• Respublikasi
  • Ziyonet portali faoliyati oav diqqat markazida




    Download 42 Kb.
    Sana24.03.2017
    Hajmi42 Kb.
    #1881

    ZiyoNET portali faoliyati OAV diqqat markazida

    Joriy yilning 5 sentyabr kuni poytaxtimizda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda «UZINFOCOM» Markazi hamkorligida ZiyoNET portali elektron kutubxonasining rivojlanishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida natijalar va istiqboldagi rejalar haqida jamoatchilikka batafsil ma’lumot berildi.

    ZiyoNET jamoat ta’lim tarmog‘i Respublikamiz yoshlari hayotida alohida o‘rin egallaydi. Portal 2005 yil 28 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-191-sonli Qarori asosida tashkil etilgan.

    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.

    XTV hamda OO‘MTV tomonidan taqdim etilgan materiallar (darsliklar, masalalar to‘plami, uslubiy qo‘llanmalar va h.k) asosida ZiyoNET portali “Kutubxona”sini boyitib borish ustida qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, tojik, ingliz va boshqa turli tillarda taqdim etilgan materiallar ZiyoNET Resurs Markazining XTV hamda OO‘MTV huzuridagi bo‘limlari xodimlari tomonidan qayta tekshiruv asosida “Kutubxona” bo‘limiga bosqichma-bosqich joylashtirib boriladi. Ayni paytda elektron kutubxonada 55 000 dan ortiq resurs jamlandi. Shu sababli mazkur bo‘lim yoshlar orasida eng ommabop bo‘lim hisoblanadi.

    Tadbirda qayd etilganidek, ZiyoNET elektron kutubxonasidan turli shakldagi, xususan, darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, mustaqil ishlar, taqdimotlar, lug‘atlar, bakalavrlik bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari, nomzodlik va doktorlik ilmiy ishlari avtoreferatlari va boshqa ko‘plab ta’limiy resurslar o‘rin olgan. Barcha jamlangan materiallarni tartibga keltirish hamda yagona shaklga o‘tkazish maqsadida UZINFOCOM Markazida umumiy texnik talablar bajarildi, shuningdek, kerakli materialni izlash jarayonini osonlashtirish uchun katalizator ham yaratildi.

    Shuningdek mazkur resursni boyitishda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ham salmoqli hissasi qo‘shmoqda.

    Pay - biriktiruvchi toʻqimadan iborat pishiq tuzilma. Shakli va uzunligi (lenta yoki plastinka) har xil; muskullar P. yordamida suyaklarga birikadi. P.ning pishiq yoki choʻziluvchanligi, qayishqokligi u paydo boʻlgan biriktiruvchi toʻqimaga bogʻliq. P.
    Bugunga qadar Fanlar akademiyasi tomonidan taqdim qilingan ko‘plab ilmiy jurnallar, byulletenlar bilan birga, 2000 dan ortiq nomzodlik hamda doktorlik dissertatsiyalarining avtoreferatlari ham kutubxonadan o‘rin egalladi.

    Ma’lumki, 2012 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o‘rganish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli Qarori tasdiqlandi. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Chet tillari” bo‘linmasiga 500 dan ortiq turli xildagi chet tillarini o‘rgatuvchi o‘quv qo‘llanmalari hamda uslubiy materiallar joylashtirildi.

    Yoshlarning zamonaviy axborot resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida joriy yilning may oyida ZiyoNET Portali tubdan to‘liq modernizatsiya qilindi va yangicha ko‘rinishga keltirildi. Yangilanish ZiyoNET portalining Elektron kutubxonasiga ham o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. Shu asnoda kerakli resursni shakli va tiliga ko‘ra izlash hamda materialni baholash imkoniyati yaratildi.

    Matbuot anjumanida tarmoqning yangilangan ko‘rinishining afzalliklari xussida to‘xtalib o‘tildi. Xususan, ZiyoNET kutubxonasini modernizatsiyalash jarayonida erishilgan eng asosiy yutuqlardan biri – OTM va boshqa ilmiy-ta’limiy muassasalar shaxsiy kabinetlarining joriy etilganligidir. Shaxsiy kabinet yordamida ta’lim muassasalari barcha materiallarni o‘z javobgarliklari asosida (mualliflik huquqini saqlab qolgan holda) joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu esa kerakli materialni joylashtirishda ortiqcha kuch va vaqt sarflanishining oldini olishga yordam beradi.

    Yangilanish joylashtirilishi lozim bo‘lgan material shakliga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi – materialni elektron kutubxonaga arxivlangan holda joylashtirish o‘rniga doc va pdf shaklida portalga kiritish imkoniyati shakllantirildi. Mazkur yangilanish materialni izlash jarayonini osonlashtiradi.

    Portal yaratuvchilari yaqin kunlarda ZiyoNET Kutubxonasini o‘zgartirish va modernizatsiyalash bo‘yicha navbatdagi ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgani, umumta’lim maktablari darsliklarini umumiy tartibda joylashtirilishi, shuningdek, axborot materiallarini onlayn o‘qish imkoniyatini joriy etilishi rejalashtirilganini ta’kidlashdi.

    Bundan tashqari, resurslar sonini sezilarli oshirish hamda foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ZiyoNET kutubxonasini boshqa elektron kutubxonalar bilan integratsiyalash ham ko‘zda tutilmoqda.

    Shuningdek, foydalanish qulay bo‘lishi uchun barcha resurslarni foydalanuvchilar guruhi, ya’ni, o‘quvchilar, talabalar, ilmiy izlanuvchilar va h.k. asosida bo‘lib chiqish ham galdagi vazifalardan biri hisoblanadi.

    Ayni paytda ZiyoNET kutubxonasida ilmiy va ta’limiy xarakterdagi resurslar mavjud bo‘lib, kelajakda bo‘limni badiiy adabiyotlar bilan ham boyitib borish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

    Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)



    Tadbirda ZiyoNET nafaqat yoshlar, balki, aholining turli qatlamiga mansub bo‘lgan foydalanuvchilarning ham qiziqishini oshirishi hamda aqliy zakovatini o‘stirishda o‘z hissasini qo‘shishi ta’kidlandi.
    Download 42 Kb.




    Download 42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ziyonet portali faoliyati oav diqqat markazida

    Download 42 Kb.