• Kerakli asbob uskunalar
  • I. Nazariy tushunchalar 1.1. Ishning maqsadi va umumiy tushunchalar
  • Zarrachalardan tozalash




    Download 0.52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana15.04.2024
    Hajmi0.52 Mb.
    #195671
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1-lab
    1 dan n gacha sonlarning Yig’indisini topish dasturi Sum= Dastur, Ranges radio frequencies Viki, Lesson 3, lesson 6


    1- TAJRIBA ISHI. TABIIY SUVLARNI DAG‘AL VA KOLLOID 
    ZARRACHALARDAN TOZALASH 
     
    Ishning maqsadi. Suv tozalash jarayonlarida ishlatiladigan qurilmalarni 
    konstruksiyalarini o‘rganish, tabiiy suvlari tozalashda kerakli reagentlar miqdorini 
    aniqlash . 
    Kerakli asbob uskunalar: Koagulyantlar, kolbalar, filtrlovchi qog‘ozlar, 
    elektron tarozi, pH metr, termometrlar, kimyoviy reagentlar suv qizdirish 
    moslamalari.
    Tayanch iboralar: Koagulyatsiya, koeffitsient, muallaq dag‘al zarrachalar, 
    kalloid-dispers kremniy, temir, alyuminiy, molekulalar, pH metr, izoelektrik, 
    reagent, dissotsiya, Amfalit, tarozi, kolba, probirka.
    I. Nazariy tushunchalar 
    1.1. Ishning maqsadi va umumiy tushunchalar 
    Bu tajriba ishida tabiiy suvlarni tarkibida uchraydigan dag‘al va kalloid - 
    dispers zarrachalardan qanday tozalash texnologiyasi ko‘rsatilgan bo‘lib, ishning 
    maqsadi quyidagilardan iborat: 
    1.Koagulyatsiya jarayonini suvning pH shi har xil bo‘lgan hollarda olib 
    borish; 
    2.Koagulyatsiya natijasini suvning ishqorligi, tiniqligi va undagi organik 
    moddalarning miqdori (oksidlanishi) o‘zgarishi bilan tekshirish. 
    Tabiiy suvlarning tarkibida uchraydigan organik va anorganik, shuningdek 
    kalloid moddalar, issiqlik elektr – stantsiyalarda suvning bug‘ga aylanish 
    jarayonida isitgachlar devorlarida har xil suvda erimaydigan qattiq moddalar, ya‘ni 
    «qatlam»lar ajralib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bunday qatlamlarning issiqlik 
    o‘tkazuvchanlik. koeffitsienti metallar va metall qotishmalari, issiqlik 
    o‘tkazuvchanlik koeffitsientidan nihoyat kichik bo‘lganligi uchun bug‘ 
    generatorlarning ishlash jarayonida yoqilg‘ilarning ko‘proq sarflashiga, bug‘ hosil 
    qiluvchi uskunalarning tezroq ishdan chiqishiga va nihoyat issiqlik elektr 


    stantsiyalarining foydali ish koeffitsientining pasayib ketishiga sabab bo‘ladi. 
    Yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklarga barham berish uchun tabiiy suvlar, 
    elektr stantsiyalarida ishlatishdan oldin ximiyaviy va termik usullar bilan har xil 
    keraksiz moddalardan tozalanadi. Tabiiy suvlarning tarkibida uchraydigan har xil 
    keraksiz moddalar, zarrachalarning katta – kichikligiga qarab uch guruhga 
    bo‘linadi: 
    I-guruhga suvdagi muallaq dag‘al zarrachalar kiradi. Bularning o‘lchami 
    100 mmk.dan katta bo‘ladi. 
    II- guruhga suvdagi kalloid-dispers zarrachalar kiradi. Bunday kalloid 
    zarrachalarning o‘lchami 1 mmk.dan 100 mmk, gacha bo‘ladi. 
    III 
    - guruhga ion yoki molekulyar ko‘rinishdagi zarrachalar kiradi. 
    Bunday zarrachalarning o‘lchami 1 mmk.dan kichik bo‘ladi. 
    Tabiiy suvlardagi I guruhga, ya‘ni muallaq dag‘al zarrachalar suvda 
    uchraydigan mexanik jinslardan qum, tuproq va shunga o‘xshash moddalardan 
    iborat bo‘lib, bunday moddalar suvning loyqaligini oshiradi, Tabiiy suvlarni 
    bunday dag‘al zarrachalardan har xil tinitgich qurilmalarda suvni tinitish orqali 
    tozalanadi. Suv tinitish jarayonida dag‘al zarrachalarning zichligi suvning 
    zichligidan katta bo‘lsa, bunday zarrachalar tinitgichlarga cho‘kadi.
    Aksincha ularning zichligi suvning zichligadan kichik bo‘lsa, bunday zarrachalar 
    suvning yuziga kalqib chiqadi. Tabiiy suvlarning tarkibida uchraydigan kalloid 
    zarrachalar suvni tinitish natijasida umuman suvdan ajralmaydi. Tabiiy suvlarda 
    asosan quyidagi moddalar, ya‘ni, kremniy, temir, alyuminiy bi-rikmalari, suvga 
    ko‘kish rang beruvchi gumus birikmalar kalloid zarrachalar ko‘rinishida bo‘ladi. 
    Bunday zarrachalar suvda muallaq holatda bo‘lib erkin holatda cho‘kish 
    xususiyatiga ega emas. Quyidagi 1.1- rasmda. Suv molekulalarining tuzilishi (a) va 
    orbitada aylanishi (b) sxemasi keltirilgan. 



    Download 0.52 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 0.52 Mb.
    Pdf ko'rish