Ortish-tushirish punktlarida avtomobillarni joylashtirish
sxemalari
1
Avtomobil yon tomoni bilan
L
f
Y
a
L
a
2
Avtomobil orqa tomoni bilan
L
f
Y
b
B
3
Avtomobil qiya yoki zinasimon
1-rasm. Avtomobillarni ortish-tushirish postlariga joylash sxemalari
a – yonlama, b – taroqli, v – pog’onali.
Avtomobillarni joylashtirish sxemasini tanlashda omborlarning yuklar hovlisi
hududida joylashuvi kirib borish yo’llarining bor-yo’qligi, ularning joylashuvi,
ortish-tushirish mashinalarini eng yaxshi tarzda joylashtirish imkoniyatlari,
transport vositalarining turi va xokazo omillar hisobga olinadi.
Avtomobil va avtopoyezdlar ortish yoki tushirish fronti chegarasida to’g’ri yoki
oqimli sistemaga muvofiq harakatlanganda ularni yonlama qo’yish sxemasi qulay.
Bunda manevr qilish kerak bo’lmaydi, demak bir qism vaqt tejaladi, bundan
tashqari, manevr uchun joy ham kerak bo’lmaydi. Shu bilan birga, bu sxema yukni
faqat orqa bort orqali yoki kuzovning orqa eshigi orqali ortganda yoki tushirganda
qulay.
Avtomobillarni bilan joylashtirish yuk ramkalari bilan jihozlangan omborlarda
ortish-tushirish ishlarida keng qo’llanadi. Bu sxema frontni qistiradi orqa bort yoki
kuzovning orqa eshigi orqali ortish-tushirish ishlari qulay bo’lishini ta’minlaydi.
Ortish-tushirish punktlari va ularning o‘tkazuvchanligi. Ortishtushirish punkti
deganda har qanday yuk jo‘natish yoki qabul qilish, ba’zi hollarda esa jo‘natish va
qabul qilish obyektlari tushuniladi. Bularga sanoat korxonalari, qurilish maydonlari,
savdo bazalari va shunga o‘xshash obyektlar kiradi. Ortish-tushirish obyektlarining
o‘tkazuvchanlik xususiyati deyilganda bunday punktlarda bir soat davomida ko‘pi
bilan qancha miqdordagi transport vositasi birligi bo‘lishi tushuniladi. Aksariyat
hollarda transport vositalari soni o‘rniga tonna o‘lchamdagi bir soat ichida ortiluvchi
yoki tushiriluvchi yuk hajmlari qabul qilinadi. Har qanday punktning
o‘tkazuvchanlik xususiyati, shu punktdagi ortish yoki tushirish posti miqdori va har
bir tonna yukni ortish yoki tushirish uchun zarur vaqtga hamda ortish va tushirish
ishlarining tashkil etilishi, omborning yuk oboroti va uning jihozlanganligiga
bog‘liqdir.
Har qanday yuk tashish transport jarayonini amalga oshirishda yuklarni transport
vositasiga ortish bilan bog´liq sermehnat, ba’zida esa, jismonan og’ir ish bajarishga
to’gri keladi. Tashish nihoyasiga yetganda esa, yuklarni tushirish zarur bo’ladi.
Yuklarni tushirish sermehnat, hamda, jismonan og’ir ishlardan biridir.
Ortish-tushirish ishlari asosiy va qo´shimcha operatsiyalardan iborat bo’ladi. Asosiy
operatsiyalarga quyidagilar kiradi: - shtabellar, yoki, boshqa saqlash joylaridan
yuklarni olish; - ortish joyiga keltirish; - transport vositasiga ortish;
Tushirishda shu operatsiyalarning aksi bajariladi. Qo’shimcha operatsiyalarga
quyidagilar kiradi: - yuklarni taraga joylash va zaruriyatga ko’ra markirovkalash;
-tarozidan o’tkazish (hajmini o’lchash); - xujjatlarni tayyorlash; yuklarni boglab
mahkamlash, yoki, bog’lovdan bo’shatish, ustini brezent bilan yopish va boshqalar.
