|
Terini himoya qilish vositalari
|
bet | 7/9 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 34,45 Kb. | | #150892 |
Bog'liq Мавзу 12. RADIATSION XAVFLARTerini himoya qilish vositalari.
Terini himoya qilish vositalariga umumqo‘shin himoya komplekti, engil himoya kostyumi, kombinezon, fartuk, filtrlovchi himoya kiyimlari va boshqalar kiradi. Ular kiyimlarni va terini zaharli moddalardan, radioaktiv moddalardan va bakteriologik moddalardan himoya qilish uchun muljallangan bulib, odamni alfa nurlanishdan to’la, beta nurlanishdan 50-70 % saqlaydi. Ammo gamma nurlardan va neytronlardan himoya qila olmaydi. Terini himoya qilishda aholi tomonidan suv o‘tkazmaydigan matodan tikilgan nakidka va plashch, paxtali kurtka va shim, chang’i va sport kiyimlari, kapyushonlardan foydalanish mumkin. Oyoqqa rezina poyabzal kiyish yoki tagiga taxtacha bog‘lab olish kerak.
Terini himoya qilish uchun komplekt OP–1 (himoya plashchi, himoya paypoq va qo‘lqopdan iborat), engil himoya kostyumi L–1 (rezina shimdiriladigan matodan tikilib, ko‘ylak kapyushon, ikki juft himoya qo‘lqopi, himoya paypoqli shim va ip gazlamadan tayorlangan podshlemnikdan iborat), sintetik rezinadan ishlangan kombinezon va kostum, himoya fartug’i, modda shimdirilgan himoya kiyimidan foydalaniladi.
Himoya kiyimini echishda ehtiyot bo‘lish kerak, chunki u zaharlovchi moddalar va bakteriologik vositalardan zararlangan bo‘lsa, uning sirtqi tomoniga qo‘l tegizib bo‘lmaydi. Avval qo‘lqop bilan tashqi tasmalar va tugmalar, keyin qo‘lqop echiladi, qo’l kostyumning ichki tomonidan tortiladi, kostyum, paypoq (etik) faqat kostyumning ichki tomoniga qo’lni tekizib echiladi. Eng oxiri gazniqob echiladi, bunda shamolning yo‘nalishiga teskari turish kerak bo’ladi.
Radiatsiyaviy, kimyoviy va bakteriologik xavflarga qarshi tibbiy
himoya vositalari: AI-2 shaxsiy dori qutichasi, IPP-8,9,10 – kimyoviy
moddalarga qarshi shaxsiy xaltachaning qo‘llanilishi qoidalari
AI – 2 – shaxsiy dori quticha – 7 ta uyachadan iborat bo‘lib, ichidagi dorilar odamlarni radiaktiv moddalar, zaharlovchi moddalar va bakteriologik moddalar bilan zararlanganda, oddiy qurollardan jarohatlanganda, kuyganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.
9-jadval
|
| |