|
Mavzu 12 : radiatsion xavflar reja
|
bet | 8/9 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 34,45 Kb. | | #150892 |
Bog'liq Мавзу 12. RADIATSION XAVFLAR1-uyachada
|
Og‘riqni qoldiruvchi promedol yoki pantopon bilan to‘ldirilgan shprits-tyubik joylashgan. Bu vositalar shokka qarshi kurashda ham ishlatiladi.
|
2-uyachada
|
Fosfororganik zaharlovchi moddalarga qarshi antidot-taren tabletkasi bilan to‘ldirilgan penal joylashgan. Zararlanish o‘chog‘iga kirishda 1ta tabletka ichiladi. 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ¼ tabletka, 8–15 yoshdagi bolalarga ½ tabletka ichiriladi.
|
3-uyachada
|
Bakteriologik moddalarga qarshi №2 15 dona xlortetratsiklingidroxlorid tabletkasi bilan to‘ldirilgan penal joylashgan. Nurlanishdan keyin oshqozon-ichak faoliyatida buzilishlar bo‘lganda 1-kuni 7 ta tabletka, 2-3 kunlari 4 tadan tabletka ichiladi.
|
4-uyachada
|
Radioaktiv moddalarga qarshi №1 dorilar (sistamin) joylashgan, 2ta penaldan iborat. Zaharlanish ro‘y berganda 6 ta tabletka, 4-5 soatdan keyin yana 6ta tabletka birdan suv bilan ichiladi.
|
5-uyachada
|
Bakteriologik moddalarga qarshi №1 sulfadimetoksin tabletkasi bilan to‘ldirilgan 2 ta penal joylashgan. Zararlanish xavfi sezilganda yoki zaharlanish ro‘y berganda, jarohatlanganda yoki kuyganda 1-penaldagi 5ta tabletka suv bilan ichiladi, 2-penaldagi dorilar 6 soatdan keyin ichiladi.
|
6-uyachada
|
Radioaktiv moddalarga qarshi №2 kaliy yod dori moddasi bo‘lib, 10 kun davomida 1 ta tabletkadan sut bilan ichib turiladi.
|
7-uyachada
|
Qayt qilishga qarshi etaperazin tabletkasi bo‘lib, nurlanishdan keyin darhol 1 ta tabletka ichiladi, ko‘ngil aynish holati ro‘y berganda yana 1 tabletka ichiladi.
|
|
| |