• 1. Quymalarni metall qoliplarda olish
  • Quyma olishning maxsus usullari




    Download 7.33 Kb.
    bet1/3
    Sana02.02.2024
    Hajmi7.33 Kb.
    #150719
      1   2   3
    Bog'liq
    Quyma olishning maxsus usullari-fayllar.org
    Academic-Data-324211103151, 1, Asinxron elektr dvigatel, BODE MEZONIGA KORA TIZIM TURGUNLIGINI ANIQLASH, ASINXRON MATORNING ELEKTROMAGNIT JARAYONLAR, 1-БЕШБОЛА МФЙ 9 ТОИФА РУЙХАТИ, Интеграл Дюамеля mustaqil, 14 yanvar, 21 test savollar, 08 04 2023, Gulomova, 14-ma\'ruza

    Quyma olishning maxsus usullari

    . Quyma olishning maxsus usullari
    Metallardan bir tipdagi quymalarni ko‘plab olishga ehtiyojning ortishi yirik quyuv korxonalarini barpo etishga, an’anaviy usullarda quymalarni olishdagi kamchiliklar (qolipning bitta quyma olishgagina yaroqliligi, o‘lcham- larining u qadar aniq bo‘lmasligi, qo‘yim qiymatining katta- ligi)dan holi bo‘lgan usullar ustida izlanishlar quyidagi takomillashgan texnologik usullar yaratilishiga olib keldi. Ularni quyida ko‘rib chiqamiz.
    1. Quymalarni metall qoliplarda olish
    Bu usulda po‘lat qolipga metall erkin quyilib puxta, aniq o‘lchamli, tekis yuzali sifatli quymalar olinadi. Metall qolip narxining qimmatligi, qolipda metallning tez sovishi sababli metallning oquvchanligining kamayib ketishi, quymalar yuzasida qattiq qatlamli struktura bo‘lishi bu usulning kamchiligi bo‘ladi.
    Metall qoliplar konstruktsiyasi olinuvchi quyma shakli va o‘lchamlariga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Masalan, oddiy quymalar olishga mo‘ljallangan qoliplar ajralmaydigan va murakkab quymalarning qoliplari vertikal, gorizontal yoki murakkab tekisliklar bo‘yicha ajraladigan bir necha bo‘lakdan iborat bo‘ladi.
    Qora metall quymalar uchun sterjenlar sifatli qum-gilli materiallardan yasalsa, rangli metall quymalar uchun qora metall qotishmalaridan tayyorlanadi. Qolipga quyilgan metallning bir tekis sovishini ta’minlash maqsadida uning sirt yuzalariga maxsus quyma-barmoqlar o‘rnatiladi.
    1-rasmda vertikal tekislik bo‘yicha ajraluvchi metall qolip ko‘rsatilgan.


    1-rasm. Metall qolipning vertikal tekislik bo‘yicha ajralishi:
    1 va 2 - qolip pallalari; 3 - quloq; 5, 6 va 9 - quyish tizimi kanallari;
    7 - shtir; 8 - qolip; 10 - vipor; 11 - yarim qolip; 12 - old babka;
    13 - prujina; 14 - plita; 15 - turtki.
    Shuni qayd etish lozimki, qoliplarning ajralish yuzalarida havo va gazlarni chiqaruvchi kichik kanalchalari bo‘ladi. Qoliplarning ish muddatini oshirish bilan quyma sifatini yaxshilash maqsadida qolipga metall quyilgunga qadar ularni 100-300°С ga qizdirib, ichki yuzalariga o‘tga chidamli bo‘yoq surkaladi yoki o‘tga chidamli qo‘plama material yupqa qilib qoplanadi. Agar olinuvchi quyma yupqa devorli bo‘lib, shakli murakkab bo‘lsa, uning hamma qismini metall bilan bir tekisda to‘ldirish maqsadida qolip tebratib turiladi.


    Download 7.33 Kb.
      1   2   3




    Download 7.33 Kb.