• 2. Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar va ularga misollar 3. Xavfsizlikni taʼminlashda psixologiyaning ahamiyati 1
  • 15-bilet Elektr qurilmalarida qoʼllaniladigan muhofaza vositalari




    Download 18.58 Kb.
    bet1/3
    Sana29.03.2024
    Hajmi18.58 Kb.
    #180829
      1   2   3
    Bog'liq
    15-bilet Elektr qurilmalarida qoʼllaniladigan muhofaza vositalar-fayllar.org
    darslik. xat ilova, математика маэмуа, Konferensiya 2023 mart 1-qism-4-12, sardor kibrxavfsizlik, aholiga kurilish materiallari sotish76, Axatov O 22-8, nzgsyEAZqqeBmnvd59cp47uxnyKGG3cesOUgEv1F, Солик турлари, 9 sinf yangi 2019 nashri, 20-son splitPDF Page119-121, Узбекистон тарихи 2020, quvonch, 87. Mo\'minova N, 2 ozb kartografiya

    15-bilet Elektr qurilmalarida qoʼllaniladigan muhofaza vositalari

    Kenjayev Navro’z
    Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan oraliq nazorat savollari
    15-bilet
    1. Elektr qurilmalarida qoʼllaniladigan muhofaza vositalari

    2. Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar va ularga misollar

    3. Xavfsizlikni taʼminlashda psixologiyaning ahamiyati
    1. Elektr qurilmalarida qo‘llaniladigan muhofaza vositalari
    Elektr qurilmalarida ishlayotganlar uchun muhofaza vositalarining eng mukammal qilib bajarilganlari ham ba’zi bir hollarda elektr xavfsizligini to‘la ta’minlay olmaydi. Masalan, elektr toki o‘tkazgichlari yaqinida ishlayotgan kishilar, agar bu elektr o‘tkazgichni mustahkam tok o‘tkazmaydigan muhofaza qobiqlari bilan jihozlamasa, elektr xavfi bo‘lishi aniq. Shuningdek, ba’zi bir ishlarni elektr tokini o‘chirmagan holda bajarishga to‘g‘ri keladi, bunda elektr asboblarining tutqichlarini muhofazalash talab qilinadi. Ba’zi bir hollarda esa elektr tarmoqdarida elektr kuchlanishni uzib, remont ishlarini bajariladi. Bunday hollarda bilmasdan tokni ulab yuborish xavfli vaziyatlarga olib keladi.
    Yuqorida sanab o‘tilgan holatlarning har biri o‘ziga yarasha muhofaza vositalari va asboblaridan foydalanishni taqazo etadi.

    Muhofaza vositalari shartli ravishda uch turga bo‘linadi: muhofaza qobiqli, to‘siq va saqlovchi vositalar.

    1. Muhofaza qobiqli elektrdan saqlovchi vositalar ikki turga bo‘linadi:

    a) asosiy muhofaza qobiqli vositalar - uzoq vaqt elektr kuchlanishlari ta’sirida ishlashi mumkin bo‘lgan va elektr kuchlanishidan muhofaza qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan vositalar. Ular bilan elektr kuchlanishga ega bo‘lgan o‘tkazgichlarda elektrni uzmasdan ishlashga ruxsat etiladi. Bunday vositalarga rezinadan qilingan qo‘lqoplar, dastasi muhofaza qobiqlari bilan jihozlangan elektr asboblari, muhofazalangan shtangalar, elektr o‘lchash asboblari, shuningdek, muhofazalangan kuchlanishni o‘lchash asboblari kiritiladi.

    - kuchlanish 1000 V dan oshmaydigan elektr qurilmalarida - elektr


    o'tkazmaydigan rezina qo'lqoplar, dastasi izolyatsiyalangan asboblar va tok
    izlagichlar;
    - 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida - izolyatsiyalovchi
    shtangalar, izolyatsiyalovchi va tok o'tkazuvchi ombirlari, shuningdek, yuqori
    kuchlanishni ko'rsatkichlar.

    b) yordamchi elektr tokidan muhofaza qiluvchi vositalar - elektr tokidan to‘liq himoya qila olmaydigan, lekin elektr ta’sirini qisman kamaytirish imkoniyatiga ega bo‘lgan vositalar. Ular asosiy vositalarga qo‘shimcha ravishda ularning muhofaza qobiliyatini oshirish uchun xizmat qiladi. Yordamchi muhofaza vositalariga dielektrik kalishlar, gilamchalar oyoq ostiga qo‘yiladigan quruq taxtadan qilingan tagliklar va boshqalar kiradi.

    - kuchlanishi 1000 V dan oshmaydigan qurilmalarda - izolyatsiyalovchi


    poyandozlar va tagliklar;
    - kuchlanish 1000V dan katta bo'lgan qurilmalarda - botiklar va tok
    o'tkazmaydigan qo'lqoplar.

    2. To‘siq muhofaza vositalari elektr toki ta’siridan vaqtincha to‘sish yo‘li bilan muhofaza qiladi. Masalan, panjara sifatidagi to‘siqlar, tok taqsimlagich shkaflari va boshqalar. Ba’zi hollarda esa ogohlantiruvchi plakatlar osib qo‘yiladi.
    Bundan tashqari elektr ta’minoti vositalari baland simyog‘ochlarda va chuqur er osti kabellari orqali amalga oshiriladi. Bular ham o‘z navbatida to‘siq vositalar vazifasini bajaradi.

    3. Saqlovchi muhofaza vositalari ishchilarni nur, issiqlik va mexanik jarohatlardan saqlash vazifasini bajaradi.
    Saqlash qurilmalarining asosiy vazifasi ish joylarida nazorat qilinishi talab etiladigan ko‘rsatkichlar (kuch miqdori, bosim, harorat, siljish va boshqalar) ruxsat etilgan miqdoridan oshgan taqdirda, mashina yoki mexanizmni ishdan avtomatik ravishda to‘xtatishdan iborat.



    Download 18.58 Kb.
      1   2   3




    Download 18.58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    15-bilet Elektr qurilmalarida qoʼllaniladigan muhofaza vositalari

    Download 18.58 Kb.