Mavzu: Raqamli o‘lchash asboblari O'lchash asboblari




Download 17.55 Kb.
Sana24.05.2023
Hajmi17.55 Kb.
#63920
Bog'liq
Mavzu Raqamli o‘lchash asboblari O\'lchash asboblari



Mavzu: Raqamli o‘lchash asboblari
O'lchash asboblari — o'lchanadigan kattalikning qiymatini (yoki miqsorini) bevosita aniqlashga imkon beradigan vositalar. Analog , raqamli, ko'rsatuvchi va qayd qiluvchi, integrallovchi, jamlovchi va boshqalar turlarga bo'linadi. Analog O'lchash asboblarida kattaliklarni o'lchash shkala bo'yicha, raqaml i O'lchash asboblarida raqamli hisoblash qurilmasi bo'yicha amalga oshiriladi. Ko'rsatuvchi O'lchash asboblari o'lchash natijalarini faqat ko'rib turib aniqlash uchun mo'ljallangan. Qayd qiluvchi O'lchash asboblari o'lchash natijalarini qog'ozga qayd qilib borish qurilmasi bilan ta'minlanadi. Bunday asboblar yozib boruvchi (qaydlar qog'ozga diagramma tarzida chizib boriladi) va bosuvchi (o'lchash natijalari qog'ozga raqamlar tarzida bosib boriladi) turlarga bo'linadi. Integrallovchi O'lchash asboblarida o'lchanadigan kattalik vaqt yoki boshqa mustaqil o'zgaruvchan miqdor bo'yicha integrallanadi (mas, elektr va gaz hisoblagichlari). Jamlovchi O'lchash asboblari turli kanallar bo'yicha keluvchi ikki yoki bir necha kattalik qiymatini jamlab ko'rsatadi (mas, bir necha elektr generatorining quvvatini jamlovchi vattmetr).
O'lchash asboblari korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish maqsadida O'lchash asboblari ko'pincha rostlash, hisoblashechish va boshqarish qurilmalari bilan ta'minlanadi. Ular maxsus tuzilgan dasturlar bo'yicha ishlaydi.
O'lchash ma'lumotlarini uzatish, o'zgartirish yoki avtomatik boshqarish tizimlarida foydalanish uchun qulay bo'lgan shakldagi signalni ishlab chiqish uchun mo'ljallangan o'lchash vositasi o'lchash qurilmasi deb ataladi. Bu qurilma O'lchash asboblarini, o'lchash o'zgartirgichlari (o'lchanadigan kattalikni uzatish uchun qulay signalga o'zgartiruvchi vosita) ni, kuchaytirgichlar va boshqalar moslamalarni o'z ichiga oladi.
Chiziqlar va burchaklarni o'lchash qurollari (chizg'ichlar, transportirlar va boshqalar) o'lchash vositalari, vazn (og'irlik) o'lchanadigan vositalar (mas, tarozi) o'lchov vositalari deb ataladi.
Elektr taqsimlash qurilmalarida va yuqori kuchlanishli o'zgaruvchan tok zanjirlarida tok kuchi, kuchlanish, quvvat va energiyani o'lchash xavfsizligini ta'minlash uchun elektr o'lchash transformatori qo'llanadi. Uning
birlamchi chulgamiga o'lchanadigan kattalik (tok, kuchlanish va boshqalar) ta'sir qiladi, ikkinchi (pasaytiruvchi) chulg'ami esa O'lchash asboblariga va himoya relesiga ulanadi. O'lchash transformatori yordamida elektr O'lchash asboblari (voltmetr, ampermetr va vattmetr) bilan elektr kattaliklarning turli qiymatlarini o'lchash mumkin. Keng ma'noda — O'lchash asboblari turli kattaliklar (fizik, mexanik, elektr va magnit kattaliklar) ni o'lchash bilan bog'liq bo'lgan barcha o'lchash apparatlari, qurilmalari va vositalarini o'z ichiga oladi. Hozir impulsli va raqamli o'lchash apparatlari keng qo'llanilmoqda.
Download 17.55 Kb.




Download 17.55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Raqamli o‘lchash asboblari O'lchash asboblari

Download 17.55 Kb.