• Tayanch sо‘z va iboralar
  • Nafas organlarini saqlovchi vositalarga
  • 11-Mavzu. Asosiy saqlovchi vositalar yordamida fuqarolarni muhofaza qilish. Reja




    Download 169,01 Kb.
    bet1/5
    Sana16.01.2024
    Hajmi169,01 Kb.
    #138934
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    11-mavzu


    11-Mavzu. Asosiy saqlovchi vositalar yordamida
    fuqarolarni muhofaza qilish.
    Reja:

    1. Fuqarolarni turli hil tasirlaridan saqlash shahsiy saqlovchi vositalari, ularning turlari, vazifalari va ishlatish qoidalari.

    2. Nafas organlari, teri, tana azolarini saqlovchi shahsiy tibbiy vositalar.



    Tayanch sо‘z va iboralar: struktura, tarmoq, vazirlik, tuzilma, ma’lumot almashuv, umummaqsadli, muhofaza, chora-tadbir, qutqatuv, tibbiy yordam, sanitariya, obrabotka, dizenfeksiya, dezaktivatsiya, radioktiv, texnogen, tabiiy, zilzila, mognituda, ball, o’lchov ishlari, avariya-qutqaruv, maxsus tayyorgarlik.

    Yakka tartibda saqlovchi vositalar inson tanasiga, ichki organlariga, terisiga va kiyim-kechaklariga radiaktiv moddalarni, zaharli birikmalarni va biologik tumanlarni tushishidan saqlaydi. Yakka tartibda saqlovchi vositalar qо‘llanilishiga kо‘ra: terini saqlovchi, nafas organlarini, yuz-kо‘zni saqlovchi turlarga bо‘linadi. Bundan tashqari, filtrlovchi hamda izolirlovchi xillarga bо‘linadi. Bunday vositalarga tibbiy saqlovchi vositalar ham kira­di.


    Nafas organlarini saqlovchi vositalarga gazniqoblar, resperatorlar, matoli niqoblar, paxta, dokali taqqichlar kiradi.
    Gazniqoblar - nafas yо‘llarini, yuzni, kо‘zni har xil zaharli ta’sirlardan saqlaydi, gazniqoblar filtrlovchi va izolirovchi hillarga bо‘linadi. Fuqaro muhofazasi bо‘yicha quyidagi filtrlovchi gazniqob­lar: GP-5, GP-5M, GP-7, GP-7V; bolalar uchun - PDFSH, PDF-D, PDF-2SH, PDF-2D va BXK dan foydalaniladi. Filtrlovchi gazniqoblar asosan, 2 qismdan: niqobdan va filtrlovchi qutidan tashkil topgan. Filtrlovchi quti asosan tashqi muhitdagi turli xil zaharli birikmalarni yutuvchi filtr va shixtadan tashkil topgan.
    Niqob - tabiiy yoki sun’iy kauchuk asosida olingan rezina materiallaridan tayyorlannb, unga kо‘rish uchun oynak hamda nafas olish va chiqarish uchun mо‘ljallangan jihoz joylashtirilgan.Boshqa rusumdagi gazniqoblar ham xuddi GP-5 rusumli gazniqobiga о‘xshash tuzilishiga ega (4-rasm).
    PDF-D esa 1,5-7 yoshgacha bolalar uchun PDF-SH rusumli gazniqob 7-17 yoshlardagi bolalar uchun mо‘ljallangan; Bolalar gazniqobi ham filtrlovchi quti va niqobdan tashkil topib, niqob elastik rezinadan tayyorlangan. Filtrlovchi quti niqob bilan birlashtiruvchi trubkasidan yig‘iladi.
    Bolalar himoya kamerasi (BXK) 1,5 yoshgacha bо‘lgan bolalarni zaharli birikmalar, radiaktiv moddalar va biologik ta’sirlardan saqlaydi.
    BXK tarkibiga: himoya kamerasi, atmosfera yog‘inlaridan saqlovchi yopinchiq, kartonli quti va kamerani saqlovchi g‘ilof kiradi.
    Gazniqoblarning saqlash darajasini oshirish uchun har bir fuqaro о‘z о‘lchamini kiyish orqali erishiladi Chunki tо‘g‘ri tanlangan shlem-niqob yuzga zich yopishib turadi va tashqaridan xech qanday zararli ta’sirlar kirmaydi.
    Gazniqoblarni о‘lchami 2 xil usulda aniqlanadi:
    a) yuzning о‘lchamini aniqlash orqali;
    b) dahan bilan qosh suyagi orasidagi masofa о‘lchash orqali.
    Birinchi uslub bilan 63 sm.gacha 0-о‘lcham, 1-о‘lcham 63,5-65,5sm gacha, 2-о‘lcham 66-68 sm.gacha, 3-о‘lcham 68,5-70,5 sm va 4-о‘lcham 71 sm va undan katta.


    Download 169,01 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 169,01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    11-Mavzu. Asosiy saqlovchi vositalar yordamida fuqarolarni muhofaza qilish. Reja

    Download 169,01 Kb.