|
Uchma-uch payvandlash
|
bet | 1/3 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 174,67 Kb. | | #144501 |
Bog'liq Uchma uch payvandlash
Uchma-uch payvandlash deb, kontaktli payvandlashning shunday turini
aytiladiki, bunda payvandlash detallarning birlashtiriladigan butun yuzasi, butun
uchma-uch birikish joyi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Uchma-uch payvandlash sxemasi.
Payvandlash uchun detallar qisish qurilmasi yordamida pastki tok o‘tkazuvchi
elektrodlarga siqiladi. Bu elektrodlar kontaktli payvandlash mashinasi
transformatori ikkilamchi chug‘amining har xil ishorali qutblari hisoblanadi. Tokni
almashlab ulagich yordamida transformatorning ikkilamchi chulgami zanjirini
tutashtirib, qarshilikka keltirilgan detallar orqali katta kuchli tok o‘tkaziladi.
Shunda ikki detalining tegish qarshiligi evaziga jadal ajralib chiqayotgan issiqlik
payvandlanayottan yuzalarning metallning erish haroratiga yaqin haroratgacha tez
qizishini ta’minlaydi. Detallar talab etilgan darajada qizigandan keyin cho‘ktirish
qurilmasi yordamida bosiladi.
Yuqori harorat va bosimning birgalikdagi ta’siri payvandlanayotgan qismlar
materialidan umumiy kristall panjara hosil bo‘lishi tufayli detallar
payvandlanishini ta’minlaydi.
Uchma-uch payvandlash bajarilish usuliga qarab ikki asosiy turga ajratiladi:
1) Qarshilik bilan uchma-uch payvandlash.
Qarshilik bilan uchma-uch payvandlashda detallar avval Fb kuch bilan siqiladi
va payvandlash transformatori tarmoqqa ulanadi. Detallar orqali payvandlash toki
I
pay o‘tadi va detallarning detallarning uchma-uch birikish joylari erish haroratiga
yaqin haroratgacha asta-sekin qiziydi. Keyin payvandlash toki uzib qo‘yiladi va
cho‘ktirish kuchi keskin oshiriladi, shunda ular uchma-uch birikish joyida
deformatsiyalanadi. Bunda payvandlash joyidan sirtdagi pardalarning bir qismi
siqilib chiqadi, fizik kontakt shakllanadi va birikma hosil bo‘ladi.
Qarshilik bilan uchma-uchpayvandlashda birikma hosil bo‘lish sxemasi.
(Fb – boshlang’ich kuch; Fcho‘kt – cho‘ktirish kuchi).
Qarshilik bilan uchma-uch payvandlashda birinchi tayyorgarlik bosqichida
detallar katta kuch ta’sirida bir-biriga tegadi.
Ikkinchi bosqichda tok ulanib, birikmaning yon yuzalari asosiy metallning
erish harorati Terish ning (0,8–0,9) qismi qadar qizdiriladi. Metallning tutash
qismlari ma’lum chuqurlikkacha qiziydi va birgaliqda plastik deformatsiyalanish
sodir bo‘ladi. Payvandlashning ayni usulida plastik deformatsiya vaqtida yon
yuzalardan oksidlarning bir qismi siqilib chiqadi. Bu paytda atomlarning termik
faollashuvi o‘zaro ta’sirning aktiv markazi yuzaga kelishiga va qattiq fazada
payvand birikmaning uzil-kesil shakllanishiga yordam beradi.
Detallarni uchidagi pardalari payvand birikma hosil bo‘lishiga katta ta’sir
ko‘rsatadi. Qizdirish vaqtida havo qizdirilayotgan uchlarga deyarli qarshiliksiz
kirib, ularni oksidlaydi va atomlararo bog‘lanishlar yuzaga kelishiga to‘sqinlik
qiladi. Mazkur usulning ayrim turlarida qo‘llaniluvchi payvandlash joyini
himoyalash oksidlanish jarayonlarini sekinlashtiradi. Qarshilik bilan uchma-uch
payvandlashda birikish joyida odatda oksidlarning bir qismi qolib ketadi, ular
birikmaning sifatini yomonlashtiradi;
2) Eritib uchma-uch payvandlash.
