Ortish-tushirish punktlari va omborlari Reja




Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana17.12.2023
Hajmi3,58 Mb.
#121930
  1   2
Bog'liq
Ortish-tushirish punktlari va omborlari 1212



Ortish-tushirish punktlari va omborlari 
Reja:
 
1. Ortish-tushirish punktlari;
2. Ortish-tushirish punktlarining o‘tkazish qobiliyati;
3. Avtomobil va avtopoezdlarni ortish tushirish fronti; 
4. Xulosa ; 
5. Foydalanilgan adabiyotlar;


Yuk ortish-tushirish punktlari shunday ob’ekt-ki, ularda yuklar jo‘natiladi, 
qabul qilinadi, tayyorlanadi, saralanadi, saqlanadi, ortiladi, tushiriladi, tegishli 
xujjatlar rasmiylashtiriladi. Bunday punktlar doimiy va muvaqqat bo‘lishi mumkin. 
Doimiy punktlarda yuklarni ortish va tushirish uzoq vaqt davomida, muntazam 
bajariladi. Sanoat korxonalari, savdo-ulgurji bazalar, metallbazalar, elevetorlar va 
shunday punktlar sarasiga kiradi. Muvaqqat punktlarda yuklarni ortish-tushirish 
ishlari qisqa muddat davomida yoki goh-goh bajariladi. Bularga don tozalash 
oqimlari, kichkina qurilish ob’ektlari kabilar kiradi. Ortish-tushirish punktlari 
hududida maxsus maydonlar bo‘lib, shu ishlarni bajarishga mo‘ljallanadi. Ishlar 
mexanizatsiya yordamida bajarilishi uchun postlarga tegishli, yuk ko‘taruvchi 
mashinalar bilan jihozlanadi. Bitta maydon chegarasidagi ortish-tushirish postlari 
ish fronti deyiladi. U postlar soniga, avtomobillar va yuk ko‘tarish 
mexanizmlarining gabarit o‘lchamlariga, ularning joylashish sxemasiga bog‘liq. 
Ortish-tushirish 
punktlarida postdan tashqari kirib kelish yo‘llari va 
avtomobillarning manevri uchun maydonlar, yuklarni saqlash va yuzani saralash 
uchun omborlar, tarozu, xizmat va maishiy xonalar, ortish-tushirish amallarini 
bajarishdi qo‘llaniladigan qurilmalar, asbob-uskunalar bo‘lishi lozim. Ortish-
tushirish ishlarining fronti chegaralarida avtomobillar yonlama, taroqli qiya 
burchakli 
yoki 
pog‘onasimon 
sxemalar 
bilan 
qo‘llanadi.
Avtomobillarni ortish-tushirish postlariga joylash sxemalari a – yonlama, b – 
taroqli, v – pog‘onali avtomobillarni joylashtirish sxemasini tanlashda omborlarning 
yuklar hovlisi hududida joylashuvi kirib borish yo‘llarining bor-yo‘qligi, ularning 
joylashuvi, ortish-tushirish mashinalarini eng yaxshi tarzda joylashtirish 
imkoniyatlari, transport vositalarining turi va sh.i. omillar hisobga olinadi.
Avtomobil va avtopoezdlar ortish yoki tushirish fronti chegarasida to‘g‘ri yoki 
oqimli sistemaga muvofiq harakatlanganda ularni yonlama qo‘yish sxemasi qulay. 
Bunda manevr qilish kerak bo‘lmaydi, demak bir qism vaqt tejaladi, bundan 


tashqari, manevr uchun joy ham kerak bo‘lmaydi. SHu bilan birga, bu sxema yukni 
faqat orqa bort orqali yoki kuzovning orqa eshigi orqali ortganda yoki tushirganda 
qulay.
Avtomobillarni bilan joylashtirish yuk ramkalari bilan jihozlangan omborlarda 
ortish-tushirish ishlarida keng qo‘llanadi. Bu sxema frontni qistiradi orqa bort yoki 
kuzovning orqa eshigi orqali ortish-tushirish ishlari qulay bo‘lishini ta’minlaydi. 
Noqulayligi shuni, avtopoezdlar uchun ortish-tushirish ishlarini bajarib bo‘lmaydi 
va avtomobillarning manevriga vaqt ketadi. Pog‘onali joylashtirishda ortish-
tushirish mexanizmlaridan foydalanish qulayligi ko‘p.Ortish-tushirish punktlarining 
o‘tkazish qobiliyati. Punktlar, avtomobillar, ortish-tushurish ishlarida eng kam vaqt 
sarflashini ta’minlash kerak. Ortish va tushirish punktlarining muhim 
parametrlaridan biri ularning o‘tkazish qobiliyatidir. Bu qobiliyat vaqt birligi 
(odatda, 1 soat) ichida ortish yoki tushirish ishlari bajarilgan transport vositalarining 
maksimal soni (yoki yuklar hajmi, t) bilan o‘lchanadi. Punktning o‘tkazish qobiliyati 
avtomobillarning ish unumiga katta ta’sir o‘tkazadi va punktlar soniga bog‘liq.
Ortish-tushirish punktlari hududida maxsus maydonlar bo’lib, shu ishlarni 
bajarishga mo’ljallanadi. Ishlar mexanizatsiya yordamida bajarilishi uchun postlarga 
tegishli, yuk ko’taruvchi mashinalar bilan jihozlanadi. Bitta maydon chegarasidagi 
ortish-tushirish postlari ish fronti deyiladi. U postlar soniga, avtomobillar va yuk 
ko’tarish mexanizmlarining gabarit o’lchamlariga, ularning joylashish sxemasiga 
bog’liq. Ortish-tushirish punktlarida postdan tashqari kirib kelish yo’llari va 
avtomobillarning manevri uchun maydonlar, yuklarni saqlash va yuzani saralash 
uchun omborlar, tarozu, xizmat va maishiy xonalar, ortish-tushirish amallarini 
bajarishdi qo’llaniladigan qurilmalar, asbob-uskunalar bo’lishi lozim. Ortish-
tushirish ishlarining fronti chegaralarida avtomobillar yonlama (1-rasm),qiya 
burchakli yoki pog’onasimon sxemalar bilan qo’llanadi. 



Download 3,58 Mb.
  1   2




Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ortish-tushirish punktlari va omborlari Reja

Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish