• Tekis joylardagi trassalar.
  • Sug‘oriladigan hududlarda landshaft




    Download 10.06 Mb.
    bet3/4
    Sana24.03.2024
    Hajmi10.06 Mb.
    #175844
    1   2   3   4
    Bog'liq
    2-amaliyot
    KIBERXAVSIZLIK4AMALIY, Malumot 4-dedlayn
    Sug‘oriladigan hududlarda landshaft.
    Bu yerdagi landshaft relyef sharoitiga ko’ra cho’l landshaftidan juda ravonligi va chuqur jar yoki chuqurliklarning bo’lmasligi bilan ajralib turadi. Unda insonning tashkiliy va yaratuvchanlik faoliyati yaqqol aks etgan bo’lib, irrigatsiya yoki melioratsiya kanallashtirish tizimi rivojlangan.
    Odatda kanallar chetiga daraxtlar ekilgan bo’lib, hududni to’g’ri burchakli to’rga bo’ladi, yo’lni kanallar yo’nalishiga mos ravishda to’g’ri hudud holatida o’tishni taqozo qiladi. Quyi darajali yo’llarda, yer maydonini iqtisod qilish maqsadida burilish burchagida ruxsat berilgan minimal radiusli egri loyihalanadi.
    Relyefning tekis yuzaligi va gidrogeologik sharoitining noqulayligi, yer uzasiga grunt suvlarini yaqinligi yo’llarni ko’tarma holatida joylashtirishni talab qiladi.
    Tekis joylardagi trassalar.
    Tekis joylar deb, relyefi juda ham kam o’zgaradigan va balandlik belgisi uncha katta o’zgarmaydigan joylarga aytiladi.Yo’l o’tkazish bo’yicha tekislik landshaftini bir necha turi mavjud.
    Tungi vaqtlarda to’g’ri hududlarda haydovchilarning qarshidan kelayotgan avtomobillarning faralari chirog’i bilan ko’zlarini ko’rish ehtimoli ortadi. Yu.M.Sitnikov ko’rsatib o’tganidek to’g’ri hududning uzunligi, shuningdek uni oxiridagi tezlik qancha ko’p bo’lsa, undagi avariyalik holat shuncha ko’p bo’ladi:

    To‘g‘ri uchastkani uzunligi, km

    1

    3-4

    5-6

    9-10

    15

    20

    25

    Yo‘l-transport hodisasini nisbiy soni

    1

    1

    1,1

    1,4

    1,6

    1,9

    2

    Transport oqimining nisbiy o‘rtacha tezligi

    1

    1

    1,06

    1,15

    -

    -

    -

    Ko‘pchilik davlatlarning Texnik shartlari to‘g‘ri uchastkalarni uzunligini 1 dan 6-7 km gacha chegaralaydi. «Avtomobil yo‘llarini arxitektura-landshaft loyihalash bo‘yicha ko‘rsatmalar»da bir xil ko‘rinishli landshaftda to‘g‘rini uzunligini 6 km dan uzun qilishni taklif qiladi.
    Ayrim hollarda, haydovchilarni charchashishiga ayrim to‘g‘ri uchastkalarni absolyut qiymati ta’sir qilmasdan to‘g‘ri va egrilarni o‘rtasidagi nisbat, yo‘l yonini tavsifi ta’sir qiladi.
    Uzunligi bir necha kilometr bo‘lgan to‘g‘ri uchastkalar, masalan, daryo vodiylaridan o‘tgan, agar undan oldin ko‘p miqdorda egrilari bo‘lgan 10-15 km avtomobil yo‘li bo‘lsa, bir xil yoki monotonnali bo‘lib qabul qilinmaydi.
    Rel’efni tavsifini o‘zgarishi va yo‘l yonini yangi xolati, haydovchini e’tiborini o‘ziga tortib, avvalo uni diqqatini oshirishni talab qilgan, yo‘l omillarini sonini kamaytiradi.
    Buni aksicha, uzunligi 2-3 km bo‘lgan kichik burilish burchakli va katta radiusli egriga ega cho‘l hududlaridagi yo‘llar haydovchilarni charchatadi, yo‘l landshaftni bir xil sharoiti kerakli darajadagi e’tibor beruvchi ob’ekt miqdorini hosil qilmaydi.
    To‘g‘ri uchastkani uzunligini cheklash joylardagi sharoitni tahlil qilmasdan bajarilishi mumkin emas. Tekis joylarda kichik radiusli egriga ega bo‘lgan ilon izisimon yo‘llar doimo haydovchilarga tabiatga uyg‘un bo‘lmagan va sun’iy ravishda uzaytirilgan bo‘lib ko‘rinadi.
    Chuqurlashgan joylarni maxsus hisobga olish kerak, chunki shamol bo‘lmagan yoz kunlarini kechasi tizimli ravishda tuman hosil bo‘lib ko‘rish masofasini yomonlashtiradi. Bunday joylarni, harakat uchun xavfli xudud bo‘lgani uchun aylanib o‘tish kerak yoki bo‘lmasa ko‘tarma qurish yoki estakada bilan o‘tish kerak.
    Ochiq joylarda trassa yo‘nalishini o‘zgartirilishi avtomobilni yo‘lda xarakatlanshi uchun ishonarli bo‘lishi kerak (2.10-rasm). Ayrim hollarda burilish sababi ko‘zga uncha tashlanmasa, uni ko‘kalamlashtirish bilan ko‘rsatish kerak, yo‘l yoni yo‘lakchasida o‘simlik guruhini tashkil qilib, ya’ni yo‘ldan og‘ish bilan ko‘rsatiladi.

    2.10-rasm. Tekis joydagi trassa

    To‘g‘ri uchastkani ruhsat berilgan uchastkasi doimo atrof muhit bilan uyg‘unlashishi kerak. Har qanday ladshaftda ajralib turuvchi elementi e’tiborni tortadi, yo‘l obstanovkasini bir xilligini buzadi, haydovchini e’tiborini bittaga jamlashni oladi. Shuning uchun uzoqdan ko‘rinuvchi birorta orientirga yo‘naltirilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Bu holatda to‘g‘ri uchastkani uzunligini katta olish mumkin.


    Orientirlarni sun’iy ravishda uzun to‘g‘rilarni yo‘l yonidagi daraxtlarni guruhiga qarab, bir nechta qisqa uchastkalar – arxitekturali havzalarga bo‘lib ko‘rsatish mumkin.

    2.11-rasm. Har xil qiyalikdagi yo‘l uchastkasidan pastga tushishdek ko‘rish qobilyatini aldanishi

    Download 10.06 Mb.
    1   2   3   4




    Download 10.06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sug‘oriladigan hududlarda landshaft

    Download 10.06 Mb.