Amaliyotda avtomobillarni ortish-tushirish opeartsiyalarida bekor turish vaqti
ularning yo’nalish (ish)da bo’lish vaqtlarining uchdan biriga to’gri keladi.
Avtomobil transporti uchun harakterli bo’lgan qisqa masofalarga yuk tashishda ba’zi
yuklar uchun avtomobillarning ortish-tushirish operatsiyalarida bo’lish vaqti ulushi
50 va undan ham ortiq foizlarni tashkil etadi. Shularga ko’ra, transport vositalaridan
foydalanish samaradorligi o’zgarib turadi. Ortish-tushirish ishlarini to’gri tashkil
etish va ularni zaruriyatga ko’ra mexanizatsiyalash avtomobillarning bo’sh turish
vaqtlarini, hamda, tashish bilan bog´liq harajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
Avtomobillarda yuk tashishni tashkil etish amaliyotida yuk ortish-tushirish joylarida
avtomobillarning barcha bekor turish (sababidan qat’iy nazar) vaqtlari ortish-
tushirish vaqtiga kiritiladi. Ortish-tushirish vaqti quyidagi elementlardan iborat:
•
kutib qolish vaqti;
•
avtomobilning manyovr qilishiga sarflangan vaqt;
•
ortish-tushirishning o’ziga sarflangan vaqt;
•
hujjatlarni rasmiylashtirishga sarflangan vaqt.
Mexanizatsiyalashtirilmagan ortish-tushirish ishlarida barcha operatsiyalar
ishchilarning qo’l mehnati bilan bajariladi. Mexanizatsiyalashtirilgan ortish-
tushirish ishlarida esa, barcha operatsiyalar turli mashina va mexanizmlar yordamida
bajariladi. Mexanizatsiyalashtirilgan ortish-tushirish usulini qo’llash transport
vositalarining ayni operatsiyalarni bajarishda bekor turib qolishini kamaytiribgina
qolmay, og’ir va sermehnat operatsiyalarni bajarishni yengillashtiradi. Yuk ortish-
tushirish ishlarini bajarishda 16 yoshdan kichik bo’lgan shaxslarni ishlatish qat’iyan
man etiladi. Qo’l yordami bilan bir yerdan ikkinchi yerga tashiluvchi yuklar 16 dan
18 yoshgacha bo’lgan o’spirin yig’itlar uchun 16,4 kg va qizlar uchun 10,25 kg,
ayollar uchun 80 kg dan ortiq bo’lmasligi shart. 80 kg dan ortiq yuklarni bir yerdan
ikkinchi yerga ko’chirish, yoki, ortish-tushirish ishlarini bajarish faqatgina
mexanizmlar yordamida amalga oshirilishi zarur.Yuk jo‘natuvchi (yetkazib
beruvchi) transport tashkiloti va yuk qabul etuvchi. Ular har birining transport
jarayonidagi vazifasiga ko‘ra tashishlar markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan
xillarga bo‘linadi. Markazlashtirilgan tashishlar deyilganda, shunday tashish
jarayonini tashkil etish tushiniladiki, unda transport tashkiloti yoki yuk jo‘natuvchi
yuklarni barcha iste’molchi talabiga binoan yetkazib beradi. Markazlashtirilmagan
tashishlarning markazlashtirilgan tashishlardan farqi shundaki, har bir yuk qabul
etuvchi o‘ziga zarur bo‘lgan yukni tashishni hamda tashish bilan bogliq bo‘lgan
ortib-tushirish va ekspeditsion ishlarni o‘zi bajaradi. Buning uchun yuk qabul
etuvchi avtotransport tashkilotiga talabnoma bilan murojaat qiladi, ortish punktiga
yuk ortuvchi ishchilar, ekspeditor va avtotransport tashkilotiga tegishli avtomobil
bilan kelib, yukni qabul qiladi, yo‘lda qarab boradi (ya’ni, ekspeditsion ishni
bajaradi) va o‘z omboriga tushirib oladi. Tashishni bunday tashkil etishda yuk
jo‘natiladigan punktda juda ko‘p avtomobillar, yuklovchilar, ekspeditorlar yigilib
qolib, yukni qabul etishda uzoqdan-uzoq kutish navbati hosil bo‘ladi. Ortish
operatsiyasi, odatda, qo‘l kuchi bilan bajariladi, chunki yetkazib beruvchi (yuk
jo‘natuvchi) ortish operatsiyasini mexanizatsiyalashgan qiziqmaydi va unga javob
bermaydi. Avtotransport saroyi berilgan talabnomaga binoan zarur miqdordagi
transport vositasini ajratib beradi, lekin tashishni tashkil etish va transport
jarayonining bajarilishiga javob bermaydi. Tashishni tashkil etishning bunday tizimi
yuk qabul etuvchilarning o‘z transport vositalari bo‘lishiga olib kelib, transport
saroylarining maydalashishiga olib keladi, yuk oqimlari ham maydalashadi. Bu esa
yuklarni ratsional (oqilona) marshrutlar tashkil etib tashishga yo‘l qo‘ymaydi,
maxsus va maxsuslashtirilgan transport vositalaridan foydalanish imkoni nihoyatda
kamayib ketadi. Bularning barchasi transport ishlatish harajatlarining ortishi
hisobiga
yuk
tashish
xarajatlarini
ko‘paytirib
yuboradi.
