• Tayanch so‘zlar
  • Radiatsion xavflar va radiatsion xavfli ob’ektlar.
  • Radiatsion xavfli ob’ektlar
  • Mavzu 12 : radiatsion xavflar reja




    Download 34,45 Kb.
    bet1/9
    Sana03.02.2024
    Hajmi34,45 Kb.
    #150892
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Мавзу 12. RADIATSION XAVFLAR


    MAVZU 12 : RADIATSION XAVFLAR


    Reja:
    1. Radiatsion xavflar va radiatsion xavfli ob’ektlar.
    2. Radiaktiv moddalar va ularning zararlovchi omillari.
    3. Ionlovchi nurlanishning inson organizmiga ta’siri.
    4. O‘tkir nur kasalligi va unda bemorlarni parvarish qilish.
    5. Radiatsion xavflardan himoyalanish vositalari


    Tayanch so‘zlar: radiaktiv moddalar, radiatsion zararlanish o‘chog‘i, radiatsion xavflar, ularning zararlovchi omillari, zarb to’lqini, yorug’lik nurlanishi, singuvchi radiatsiya, joylarni radiaktiv moddalar bilan zararlanishi, o‘tkir va surunkali nur kasalligi.


    Radiatsion xavflar va radiatsion xavfli ob’ektlar.
    Hozirgi kunda har bir sanoat va fan-texnika sohasida radiaktiv moddalar va ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan keng foydalanilmoqda. Yadro energetikasi jadal rivojlanmoqda. Respublikamizning Jizzax viloyati hududida atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi boshlanish jarayonida. Yadro materiallarini tashilishi, saqlanishi va qayta ishlanilishi jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatoliklar atrof-muhitning ifloslanishi, odamlar, hayvonlar va o‘simliklar dunyosiga zarar etishi uchun qo‘shimcha xavf tug‘diradi.
    Tuproqda, suvda yoki havoda radiaktivlik darajasi yo‘l qo‘yiladigan konsentrasiyadan ortib ketsa, radiaktiv ifloslanish yuzaga keladi. Bu favqulodda holat sifatida aholini himoya qilish bo‘yicha tegishli xizmatlarning keyingi harakatlari va hududni hamda undagi ob’ektlarni zararsizlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan belgilanadi.
    Radiatsion xavfli ob’ektlar – bu xalq xo‘jaligi faoliyatida qo‘llaniladigan ionlantiruvchi nurlantirish manbalaridir.
    Radiatsion xavfli ob’ektlarga quyidagilar kiradi:

    1. Atom elektr stansiyalari

    2. Yadroviy yonilg‘i ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalari

    3. Radioaktiv chiqindilar kumiluvchi korxonalar

    4. Yader reaktorlari bilan ishlovchi ilmiy-izlanuvchi tashkilotlar

    5. Harbiy ob’ektlar

    6. Yadroviy moslamalarni tashish

    Radiatsion avariyalar quyidagilarga bo‘linadi:
    1. Lokal: birgina binoning o‘zida kuzatiladigan radioaktiv avariyalar
    2. Mahalliy: AES binosi va xududida kuzatiladigan radiasion avariyalar
    3. Umumiy: AES hududi va undan tashqari kuzatiladigan radiasion avariyalar
    Radiatsion avariyalarning asosiy zararlovchi omillari:

    1. Tashqi nurlanish ta’siri ( γ-rentgen, β-γ, γ-neytron nurlanish)

    2. Radionuklidlarni odam organizmi ichiga tushishi natijasida ichki nurlanish (α va β-nurlanish)

    3. Odam organizmiga radiasiyaning ham ichki, ham tashqi ta’siri

    4. Radiatsion va noradiasion omillarning ta’siri (mexanik va tyermik jarohat, kimyoviy kuyish va intoksikatsiya).

    O‘zbekiston hududida ham bir qator radiatsion xavfli ob’ektlar faoliyat yuritadi. Uran rudalarini qazib olish va birlamchi ishlov berish bilan shug‘ullanuvchi Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati, Angren ko‘mir koni, Chorkesar qishlog‘i va Yangiobod qo‘rg‘oniga yaqin joydagi radiaktiv chiqindilar, Uchquduq, Zafarobod va Nurobod shaharlari atrofidagi ruda konlari va b. shular jumlasidandir.

    Download 34,45 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 34,45 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu 12 : radiatsion xavflar reja

    Download 34,45 Kb.