Ishlash prinsipi. 4.16–rasmda induksion relelarning yasalish prinsipi ko‘rsatilgan. Rele ikki magnit oqim F
I va F
II ning magnit maydoni ta’sirida harakatlanuvchi qism 3 dan iborat. Magnit oqimlar qo‘zg‘almas elektromagnitlar 1 va 2 ning chulg‘amida tok oqishi natijasida yuzaga keladi. Harakatlanuvchi qism mis yoki alyuminiydan yasalgan va o‘qga maxkamlangan aylanuvchi disk yoki silindr shaklida tayyorlanadi. Soat strelkasiga teskari harakatlangan qism (disk) prujina 5 ni kuchini engib, kontaktlar 4 ni ulaydi.
4.16-rasm. Induksion
relelarning tuzilishi
Chulg‘amlar 1 va 2 dan F
I va F
II magnit oqimlar hosil qiluvchi (4.16- rasm) o‘zgaruvchan sinusoidal I
1 va I
2 toklar oqadi. Magnitlashga sarf bo‘lgan yo‘qolishlarni hisobga olmasak, F
I va F
II oqimlar fazalari bo‘yicha ularni hosil qiluvchi
toklar bilan mos keladi, bu 4.17-rasmdagi vektor diagrammada ko‘rsatilgan.
4.17-rasm. Induksion rele e.yu.k. si, tok va magnit oqimlari vektor
diagrammasi.