Yuqorida
keltirilgan
kamchiliklarning
ko‘pchiligini
yuk
tashishni
markazlashtirilgan usulida bartaraf etib, transport vositalarining ish unumini
oshirish, tashish tannarxi va mijozlar xarajatlarini kamaytirish mumkin. Yuk
tashishning markazlashtirilgan usuli yuk egalariga xizmat ko‘rsatish madaniyatini
ko‘tarish madaniyatini ko‘tarish va transport ishlarini tashkil etishni yaxshilaydi.
Yuk tashishning markazlashtirilgan usulini qo‘llashda transport jarayonlarida
qatnashuvchi tomonlarning o‘zaro aloqalari quyidagicha bo‘ladi:
•
yuk jo‘natuvchi yoki uning yukini yetkazib beruvchi tashkilot transport
tashkilotiga talabnoma beradi;
•
yuklarni avtotransport saroyi, aksariyat hollarda, umumfoydalanish
avtotransport saroyi tashib beradi;
•
yukni tushirib va qabul qilib olish yuk qabul etuvchilar zimmasida bo‘ladi;
•
yuklar avtotransport saroyi tomonidan kuzatib boriladi, bunda ekspeditorlik
vazifasini amalda haydovchi bajaradi. qimmatbaho tosh va metallar,
topshirishda qayta sanaluvchi yoki tortib topshiriluvchi va shunga o‘xshash
yuklarni tashish bundan mustasno;
•
tashish uchun haq va hisob-kitobni yuk jo‘natuvchi ya’ni transportga
talabnoma bergan tashkilot to‘laydi. Yuk jo‘natuvchilar xarajatlarini yuk
egalari qoplab, jo‘natuvchilar bilan hisob-kitob qiladi.
Shunday qilib, markazlashtirilgan yuk tashish usulida, yuk qabul qilib oluvchilar
transport jarayonidagi tashishda qatnashmaydi va ular yuklarni o‘z vaqtida tushirib
olishgagina
javob
beradi.
Markazlashtirilgan yuk tashish tizimi quyidagi afzalliklarga ega:
•
yukni jo‘natuvchilardan ularni qabul qiluvchilarga bir maromda yetkazib
berish hamda ularni yetkazib berish vaqtlarini tejash sharoitlari yaratiladi;
•
transport vositalarining oldindan kelishilgan chizma asosida ishlashi ularning
ortish operatsiyasida kutib turishini yo‘qotish yoki kamaytirish bilan birga,
bunday operatsiyalarni mexanizatsiyalash imkoni bo‘ladi; yuklovchilar va
ekspeditorlarga talab bo‘lmaydi;
•
maxsuslashtirilgan transport vositalaridan foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish
va yuk egalarining tashish xarajatlarini anchagina qisqartirish mumkin;
•
tashish hajmiga zarur bo‘lgan transport vositalarini kamaytirish hisobiga
materiallar va ishchi kuchiga bo‘lgan talab ham kamayadi;
•
yuk tashish tannarxi arzonlashadi;
•
transport vositalarining ish unumini va ulardan foydalanish samaradorligi
oshadi;
•
tezkor rejalashtirishda iqtisodiy-matematik usullar va EHM dan foydalanish
imkoni yaratiladi.
