• 1. Kislota–asosli titrlash usuli–bu usul asosida neytrallanish reaksiyasi yotadi: H+ + OH– = H2O
  • Reja: Neytrallash usuli Usulning avzal va kamchiliklari Foydalanish sohalari, indikatorlari Neytrallash yoki kislota asosli titrlash usuli




    Download 1.44 Mb.
    Sana31.10.2023
    Hajmi1.44 Mb.
    #91736
    Bog'liq
    Toshkent Kimyo-WPS Office


    Fan:Analitik kimyo
    B21-06-u 002 guruh talabasi
    Bajardi: Qõchqorov Umid
    Teshirdi:Raxmatova Nodira
    Toshkent Kimyo Texnologiya Instituti
    Oziq-Ovqat Mahsulotlari Texnalogiyasi
    fakulteti
    Reja:
    Neytrallash usuli
    Usulning avzal va kamchiliklari
    Foydalanish sohalari, indikatorlari
    Neytrallash yoki kislota asosli titrlash usuli
    vodorod va gidroksid ionlarining reaksiyasiga asoslangan.
    Bu usulda biror kislotaning titrlangan eritmasidan foydalanib, ishqorlarning konsentratsiyasini aniqlash mumkin (atsidometriya) va aksincha, ishqorlarning titrlangan eritmasidan foydalanib kislotalarning miqdorini aniqlash mumkin ( alkalometriya).
    Shu bilan bir qatorda bu usul bilan gidrolizlanish natijasida kislotali yoki ishqoriy muhit beruvchi tuzlarning miqdorinini ham aniqlash mumkin.
    Konsentratsiyasi ma'lum eritma titrlangan eritma deb ataladi.
    Noma'lum moddaning konsentratsiyasini aniqlashga yordam beruvchi aniq konsentratsiyali eritma- ishchi eritma deyiladi.
    Ishchi eritma sifatida nеytrallash usulida odatda kislota (HCl yoki H2SO4) yoki ishqor (KOH yoki NaOH) eritmasi qo’llaniladi. Bu eritmalarning aniq tortim bo’yicha tayyorlab bo’lmaydi, chunki ular gigroskopikdir. Tortim bo’yicha tayyorlangan eritmalar kеyinchalik boshqa standart eritmalar (aniqlovchi) bilan titrlanadi. Kislota-asosli titrlash usulida ekvivalеnt nuqtasini aniqlash uchun maxsus kislota-asosli indikatorlari qo’llaniladi.
    1. Kislota–asosli titrlash usuli–bu usul asosida neytrallanish reaksiyasi yotadi:
    H+ + OH– = H2O
    Kislota–asosli titrlash usuli bilan kislotalar, ishqorlar va shu bilan birga ba`zi tuzlarning miqdori aniqlanadi.
    Titrometrik analiz usullari
    2. Oksidlanish–qaytarilish xususiyatli titrlash usuli–bu usul asosida oksidlanish–qaytarilish reaksiyasi yotadi. Oksidlovchi moddalar eritmalari yordamida qaytaruvchi moddalarning miqdori aniqlanadi va aksincha. Bu usul o`z navbatida permanganatometriya, yodometriya, yodxlorometriya, serimetriya, bromatometriya, nitritometriya usullariga bo`linadi.
    3. Ionlarni qiyin eruvchi birikmalar ko`rinishida cho`ktirishga asoslangan cho`ktirish usullari. Bu usullar Mor, Folgard, Fayans usullariga bo`linadi
    4. Ionlarni dissotsiyalangan kompleksga bog`lashga asoslangan kompleks hosil qilish usullari.
    Titrlashning quyidagi turlari farqlanadi:
    a) to`g`ri titrlash–reaksiya titrlanayotgan modda bilan ishchi eritma o`rtasida ketgan vaqtda titrlash;
    b) teskari titrlash–aniqlanayotgan eritmaga muayyan ortiqcha (ammo aniq o`lchangan) miqdordagi ma`lum konsentratsiyali eritma qo`shilgan va bu reaktivning ortiqchasi ishchi eritma bilan titrlangan vaqtda titrlash;
    c) o`rinbosarni titrlash–ishchi eritma bilan aniqlanayotgan moddaning biror reaktiv o`rtasidagi reaksiya mahsuloti titrlangan vaqtda titrlash.
    01
    03
    05
    04
    02
    Amperoometrik analiz usuli boshqa analitik usullardan ko'ra avzalliklari
    Tanlab ta'sir etuvchanligi;
    O'ta suyultirilgan eritmalarda ham olib borish mumkin ekanligi;
    Amperometrik titrlashni uch xil muhitda ya'ni suvli, suvsiz va aralash muhitda olib borish mumkinligi
    Titrlashda turli xil elektrodlardan foydalanish mumkinligi, masalan: platina, oltin, kumush, tantal va h. k.;
    Usulning sezgirlik darajasining yuqoriligi (10-6 mol/l);
    Ekvivalent nuqta shunday holatki, bunda titrlash vaqtida reaksiyada ishtirok etayotgan moddalar bir biri bilan ekvivalent miqdorda o’zar tasirlashadi. Shuning uchun reaksiya oxirini bilish yoki ekvivalent nuqtani aniq topish katta ahamiyatga ega . Ekvivalent nuqtani aniqlash uchun indikatorlardan foydalaniladi.
    Indikatorlar shunday moddalarki ular reaksiya vaqtida ishtirok etib ekvivalent nuqtaga yetganda ko’z bilan seza oladigan ( rangini o’zgartirish, cho’kma hosil bo’lishi va h.k) biror o’zgarish hosil qilish xususiyatiga ega . Ba’zan indikatorlar vazifasini reaksiyaga kirishayotgan moddalardan biri bajarishi mumkin.
    Download 1.44 Mb.




    Download 1.44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Neytrallash usuli Usulning avzal va kamchiliklari Foydalanish sohalari, indikatorlari Neytrallash yoki kislota asosli titrlash usuli

    Download 1.44 Mb.