sonli halqalar va serpantinlar, qo'llab-quvvatlash devorlari, ko'priklar, tunnellar, qor ko'chkisi va selga qarshi galereyalarni tashkil qilish kerak.


    2.5-rasm.Yuqori tog’li hududlar Dovonida yo’l trassasi

    Download 10.06 Mb.
      1   2   3   4




    Download 10.06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-amaliy mashg’ulot tog’li hududlardagi yo’l trassasini landshaftni hisobga olib loyihalash. Cho’lli hududlardagi yo’l trassasini landshaftni hisobga olib loyihalash. Past-tekisliklar va sug’oriladigan hududlardagi yo’l trassasini landshaftni hisobga olib

    Download 10.06 Mb.