|
Mavzu: metall va uning qotishmalarini chokbob simlar bilan yonuvchi gazlar alangasi yordamida qizdirib payvandlash
|
bet | 5/5 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 439,91 Kb. | | #108055 |
Bog'liq LABORATORIYA ISH1 11T MKMTIshni bajarish tartibi:
Metallarni payvandlashda uchma-uch payvandlash ko‘proq tarqalganini hisobga olib, laboratoriya ishi quyidagi tartibda olib boriladi:
1. Payvandlanuvchi metallar to‘la kesim yuzalari bo‘yicha uchma-uch puxta payvandlanishlari uchun ular jadvalda tavsiya etilgan tarzda tayyorlanib, yuzalarni bo‘yoq, zang va bo‘lak iflosliklardan holi etish uchun bu joylarni alangada qizdirib, keyin metall cho‘tka bilan tozalanadi. Payvandlanuvchi metall yupqa (qalinligi < 5mm) va oson suyuqlanadigan bo‘lsa, o‘ngdan chapga qarab chok bostiriladi (2-rasm, a).
Qalinligi >5 mm metallarni esa chapdan o‘ngga qarab payvandlash usulidan foydalanish ma’qul (2-rasm, b). Chapdan o‘ngga qarab payvandlashda o‘ngdan chapga qarab payvandlanganga qaraganda chok sifati yaxshiroq bo‘ladi, chunki erigan metall alanga mash’alida himoyalanib, uning sekin sovishini ta’minlaydi. Shu bilan birga qalindigi 5 mm gacha bo‘lgan metallarni kertmasdan payvandlash mumkin bo‘lib, ish unumdorligi 10—20% ortib, gaz sarfi 10—15% kamayadi.
2. Payvandlanuvchi metall xiliga, qalinligiga ko‘ra payvandlash gorelkasi va payvandlash usuli belgilanib, gorelkaning ishga yaroqliligi kuzatiladi.
3. Tegishli chokbop sim olinadi.
4. Yuqorida qayd etilgandek, ko‘pchilik metallarni payvandlashda normal, ya’ni qaytaruvchi alanga hosil bo‘ladi. Bu alanga olish uchun nazariy jihatdan bir hajm atsetilenga bir hajm kislorod, amalda esa 1,1-1,3 olinadi.
5. Chok bostiriladi.
6. Chok sifati kuzatiladi.
7. Payvandlash materiallari asosida 1-jadval to‘ldiriladi.
1-jadval
Payvandlanuvchi metall markasi va uning qalinligi, mm
|
Payvandlash joyini tayyorlash eskizi
|
Chokbop metall markasi va diametri, mm
|
Gorelka markasi va uchlik №
|
Chok bostirish usuli
|
Chok sifati
|
|
|
|
|
|
|
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Metallarni gaz alangasida payvandlash jarayonida foydalaniladigan qanday gazlarni bilasiz?
2. Ehtiyot suv qulfinnng vazifasi nima?
3. ACM 1,25—3 markali gaz generatori ishga qanday rostlanadi?
4. Gaz reduktorining vazifasi nima?
5. Gorelkaning nima va uning qanday turlari bor?
|
| |