• Kimyoviy xossalari.
  • Kashf qilinishi.
  • Inert gazlar




    Download 20.25 Kb.
    bet1/3
    Sana17.10.2023
    Hajmi20.25 Kb.
    #87968
      1   2   3
    Bog'liq
    Документ Microsoft Word (2)
    Elektr tarmoqlari va jihozlariga texnik xizmat ko`rsatish, ishlatish va ta`mirlash, песен стих

    Inert gazlar
    Davriy jadvaldagi faqat bitta guruh to‘laligicha gazlardan tashkil topgan guruh sanaladi. 18-guruhni tashkil qiluvchi ushbu gazlar umumiy qilib "inert gazlar" deyiladi. Chunki, ushbu gazlar boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishmaydi.
    Ushbu guruh tarkibi - geliy (He), neon (Ne), argon (Ar), kripton (Kr), ksenon (Xe) va radon (Rn) elementlaridan iborat. Ushbu elementlar tabiatda mavjud barcha elementlar ichida eng past kimyoviy faollikka ega bo‘lgan, sust elementlardir. Bunday sust reaktivlikning boisi esa, mazkur elementlar atomlarining tashqi elektron qobiqlari to‘la ekani bilan bog‘liq. Shu sababli, ushbu element atomlari shundoq ham juda barqaror bo‘lib, shuning uchun ular inert deyiladi.

    Mazkur inert gazlar bir birlik havo tarkibida quyidagi nisbatlarda mavjud bo‘ladi:


    Argon (Ar): 0,932%;
    Geliy (He): 0,0046%;
    Neon (Ne): 0,001818% ;
    Kripton (Kr): 0,00141%;
    Ksenon (Xe): 0,0009%.
    Fizik xossalari.
    Barcha inert gazlar bir atomli holatda bo‘ladi. Ya'ni, ular tabiatda alohida atomlar holida uchraydi. Boz ustiga, inert gazlarning qaynash harorat favqulodda darajada juda past bo‘ladi. Masalan, geliy −269,8 °C da qaynaydi.
    Kimyoviy xossalari.
    Ushbu guruh inert gazlar deb atalishining boisi ham, ularning boshqa moddalar bilan umuman reaksiyaga kirishmaydi deb hisoblangani sababidan bo‘lgan. Biroq, bu narsa faqat geliy, neon va argon gazlariga tegishli gap xolos. Kriptonga muayyan sharoitlar qilib berilsa, u ftor bilan reaksiyaga kirishib, rangsiz va qattiq modda KrF2 hosil qiladi. Qolaversa, ksenonning ham ftor hamda, kislorod bilan turli kimyoviy birikmalar hosil qilishi ma'lum.
    Kashf qilinishi.
    Inert gazlar ichida eng birinchi bo‘lib argon kashf etilgan. Ushbu gazning kashf qilingani haqidagi xabar butun dunyoga 1894-yilda Angliyadan tarqalgan. Kashfiyot mualliflari lord Reley (1842-1919) va Uilyam Ramzay (1852-1916) bo‘lishgan. Argonning kashf etilishda, muayyan hajmdagi havo ajratib olingan va undan avvaliga azot va keyin kislorod chiqarib yuborilgan. Natijada, tajriba idishlarida, hali fanga noma'lum bo‘lgan gaz qolgan. Birinchi tajribaning o‘zidayoq Ramzay laboratoriyada 100 m3 atrofidagi argon gazini olishga muvaffaq bo‘lgan edi. "Argon" - yunon tilidan olingan atama bo‘lib, uning ma'nosi "nofaol", "sust" degan ma'nolarni beradi.
    1895-yilda Uilyam Ramzayning o‘zi yana bir inert gaz - geliyni kashf qildi. U turli minerallar tarkibidan argon qidirgan edi. Lekin, buning o‘rniga u geliyni kashf qilishga muvaffaq bo‘ldi. 1906-yilda esa Britaniyalik yana ikki olimlar - Ernest Rezerford (1871-1937) va Tomas Royds (1884-1955) radioaktiv parchalanishdagi uchib chiquvchi alfa-zarracha bu - geliy yadrosi ekanini aniqlashdi.
    1898-yilda Uilyam Ramzay va uning hamkasbi Moris Travers (1871-1962) birgalikda kripton va neon gazlarini kashf qilishdi. Ular mazkur ikki gazni, suyultirilgan havoning tarkibini o‘rganish jarayonida kashf qilishgan.
    Radon esa sof holatda 1908-yilda Uilyam Ramzay va Robert Vitlou-Grey (1877-1958) tomonidan ajratib olingan. Ushbu olimlar uning zichligini ham aniqlashgan. Ulardan biri radon - xona haroratidagi eng og‘ir gaz hisoblanadi.

    Download 20.25 Kb.
      1   2   3




    Download 20.25 Kb.