|
Radiatsion xavflar va uning zararlovchi omillari
|
bet | 2/9 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 34,45 Kb. | | #150892 |
Bog'liq Мавзу 12. RADIATSION XAVFLARRadiatsion xavflar va uning zararlovchi omillari
Kishilarning radiatsion zararlanishiga atom yadrosining parchalanishidan hosil bo‘ladigan ko‘zga ko‘rinmaydigan ionlovchi nurlarning ta’siri sabab bo‘ladi. Bu ta’sir natijasida turli shakldagi nur kasalliklari kelib chiqadi. Odamlarning ommaviy radiaktiv moddalar bilan zararlanishi yadro quroli ishlatilganda yoki yirik radiatsion xavfli ob’ektda avariya sodir bo’lgandagina ro‘y berishi mumkin.
Radiaktiv modda parchlanganda yadrodan radioaktiv α, β, γ - nurlar va neytronlar tarqaladi. Nurlanishning tarqalish hodisasi radiaktivlik, alfa, beta, gamma nurlar tarqatadigan moddalar radioaktiv moddalar deyiladi. Xalq xo‘jaligining ma’lum sohalarida radioaktiv moddalardan turli maqsadlarda foydalanib kelinmoqda. Bularni saqlash, ishlatish, tashlab yuborish va qayta ishlash jarayonlarida texnika xavfsizligiga rioya qilinmasa atrof- muhitning radiaktiv zararlanishiga, odam va hayvonlarning halok bo‘lishi va o‘simliklarning yaroqsiz holga kelishiga olib keladi. Chunki bu nurlanishlarning hammasi o‘zi o‘tib borayotgan muhitda (havoda, odam va hayvon organizm hujayralarida) atomlarning ionlashtirish xususiyatiga ega, shuning uchun ular ionlovchi nurlanish deyiladi. Ionlashtiruvchi nurlanish dozasi rentgen birligi bilan o‘lchanadi. Rentgen bir sm. kub havoda 1,16 milliard ion hosil qiladigan nurlanish miqdoridir. Portlashish va ta’sir kuchi atom enyergiyasidan foydalanishga asoslangan har qanday qurollar (raketa, torpeda, bombalar) yadro quroli hisoblanadi. Ular og‘ir elementlar Uran-235 yoki plutoniy-239 yadrosining zanjirli reaksiya bilan parchalanishga asoslangan. Radiatsion xavfning zararlovchi omillariga zarb to‘lqini, yorug‘lik nurlanishi, singuvchi radiatsiya va joylarning radiaktiv moddalar bilan zararlanishi kiradi.
Zarb to‘lqini (50 %) portlash markazida gazlarning bir onda kengayishidan hosil bo‘ladigan havoning kuchli qisingan zonasini tashkil etadi va juda katta tezlik bilan tarqalib binolarni vayron qiladi hamda odamlarni jarohatlaydi. Barcha uylar, pana joylar va past balandliklar zarb to‘lqinidan himoya vositasi hisoblanadi.
Yorug‘lik nurlanishi (35%). Otash shardan 2-3 sekund davomida juda yuqori darajada issiqlik ajralib chiqib, kuchli yorug‘lik nuri tarqaladi va o‘zidan yong‘in chiqaradi. Bundan saqlana olmagan kishilar kuyadi, hatto ko‘r bo‘lib qolishi mumkin. Yorug‘lik nurlanishining ta’sir radiusi portlash kuchi va turiga bog‘liq. Har qanday tiniq bo‘lmagan narsa kuyishdan saqlaydi.
Singuvchi radiatsiya (5 %). Gamma nurlari va neytronlar oqimidan iborat bo‘lib, ular yadro portlashi vaqtida 10- 15 sekund ichida ajralib chiqadi. Uylar va pana joylar singuvchi radiatsiyadan saqlanishga imkon beradi.
Joylarning radiaktiv moddalar bilan zararlanishi (10%). Yadro quroli portlashining «qo‘ziqorinsimon» bulutidan radiaktiv moddaning yerga tushishi joylarning radiaktiv zararlanishi deyiladi va ularning darajasi rentgen soat bilan ya’ni himoyasiz odamning shu joyda bir soat mobaynida olgan nurlanish dozasi bilan o‘lchanadi. Joylarning radiaktiv zararlanish darajasi portlash kuchi va turiga, shamolning tezligi va yo‘nalishiga, joylarning xarakteriga bog‘liq. Zararlangan hududlarda odamlar gamma va beta nurlari bilan nurlanadi. Radiaktiv modda organizmga nafas yo‘li, zararlangan joy, oziq - ovqat va suv orqali kirishi mumkin.1
|
| |