• Davriy oʻzgaruvchan tok.
  • Bir fazali oʻzgaruvchan tok zanjirlari 1-§. Oʻzgaruvchan tok va uning turlari




    Download 124.97 Kb.
    Sana27.02.2024
    Hajmi124.97 Kb.
    #163210
    Bog'liq
    PED NAZ UMK 1, seminar7, QR kod , 1 rus Geom Ishchi o\'quv dastur Физика Астрономия, ijtimoiy adabiyotlar (2), Ўтилган фанлар, модулдаги фанлар, 42-maktab hisobot, КЛАССИФИКАЦИЯ ВРЕДНЫХ И ОПАСНЫХ ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ ФАКТОРОВ (2), Декларация 2022 йил, Уралский университет, Excel 2 амалий иш, 1122, Mo\'minxo\'jayev Nurxo\'ja (5), 2 ZARNIGOR

    BIR FAZALI OʻZGARUVCHAN TOK ZANJIRLARI
    2.1-§.Oʻzgaruvchan tok va uning turlari
    Yoʻnalishi va son qiymati davriy ravishda oʻzgarib turadigan har qanday tok oʻzgaruvchan tok dеyiladi. Oʻzgaruvchan tok vaqt boʻyicha maʻlum qonun asosida oʻzgaradi, yani tokning qiymati vaqtning funksiyasidir(2.1-rasm). Shuningdek, elektromagnit energiyasini bir turdan boshqa turga aylantirishning barcha fizik jarayonlari hozirgi zamon elektrotexnikasining barcha sohalari (elektr mashinalar, elektroʻtkazgichlar, yarimoʻtkazgichlar, elektr avtomatika, elektronika, radiotexnika, aloqa, hisoblash texnikasi, mikro va nanoelektronika va boshqalar)ning asosini tashkil etadi.Ayrim elektr qurilmalarda esa qiymati davriy ravishda oʻzgaruvchi toklar ishlatiladi, bunday toklar pulsatsiyalanuvchi toklar deyiladi.

    2.1-rasm. Tok kuchi va kuchlanishning vaqt boʻyicha oʻzgarish diagrammasi.
    Umuman oʻzgaruvchan tokni shartli ravishda uchta turga boʻlish mumkin:
    1) qiymati oʻzgaruvchan, ammo yoʻnalishi oʻzgarmas tok (2.1-rasm, 1-egri chiziq);
    2) qiymati va yoʻnalishi oʻzgarmas tok(2.1-rasm, 2-toʻgʻri chiziq);
    3) qiymati va yoʻnalishi oʻzgaruvchan tok (2.1-rasm, 3-egri chiziq);
    4) davriy oʻzgaruvchan tok (2.1-rasm, 4-egri chiziq);
    Davriy oʻzgaruvchan tok. Sanoatda va turmushda foydalaniladigan oʻzgaruvchan tok sinusoidal yani sinus qonuni boʻyicha oʻzgaradigan oʻzgaruvchan tokdir (2.1-rasm, 4-egri chiziq). Bu tokni yuqori kuchlanish bilan uzoq masofalarga uzatish hamda oʻzgaruvchan tokda ishlovchi mashina va apparatlar (transformatorlar, asinxron va sinxron dvigatellar)ni ishga tushirishda ishlatish mumkin. Sinusoidal qonun boʻyicha oʻzgaradigan elektr yurutuvchi kuch (EYuK), kuchlanish va toklar sinusoidal oʻzgaruvchan kattaliklar hisoblanadi. Sinusoidal oʻzgaruvchan kagtaliklar boʻlmish EYuK, kuchlanish, tok va quvvatlarining ixtiyoriy vaqtdagi qiymatlari oniy qiymatlar deyilib, e, u, i va p kichik harflar bilan belgilanadi.
    Vaqt birligida EYuK, tok va kuchlanish sinusoidal qonun boʻyicha oʻzgaradigan toklar sinusoidal toklar deb ataladi(2.2-rasm). Sinusoidal tok vaqt birligida quyidagicha oʻzgaradi(2.1).
    (2.1)
    bu yerda – oʻzgaruvchan tokning oniy qiymati, – oʻzgaruvchan tokning maksimal (amplituda) qiymati, – burchak chastota, – boshlangʻich faza, –vaqt, -tebranishlar fazasi.

