• Tayanch sо‘z va iboralar
  • О‘lchamlariga kо‘ra yuklar
  • Xavflilik darajasiga kо‘ra
  • 3-mavzu; avtomobil transportida yuk tashish asoslari




    Download 447.33 Kb.
    bet1/4
    Sana24.04.2024
    Hajmi447.33 Kb.
    #206101
      1   2   3   4
    Bog'liq
    ATHXTE 3-MAVZU (1)
    Texnologik jarayonlarni loyihalash asoslari. Babaxanova X.A., Task 2 (1), 2. Referat berilgan mustaqil ish mavzusiga mosligi, Pedagogik dasturiy vositalardan yakuniy test-2-oluy ta’lim 214-g, Abdurahmon Jomiy hayoti va falsafasi, 777777777777777777777777, Baxtiyor Xamidov 1- mustaqil ish, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Astronavtlar ni-WPS Office, CHIZMA, 11-sinf, Документ Microsoft Word, Dinshunoslik 1-mustali, amaliy-13 (2), 2- amaliy ish

    3-MAVZU; AVTOMOBIL transportida yuk tashish asoslari
    Reja:
    • Yuk
    • Tara va uning xizmati
    • Yuk hosil etuvchi va yuk qabul etuvchi punktlar
    • Avtotransport korxonasi yuk tashish hajmi va yuk oboroti
    • Yuk oqimlari


    Tayanch sо‘z va iboralar: yuk, netto, brutto, tara, nogabarit yuk, meyoriy og‘irlikdagi yuk, og‘ir massali yuk, sochiluvchan yuk, uyib tashiluvchi yuk, xavfli yuk, uzun о‘lchamli yuk, supertara, markirovka, konteyner, taglik, yuk tashish hajmi, yuk oboroti, notekislik koeffitsiyenti, yuk hosil etuvchi, yuk qabul etuvchi, yuk oqimi.
    1.Yuk
    Yuk tashish obyektlariga kon qazilmalari va mahsulotga kayta ishlov berish sanoatlari, qurilish va savdo tashkilotlari, boshqa har xil ishlab chiqarish hamda uy joy rо‘zg‘or buyumlari kiradi. Yuk deyilganda tashish uchun qabul qilingandan to uni egasiga topshirilgungacha buyumlar tushuniladi. Yuklar ayni buyum (tovar) va taralardan iborat bо‘lishi mumkin.
    Yuk (tovar)ning sof og‘irligi netto, tara bilan birgalikdagi og’irligi brutto, taraning о‘z og‘irligi - tara og‘irligi tushunchalari bilan yuritiladi.
    Tashishni tashkil etishda yuklar tonnalarda о‘lchanuvchi brutto og‘irligi bilan hisoblab boriladi.
    Kо‘pchilik yuklar atrof muhit ta’siriga moyildirlar. Ba’zi yuklar havoning namligi ta’sirida korroziya (zanglash)ga moyildirlar; boshqalariga - tez buzuluvchi oziq-ovqat buyumlariga yuqori darajali harorat, sabzavot va hо‘l meva hamda boshqa ba’zi bir yuklarga esa sovuq havo ta’sir etadi.
    О‘lchamlariga kо‘ra yuklar: gabaritdagi, ya’ni avtomobilning standart kuzovida tashilishi mumkin bо‘lgan yuklar; nogabarit yuklarga bо‘linadi. Nogabarit yuklarga balandligi 2,5m, eni 2,0 m va uzunligi 3,5 m (uzun о‘lchovli yuklardan tashqari) dan ortiq о‘lchamli yuklar kiradi. Uzun о‘lchamli yuklarga uzunligi kuzov uzunligiga qо‘shimcha uning uchdan bir qismi va undan ham uzun yuklar kiradi.
    Xavflilik darajasiga kо‘ra yuklar MDH davlatlarida 7 guruhga bо‘linadi:
    1 guruh - xavfligi kam (qum, shag‘al, tuproq, g‘isht va h.k.);
    2 guruh - tez о‘t olinuvchi moddalar (benzin, atseton, kinoplenka va h.k);
    3 guruh - issiq va chang chiqaruvchi (sement, asfal’t, ohak va h.k.);
    4 guruh - kuydiruvchi (kislota va ishqorlar);
    5 guruh - ballonda tashiluvchi siqilgan va suyultirilgan gazlar;
    6 guruh - nogabarit (о‘lchamiga kо‘ra xavfli yuklar);
    7 guruh - portlovchi, zaharlovchi va radiaktiv moddalar;
    Xalqaro yuk tashish qoidalariga binoan Yevropa davlatlari xavflilik darajasiga kо‘ra Birlashgan Millatlar tashkiloti ekspertlar qо‘mitasi tavsiyasiga kо‘ra yuklarni tashish uchun ADR kelishuvi nomi bilan tashiluvchi buyum va tovarlarni tashish uchun xalqaro konvensiya qabul qilingan bо‘lib, unda yuklar xavflilik darajasiga binoan quyidagi 9 sinfga bо‘linadi:
    1-sinf - portlovchi modda va tovarlar;
    2-sinf - gazlar: siqilgan, suyultirilgan yoki yuqori bosim bilan suyultirilgan;
    3-sinf - suyuq yonilg‘ilar;
    4.1.-sinf - yonuvchi qattiq jismlar;
    4.2.-sinf - о‘zi yonib ketish xususiyatli moddalar;
    4.3.-sinf - suv tegishi natijasida gaz chiqaruvchi moddalar;
    5.1.-sinf - oksidlovchi moddalar;
    5.2.-sinf - organik peroksid (о‘ta oksid)lar;
    6.1.-sinf - zaharlovchi moddalar:
    6.2.-sinf - yuqumli (infeksion) moddalar;
    7-sinf - radiaktiv moddalar;
    8-sinf - korroziyalanuvchi moddalar;
    9-sinf - har xil xavfli modda va tovarlar (yuqoridagi sinflarga kiritilmagan).

    Download 447.33 Kb.
      1   2   3   4




    Download 447.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-mavzu; avtomobil transportida yuk tashish asoslari

    Download 447.33 Kb.