|
Mavzu: metall va uning qotishmalarini chokbob simlar bilan yonuvchi gazlar alangasi yordamida qizdirib payvandlash
|
bet | 1/5 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 439,91 Kb. | | #108055 |
Bog'liq LABORATORIYA ISH1 11T MKMT
LABORATORIIYA ISHI №11
MAVZU: METALL VA UNING QOTISHMALARINI CHOKBOB SIMLAR BILAN YONUVCHI GAZLAR ALANGASI YORDAMIDA QIZDIRIB PAYVANDLASH.
Ishdan maqsad. Turli metall va ularning qotishmalarini atsetilen-kislorod gazlari alangasi yordamida qizdirib payvandlash bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy ma’lumotlarni mustahkamlab, mustaqil ravishda turli qalinlikdagi po‘latlarni uchma-uch qilib payvandlashni o‘rganish.
Ishni bajarishda kerakli jihozlar: Atsetilen generatori, kislorod balloni, gorelka, gaz reduktori, chokbop sim, himoya ko'zoynak, payvandlanuvchi detalning chizmasi, chizg'ich,qalam va boshqalardan foydalaniladi.
Umumiy ma’lumot. Ma’lumki, bu usulda yupqa po‘lat listlar, cho‘yanlar, latunlar va boshqa metallar payvandlanadi. Atsetilenning kislorod bilan ma’lum nisbatdagi aralashmasi boshqa yonuvchi gazlarga qaraganda yonganda ko‘proq issiqlik ajratishi sababli undan amalda keng qo‘llaniladi. Atsetilenni kalsiy karbiddan, uni esa koksni so‘ldirilmagan ohak bilan birgalikda elektr pechda 1900—2300°C haroratda qizdirib olinadi:
3C+CaO=CaC2+CO
CaC2 ni maxsus metall qoliplarga quyiladi, sovigandan so‘ng ajratib olinib, maydalab, saralanadi. Odatda, o‘lchami 2— 80 mm li bo‘laklarni zich berkitiladigan metall barabanda iste’molchilarga yuboriladi, chunki u havo namligida parchalanadi:
CaC2+2H2O=C2H2+ Ca(OH)2
Atsetilen. Atsetilen normal sharoitda (20°C, 760 mm li simob ustunidagi bosimda) rangsiz, sarimsoq hidli gaz bo‘lib, 1 m3 i 1,09 kg bo‘ladi. Agar atsetilen hajmi bo‘yicha havoda 2,2—81%, kislorodda 2,3—9,3% bo‘lsa, portlovchi gaz hosil bo‘ladi. Shuni ham qayd etish lozimki, agar 0,15—0,2 MPa bosimdagi bu gaz 500—600°C haroratga qizisa o‘zidan-o‘zi alangalanadi. Agar atsetilenni suyuqlikda eritib saqlansa, o‘zidan-o‘zi alangalanish xavfi kamayadi. Shu boisdan uni atsetonda eritilgan holda oq rangli po‘lat balonlarda 1,9 MPa bosimda iste’molchilarga yuboriladi.
Kislorod. Kislorod normal sharoitda rangsiz va hidsiz gaz bo‘lib, 1 m3 i 1,33 kg bo‘ladi. Sanoatda kislorodni, asosan, havodan olinadi. Buning uchun havoni maxsus qurilmalardan o‘tkazib, changlardan, uglerod (II) oksiddan tozalab, quritilgach, kompressorlarda 6—180 kg/sm2 bosimda siqib suyultiriladi, keyin sovuq havodagi kislorodni azotdan ajratish uchun ularning normal bosimda qaynash haroratlari farqidan (kislorodniki —183°C, azotniki —186°C) foydalaniladi. Ajratilgan kislorod havorang po‘lat balonlarda 15 MPa bosimda iste’molchilarga yuboriladi. 1 l suyuq kislorodining massasi 1,14 kg. Bug‘langanda u 860 l gaz beradi.
Gaz alanga. Atsetilenni kislorod bilan ma’lum nisbatda aralashtirib, bu aralashmani havoda yoqilgandagina yuqori haroratli alanga beradi (1-rasm).
1-rasm. Atsitelin gaz alangasi.
Atsetilen—kislorod alangasini quyidagi uch zonaga ajratish mumkin: 1-o‘zak zona, 2-qaytaruvchi zona, 3- oksidlovchi zona.
O‘zak zona, o‘ta qizigan gaz aralashmasi bo‘lib, u kislorod va parchalangan atsetilendan iborat bo‘ladi va bu zona aniq chegara bilan yorqin cho‘g‘lanib turadi.
Qaytaruvchi zona. O’zakning tashqi qobig‘idan boshlanib bu zonada uglerodning yonishi boradi:
|
| |