    2.2-rasm.Sinusoidal tok kuchining vaqt birligida oʻzgarish grafigi.
    Agar tok qiymatlari bir xil vaqt oraliqlarida takrorlansa unda bu davriy tok deyiladi.
    (2.2.)
    Oʻzgaruvchan tok qiymatlari eng kam vaqt oraliqlarida takrorlansa bu vaqt davr deyiladi T va sekundlarda oʻlchanadi.
    Sinusoidal tokning davriy qiymati quyidagi formula orqali topiladi.
    (2.3)
    Bu yerda tokning maksimal yoki amplituda qiymati. sinusoidal funksiya argument faza deyiladi; vaqt oraligʻidagi fazaga teng boʻlgan kattaligi boshlangʻich faza deyiladi. Faza radian yoki graduslarda oʻlchanadi. Davrga teskari boʻlgan kattalik chastota deyiladi. Chastota ν gertslarda oʻlchanadi(2.4).
    [Hz] (2.4)
    Gʻarbiy yarim shardava, Yaponiyada 60 Hz li oʻzgaruvchan tok, sharqiy yarimsharda esa 50 Hz chastotali tok foydalaniladi.
    ω kattaligi aylanma yoki burchakli chastota deyiladi, burchakli chastota rad/sda oʻlchanadi(2.5).
    (2.5)
    Agar bir xil chastotali sinusoidal toklarning boshlangʻich fazalari bir xil boʻlsa unda bu toklar faza boʻyicha toʻgʻri keladi. Ikkita sinusoidal toklarning faza siljishi boshlangʻich fazalarning ayirmasi (2.6) bilan oʻlchanadi.
    (2.6)
    Ossellograf yordamida sinusoidal tok yoki kuchlanishning amplituda qiymatini oʻlchash mumkin. Elektromagnit tizimining ampermetr va voltmetrlari oʻzgaruvchan tok va kuchlanishning amaldagi qiymatlarini oʻlchaydi. Davr davomidagi tokning oʻrtakvadrat qiymatiga oʻzgaruvchan tokning amaldagi qiymati deyiladi.
    Baʻzan elеktr zanjirlarining va oʻzgaruvchan tok qurilmalarining ishlashi tahlil qilinganda sinusoidal oʻzgaruvchan kattaliklarning oʻrtacha qiymatini aniqlash kеrak boʻladi. Umuman, sinusoidal kattaliklarning davr ichidagi oʻrtacha qiymati nolga tеng boʻlganidan uning musbat yarim davrdagi oʻrtacha qiymati inobatga olinadi (2.1-rasm). U holda tok ning oʻrtacha qiymati:
    (2.7)
    Dеmak, sinusoidal tokning oʻrtacha qiymati musbat yarim davrdagi oniy toklar yigʻindisining oʻrtacha arifmеtik qiymatiga tеng. Yuqoridagi oʻxshash yoʻl bilan EYuK va kuchlanishning ham oʻrtacha qiymatlarini topish mumkin:
    (2.8)
    (2.9)
    Oʻzgaruvchan tok taʻsir etuvchi qiymatining uning oʻrtacha qiymatiga nisbati (I/Ioʻr ) sinusoidal shaklining koefftsiеnti ni ifodalaydi:
    (2.10)
    Olingan nisbat sinusoidal oʻzgaruvchan kattaliklarning oʻrtacha qiymatlari maʻlum boʻlsa, ularning taʻsir etuvchi qiymatlarini aniqlash va aksincha, taʻsir etuvchi qiymatlari maʻlum boʻlsa, oʻrtacha qiymatlarini aniqlashga imkon bеradi:

    Download 124.97 Kb.




    Download 124.97 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bir fazali oʻzgaruvchan tok zanjirlari 1-§. Oʻzgaruvchan tok va uning turlari

    Download 124.97 Kb.