|
Tok va kuchlanish induksion relelar
|
bet | 3/5 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 153,47 Kb. | | #101615 |
Bog'liq Releli himoya va avtomatika
Qisqa tutashgan chulg‘amli (ekranli) relelar. Rele (4.18a-rasm) disk 2 o‘qi joylashgan qutbli elektromagnit 1 dan iborat. Elektromagnitning yuqori va pastki qutblarida qutbning bir qismini o‘rab turuvchi misdan yasalgan qisqa tutashgan chulg‘amlar3 joylashgan. Relening chulg‘amidagi tok Ir va qisqa tutashgan chulg‘amdagi tok Ik , Fr va Fk oqimlar hosil qiladi. Bu oqimlarning musbat yo‘nalishlari 4.18a-rasmda ko‘rsatilgan.
4.18-rasm. Qisqa tutashgan chulg‘amli tok va kuchlanish induksion relelarining tuzilishi, vektor diagrammasi
Qisqa tutashgan chulg‘amni o‘rab olgan qutb I dan natijalovchi FI=Fr1+Fk1 magnit oqim chiqadi. Ikkinchi qutbdan FII=Fr2-Fk2 oqim chiqadi. Ikkala magnit oqim ham diskka singadi va unda uyurma toklar hosil qiladi.
Oqimlarning vektor diagrammasi 4.18-rasmda ko‘rsatilgan. U xuddi qisqa tutashgan chulg‘amli elektromagnit relening vektor diagrammasi shaklida quriladi. Vektor diagrammadan ko‘rinib turibdiki, FI va FII oqimlar bir biridan faza bo‘yicha burchakka farq qiladi, FII oqim FI dan o‘tib ketadi. Bundan xulosa Shuki, qisqa tutashgan chulg‘amli relening tuzilishi ikkita bir-biridan fazalar bo‘yicha farq qiluvchi va fazoda bir– biriga nisbatan siljigan oqim hosil qilib beradi. FI va FII oqimlarning diskdagi induksiyalangan toklar bilan ta’siri natijasida Fe elektromagnit kuch va diskka ta’sir qiluvchi moment hosil bo‘ladi.
M э Fэ кФI ФII sin
Ikkala magnit oqim ham Ir tokka proporsional bo‘lganligi sababli Ir tok o‘zgarganda burchak o‘zgarmasdan qoladi. Elektr magnit moment
Rele chulg‘ami tarmoqdagi tok bilan ta’minlanganda relening
momenti , Shuning uchun rele tok relesi deyiladi. Agar relening
chulg‘ami katta qarshilikka ega bo‘lsa va u tarmoq kuchlanishi UT bilan
ta’minlansa relening chulg‘amidagi tok I bo‘ladi. Bu yerda pn -
n
Z
р
p н
kuchlanish transformatorining transformatsiya koeffitsiyenti, Zp – rele chulg‘amining qarshiligi. Bunday relening ishlashi tarmoq kuchlanishi bilan xarakterlanadi, Shuning uchun bu rele kuchlanish relesi deyiladi.
|
| |