Eritib uchma-uch payvandlashda dastlab detallarga payvandlash
transformatoridan kuchlanish beriladi, keyin ular bir-biriga yaqinlashtiriladi.
Detallar bir-biriga tekkanda tokning zichligi kattalagi tufayli tegish joyining ayrim
joylaridagi metall tez qiziydi va portlashsimon yemiriladi. Tegish joylari, ya’ni
ulagichlar uzluksiz hosil bo‘lishi va yemirilishi, ya’ni uchlarning erishi hisobiga
detallarning uchlari qiziydi. Jarayon oxiriga kelib, uchlarda uzluksiz suyuq, metall
qatlami yuzaga keladi. Bu paytda yaqinlashtirish tezligi va cho‘ktirish kuchi keskin
oshiriladi; uchlar bir-biriga tutashadi, suyuq metallning ko‘p qismi sirtdagi
pardalar bilan birga payvandlash joyidan siqilib chiqib, qalinlashgan joy - grat
hosil qiladi. Payvandlash toki cho‘ktirish vaqtila o‘z-o‘zidan uziladi.
Eritib uchma-uch payvandlashda birikma hosil bo‘lish sxemasi.
– boshlang’ichkuch; Fcho‘kt – cho‘ktirish kuchi; – erigan metal qatlami).
Eritib uchma-uch payvandlashda birinchi bosqichda detallarning uchlari faqat
elektr kontakt uchun yetarli bo‘lgan kichikroq kuch bilan bir-biriga tekkiziladi.
Ikkinchi bosqichda payvandlash joyi qizdiriladi va eritiladi. Uchlar avval qattiq
holatda tekkiziladi, keyin esa eritilgan metal ulagichlar ko‘rinishda tegadi, bu
ulagichlar vaqti-vaqtida yemiriladi. Eritib qizdirishda uchlarning harorati erish
haroratiga yaqin bo‘ladi. Katta kesimli detallar bu bosqichdan oldin uchlarini qisqa
muddat tutashrish yo‘li bilan yoki toretsinduktori orqali yuqori chastotali tok
(YUCHT) bilan biroz qizdiriladi. Uchinchi bosqichda cho‘ktirish amalga
oshiriladi. Uchlar bir-biriga tez yaqinlashtirilganda uchlarni berkitib turuvchi
erigan metal pardalari umumiy suyuq yupqa qatlamga birlashadi va suyuq fazada
umumiy bog‘lanishlar vujudga keladi. Cho‘ktirish va plastic deformatsiyalash
davom ettirilganda suyuq metal tirqishdan siqilib chiqadi hamda birikma endi
qattik fazada uzil-kesil shakllanadi. Erigan metallning birqismi siqilib
chiqmasdan qolibketishi mumkin va bujoyda payvand birikma birgalikda
kristallanish natijasida hosil bo‘ladi. Eritib payvandlashda oksid pardalarini
yo‘qotish ancha oson. Ularning ko‘p qismi yuzada erigan metal holatida bo‘lib,
detallar uchlarini qoplab turadi va cho‘ktirish chog’ida erigan metal bilan birga
chiqib ketadi.
Eritib uchma-uch payvandlash usuli payvanlalanadigan detallar ko‘ndalang
kesimining materiali, katta-kichikligi vas hakliga qarab, shuningdek mavjud
uskunalarni hamda birikmaning sifatiga qo‘yiladigan talablarni inobatga olingan
holda tanlanadi:
- qarshilik bilan payvandlash orqali asosan kichikroq kesimli (ko‘pi bilan 250
mm
2) detallar biriktiriladi;
- kesimi 1000 mm2 gacha bo‘lgan detallar uzluksiz eritib payvandlanadi (erish
jarayoning o‘z-o‘zidan rostlanishi yomon bo‘lgani uchun bundan katta kesimli
detallarni bu usulda payvandlab bo‘lmaydi);
- biroz qizdirgan holda eritib qarshilik bilan payvandlash 5000–10000 mm2 li
kesimlar bilan chegaralanadi. Kesimi 10000 mm2 dan katta detallar payvandlash
transformatorining kuchlanishi va harakatlanuvchi qisqichni uzatish tezligi dastur
bilan boshqariluvchi mashinalarda uzluksiz eritib payvandlanadi.
|
| |