Markazlashtirilgan yuk tashish tizimiga o‘tish yuk egalari ishini ham
takomillashtirishga olib keladi. Xo'jalik faoliyati amaliyotida moddiy oqimlarni
boshqarish tizimlaridan foydalanish xom ashyoni sotib olish va yakuniy
iste'molchiga tovar etkazib berish o'rtasidagi vaqt oralig'ini qisqartirish zarurati bilan
izohlanadi. Logistika tovar-moddiy zaxiralarni minimallashtirishga imkon beradi va
ba'zi hollarda ulardan foydalanishni butunlay rad etadi, tovarlarni etkazib berish
vaqtini sezilarli darajada qisqartirishga imkon beradi, ma'lumot olish jarayonini
tezlashtiradi va xizmat ko'rsatish darajasini oshiradi. Yuklarni ko’tarish-tashish
ishlarida yuqorida ko’rib o’tilgan mexanizatsiyalashgan ko’tarish-tashish
mashinalari va mexanizmlari bilan bir qatorda oddiy qurilmalardan ham keng
foydalaniladi. Bo’lar jumlasiga pishang (richag)lar, rolganglar, nishabliklar,
tarnovlar, aravachalar, priseplar kiradi. Rolganglar maxsus tayyorlangan ramaga
o’rnatilgan aylanuvchi roliklardan iborat. Aravachalar bir, ikki, uch, yoki, to’rt
g’ldirakli qilib tayyorlanadi. Bir, yoki, ikki g’ldirakli aravachalarning
harakatlanishga qarshiligi kam, ammo yuk og’irligining ma’lum qismi yuk
tashuvchiga tushadi. Shuning uchun, ular tashish yo’li notekis bo’lgan hollarda
ishlatiladi. Uch va to’rt g’ldirakli aravachalar muvozanatlashgan bo’ladi, ammo
ularning harakatlanishga qarshiligi katta. Ulardan tsexlarning ichida (tashish yo’li
asfaltlangan, tekis bo’lsa) foydalanish qulay. Shatakkka olinadigan tashish
vositalariga priseplar va trallerlar kiradi.
Xulosa
Ortish-tushirish punktlarining o‘tkazish qobiliyati. Punktlar, avtomobillar,
ortish-tushurish ishlarida eng kam vaqt sarflashini ta’minlash kerak. Bunday
natijaga erishimiz uchun biz avtomobillarni to’g’ri joylashtirishimiz katta rul
o’ynaydi. Bunda biz avtomobilarni yonlanma taroqli va pogonali joylashtirish
usullaridan eng optimalini tanlab olamiz. Bu bizga vaqdan unumli foydalanish
imkonini beradi. Ortish va tushirish punktlarining muhim parametrlaridan biri
ularning o‘tkazish qobiliyatidir. Bu qobiliyat vaqt birligi (odatda, 1 soat) ichida
ortish yoki tushirish ishlari bajarilgan transport vositalarining maksimal soni (yoki
yuklar hajmi, t) bilan o‘lchanadi. Punktning o‘tkazish qobiliyati avtomobillarning
ish unumiga katta ta’sir o‘tkazadi va punktlar soniga bog‘liq.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Shavkat
Miromonovichning O‘zR Vazirlar mahkamasi 2016 yil Respublikani
ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017 yilga iqtisodiy
dasturning asosiy ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisidagi
ma’ruzasi.
2. B.A.Xo‘jaev-Avtomobillarda yuk va passajirlarni tashish asoslari
T.:”O‘zbekiston”, 2002
3. O.Turdimatov“Ortish-tushirish ishlarini kompleks mexanizatsiyalash
va avtomatizatsiyalash” “Aloqachi” nashriyoti 2007 y.
4. B.A.Xo‘jaev-Avtomobilnыe perevozki. T.:”O‘zbekiston”, 1991
|