Shikastlanish o‘chog‘ida zararlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish




Download 34,45 Kb.
bet4/9
Sana03.02.2024
Hajmi34,45 Kb.
#150892
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Мавзу 12. RADIATSION XAVFLAR

Shikastlanish o‘chog‘ida zararlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish
va ularni parvarish qilish.
Shikastlanish o‘chog‘ida birinchi tibbiy yordam bevosita aholi tomonidan o‘z-o‘ziga va o‘zaro yordam, sanitar drujinachilari va fuqaro muhofazasining harakatchan kuchlari tomonidan yordam berish tariqasida olib boriladi. O‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam zararlanish oqibatlarini oldini olishga va asoratlarni kamaytirishga yordam beradi.
Birinchi navbatda zararlanganlarning hayotiga xavf soladigan qon ketishini to‘xtatish kerak. Respirator, protivogazlar va qo‘l ostidagi vositalar yordamida nafas a’zolarini radioaktiv changlarning kirishidan saqlash kerak. Yumshoq to‘qimalarning shikastlanishida va sinishlarda qo‘l-oyoqlarni immobilizatsiya qilib, shokka qarshi choralar ko‘riladi. Radiatsion o‘choqdan tezlik bilan chiqishning iloji bo‘lmasa, singuvchi radiatsiyaning zararlovchi ta’sirini kamaytirish maqsadida shaxsiy aptechkadan nurlanishga qarshi tabletkalar (6 ta sistamin tabletkasi) qabul qilinadi. Sistaminning ta’siri ichilgandan keyin 30 daqiqadan so‘ng ta’sir qiladi. Ko‘ngil aynash va qayd qilishning oldini olish maqsadida etaperazin yoki aeron tabletkalari ichiraladi.
Shikastlanish o‘chog‘ida yerga o‘tirish, ichish, ovqat eyish, atrofdagi buyumlarni qo‘l bilan ushlash man etiladi.
Hamma shikastlanganlar ularga birinchi yordam ko‘rsatilganidan so‘ng radioaktiv shikastlanish o‘chog‘idan birinchi tibbiy yordam otryadiga tezlik bilan evakuasiya qilinadilar. Birinchi navbatda og‘ir jarohat olganlar evakuasiya qilinadi.Transport vositalari bo‘lmasa, engil shikastlanganlarga mustaqil ravishda o‘choqdan chiqish yo‘li ko‘rsatiladi.
Radioaktiv shikastlanish o‘chog‘idan evakuasiya qilingan odamlar birinchi navbatda qisman sanitar ishlovga, dozimetrik nazoratga beriladi. Undan keyin shikastlanish belgilari yo‘q, ish qobiliyatini saqlab qolgan shikastlanganlarni ma’lum bir vaqt davomida tekshirib turish kerak.
Organizmga radioaktiv moddalar kirgan, ya’ni inkorporatsiya vaqtida maxsus antidotlar beriladi. Bu antidotlar radioaktiv moddalarni organizmdan chiqarilishiga yordam beradi. Bunday antidotlarga kaliy yodid, kalsiy glukonat, pentasin, unitiol, tetasin kalsiy, etilendiamin tetrauksus kislotasining dinatriyli tuzi, trimefasin, penisillamin, fyerrosin, zosterin kiradi.

Download 34,45 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 34,45 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shikastlanish o‘chog‘ida zararlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish

Download 34,45 Kb.